aniqlash maqsadida nutq muloqotiga tayanmaydilar (L.I. Belyakova,
Y.F.Garkusha, O.N.Usanova, E.L.Figeredo, 1991).
Faoliyat tuzilishining buzilishi yo‘l-yo‘riqni noaniq va uzuq-
yuluq idrok qilish faqatgina eshitish xotirasining pasayishi bilan
emas, balki diqqat xususiyatlari bilan ham bog‘liq.
Qayta eslashdagi yo‘lga qo‘yilgan xatolarni nutq buzilishiga ega
bolalar odatda sezmaydi va tuzatmaydi. Kechiktirilgan qayta eslash
barcha nutq nuqsoniga ega bolalar toifasida bir xilda quyi (past)
bo‘lib chiqadi. Masalan: ular 10 daqiqadan keyin beshta so‘zni, ke
yingi kunda bir-uchta so‘zni qayta eslaydi.
Shunday qilib, nutqida kamchiliklarga ega bolalarda quyi-
dagi xotira xususiyatlari kuzatiladi: ko‘rish xotirasi ko‘lami deyarli
me’yorga to‘g‘ri keladi, geometrik figuralarning esda qolishi bundan
mustasno; eshitish xotirasining umumiy pasayishi; kechiktirilgan
qayta tiklashning quyi darajasi; mazmunli, mantiqiy eslab qolish-
ning nisbatan saqlanishi.
Ammo bu turdagi bolalarda, mavjud qiyinchiliklarga qaramas-
dan fikrlash, mantiqiy eslab qolish imkoniyatlari nisbatan saqlan-
gan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: