Nutq buzilishlarida uchraydigan idrok jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlari
Idrok qilishning fonematik buzilishi nutq nuqsoniga ega bola
larning hammasida kuzatiladi, bunda nutq-eshitish va nutq-harakat
analizatorlari orasidagi bogliqlik bolmasligi kuzatiladi. Ma’lumki,
dizartriya va rinolaliyada uchraydigan nutq harakat analizatori
funksiyasining buzilishi tovushlarni eshitish orqali idrok qilishga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin (G.F. Sergeyeva).
Nutq nuqsoniga ega boigan bolalarda tovushlarni ajratishda qi-
yinchiliklar uchraydi, bu esa nutqning tovush tomonining rivojla-
nishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bular yana ikkilamchi nuqson sifati
da tovushlarni talaffuz qilishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday
bolalar nutqidagi kamchiliklar, artikulatsiya apparatidagi kamchi
liklar asosida tovush talaffuz qilishdagi o‘zgarishlar, ko‘pgina al-
mashtirishlar, artikulatsiya apparati o‘z funksiyasini to liq bajar-
masligi natijasida fonematik qabul qilishiga birinchi o'rinda ta’sir
qilib, uning shakllanishiga yo l qo‘ymaydi.
Ba’zida nutq nuqsoniga ega bolalar ba’zi bir tovushlarni eshi-
tib, ajratishlari mumkin, bu tovushlarni talaffuz etishda ham
to‘sqinliklar bolmaydi. Boshqa hollarda esa oson talaffuz etiladigan
xuddi shunday tovushlar talaffuzida qiyinchiliklar yuzaga kelishi
mumkin. Bunday hollarda ayrim xususiyatlar kuzatiladi. Ya’ni agar
bolaning talaffuzida tovushlar qanchalik shakllangan bolsa, bola
tovushlarni shunchalik idrok etadi va farqlaydi. Fonematik eshitish-
ning shakllanishi bolalar nutqining hamma tomoniga ta’sir etadi,
bolaning umumiy rivojlanishiga bogliq boiadi.
164
Y.M. Mastyukova ko'rish orqali idrok qilishni tekshirish nati
jasida nutq nuqsoniga ega bo'lgan maktab o'quvchilarida bu funk
siya o'z normasida qoladi va ular obrazlarni yaxlitligicha idrok
etadi va me’yordagi bolalardan farq qilmaydi, degan xulosaga
keladi.
Biroq nutq nuqsonlariga ega bolalarga berilgan vazifalar murak-
kablashtirilganida qiyinchiliklar paydo bo'ladi. Nutqi to'liq rivojlan-
magan bolalar predmet obrazlarini belgilangan sharoitlarda ancha
qiyinchilik bilan idrok qiladilar: qarorni qabul qilish vaqti cho'ziladi,
bolalar o'z javoblariga ishonmay ikkilanadilar, predmet-hodisalarni
tanishda xatoliklar kuzatiladi, axborot ortgani sari predmetning
belgilarini ajratish ham qiyinlashadi.
Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar nutqi sog'lom bolalarnikidan
ajralib turadi: ular idrok etish uchun osonroq, oddiy tushunchalarni
tanlashadi. Ko'pchilik nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar geometrik
shakllarni ko'rish jarayonida uning shakliga emas, rangiga ahamiyat
beradi lar.
Kichik maktab yoshidagi nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarning
ko'rib idrok etishini tekshirish jarayonida dizartriya, alaliya kabi
nutq kamchiliklarida idrokning quyidagi buzilishlari kuzatildi: op
tik, atrof-muhit, tasavvurlar, yuzaga tegishli bo'lgan belgilar, bar-
moqlar va artikulatsiya a’zolari harakati, taktil-harakat a’zolari yor
damida idrok etish (L.S.Svetkova, T.M. Pirsxalayshvili).
Atrof-muhitni optik idrok etishning buzilishi bosh miyasi or-
ganik jarohatlangan bolalarda ko'proq uchraydi. L.N.Benderning
amaliy kuzatishlari natijasida nutqida kamchiligi bor bolalarda ki
chik maktab yoshidagi bolalar faoliyatida, xususan rasm chizish,
konstruksiyalar yasash, grammatikani o'rganish jarayonida sog'lom
rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan bu faoliyatlarning sustli-
gi kuzatildi. Optik-fazoviy gnozisning buzilish darajasi idrokning
boshqa jarayonlarini ayniqsa fazoviy tasavvurlarning yetishmasli-
giga bog'liq.
Nutq nuqsoniga ega bolalarda optik atrof-muhitni idrok etish
jarayonining buzilgani, shuningdek, boshqa idrok jarayonlari to'liq
emasligi natijasida atrof-muhitni tasavvur qilishning shakllanishida
o'ziga xos jihatlar kuzatiladi.
165
Alalik bolalarda idrokning buzilganligi ayniqsa rasmlarni chi-
zishda kuchli namoyon boiadi: rasm va tasvirlar detallar miqdori-
ning kamligi, oddiyligi, soddaligi, murakkab emasligi bilan ajralib
turadi, shuningdek, optik atrof-muhitni idrok etishdagi buzilish-
larning miqdori bilan xarakterlanadi.
Disleksik va disgrafik bolalarda atrof-muhitni idrok etishning
buzilishi ayrim hollarda yozuv nuqsonlarida namoyon boiadi. Tad-
qiqotlar ko‘rsatishicha, predmetlar orasidagi aloqalar, ular orasidagi
faoliyat impressiv nutqning saqlanganligini bildiradi. Lekin eks-
pressiv nutqda, agar bolalar o g lr nutq nuqsonlariga ega bo‘lsa,
nutqiy muloqot vositalarini bu munosabatlarda noto‘g‘ri ifodalaydi-
lar. Bu ularning nutqida semantik tartibning saqlanmaganligi bilan
bogliq.
Artikulatsion organlarni tekshirish jarayonida (Tara metodikasi
bo'yicha) idrok buzilishi ushbu organlar harakatlanishi bilan bogliq.
Bu hoi ayniqsa dizartriya va motor alaliyada kuzatiladi.
Taktil-harakat a’zolari orqali idrok etish xususiyatlari R.L. Ringel
metodikasi yordamida tekshiriladi. Bunda bolaga «sehrli quticha»ga
joylashtirilgan predmetlar orasidan kerakli predmetni paypaslab
aniqlash topshiriladi. Nutqida kamchiligi bor bolalarda, ayniqsa
dizartriklar va alaliklarda mayda qo‘l motorikasi yaxshi rivojlan
maganligi tufayli taktil-harakat orqali idrok etish xususiyati ham
buzilgan boiadi.
Nutqi buzilgan hamma bolalarda fonematik idrokning buzilishi,
shubhasiz nutq-eshitish va nutq-harakat qilish analizatorlari faoli
yatining buzilishi bilan bogliq boiadi. G.F.Sergeyevaning fikricha,
dizartriya va rinolaliyada nutq-harakat qilish funksiyalarining bu
zilishi fonematik idrok jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tovush
larni talaffuz qilishning buzilishi va idrokning buzilishi orasida
to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa kuzatiladi.
Agar nutqida kamchiligi bor maktabgacha yoshdagi bolalarda
shu psixik funksiya o‘z rivojlanish me’yoridan orqada qolgan bolsa,
ularda predmetning yaxlit obrazini yetarlicha idrok etish shakllan-
magan boiadi.
Idrok qilinayotgan predmetning dastlabki obrazi sezgilarning
jam i (yiglndisi)dan iborat bolmay, balki yaxlit, bir butun boiadi.
166
Bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Nutqi to‘liq rivojlan
magan bolalarda esa predmetni yaxlit idrok etish qobiliyati ham
buzilgan bo'ladi. Ular predmetning ayrim belgilarini idrok etmay-
dilar (L.I. Belyakova, Y.F.Garkusha, O.N. Usanova, E.L.Figeredo).
Bolalar savodini chiqarishda optik-fazoviy idrok rivojlan-
gan bo'lishi kerak. Miyaning organik shikastlanishi optik-fazoviy
idrokning buzilishiga sabab bo'ladi.
A.P. Voronovaning nutqi to'liq rivojlanmagan maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan o'tkazilgan tajriba-sinov natijalarining tad-
qiqi shuni ko'rsatadiki, bu toifadagi bolalarda harf idroki past rivoj-
langan bo'ladi: ular harflarni bir tekisda yoza olmaydilar, harflarni
chaplashtirib yuboradilar, to'g'ri chiziqdan tepaga yoki pastga tushib
ketadilar. Bosma harflarni yozishda ham xuddi shunday qiyinchi-
liklarga uchraydilar. Shu sababli nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar
savodni egallashda qiynaladilar. M a’lum bo'lishicha, nutqi rivojlan
magan bolalar «o'ng tomon» va «chap tomon» tushunchalarini
ajratib olishda qiynaladilar, shuning uchun o'z tana a’zolarining
joylashish o'rnini odatda to'g'ri aniqlay olmaydilar.
Alalik bolalarda fazoviy buzilishlar, ayniqsa, odam suratini chi-
zishda yaqqol ko'rinadi: tasvirlashning qashshoqligi bilan, detallar
sonining kamligi va oddiyligi, hamda o'ziga xos optik-fazoviy bu-
zilishlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Biroq, nutqi buzilgan
bolalarda fazoviy buzilishlarning o'rni rasmda ifodalangan hissiy
jo'shqinlik evaziga kompensatsiya qilinadi.
Demak, idrok va nutq o'zaro chambarchas bog'liq. H ar bir
idrok nutqda ifodalanadi. Masalan, «bu kitob», «bu odam» va h.k.
Odam ning idroki sezgi organlariga ta ’sir ko'rsatayotgan biron nar-
saning oddiygina obrazi emas, balki odam ning tajribasi zaminida
anglab, tushunib oladigan obrazdir. Idrokning mazmuni asosan
odam hosil qilgan tajribaning boyligi, unda tafakkur va xayol-
ning nechog'li taraqqiy qilganligi bilan belgilanadi. Bunda nutq
yetakchi o'rin egallaydi. Nutq nuqsonlariga ega bo'lgan bolalarda
esa idrokning barcha turlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi.
Shuning uchun ular bilan olib boriladigan korreksion-logopedik
ishda nutq kamchiliklarini to'g'rilash bilan birga idrokni rivojlan-
tirish ham talab qilinadi.
167
|