Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar tasavvuri



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

9.4. Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar tasavvuri
Inson ongida ilgari eshitish, ko'rish, sezish orqali idrok qilin­
gan obyektlar to‘g‘risidagina emas, balki idrok qilinmagan obyektlar 
(narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va sh.k.) to'g'risida ham tasav­
vurlar bor. Xayol (tasavvur) boshqa psixik jarayonlarning faoliyatini 
boyitadi.
Tasavvur qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: bor- 
liqni tasavvurlarda ko'rish va turli hayotiy muammolarni yechishda 
ulardan foydalanish imkoniyatini ta ’minlaydi; hissiy munosabatlar- 
ni boshqaradi; bilish jarayonlari va inson holatini ixtiyoriy boshqa- 
radi; insonni ichki jihatdan shakllantiradi; faoliyatni rejalashtiradi 
va dasturlashtiradi.
Hozirgi kunda korreksion-logopedik ishni bolalarda bilish ja- 
rayonlarining rivojlanishidagi kamchiliklarni hisobga olgan holda 
tashkil etish zarurligi defektologiya fanining dolzarb masalalaridan 
bo'lib qolmoqda. Bu esa nutq kamchiliklariga ega bo'lgan bola­
larda turli psixik jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini maqsadga
173


yo‘naltirilgan holda chuqur o‘rganish masalasining muhimligini 
belgilab beradi. Hozirgacha bunday bolalarda idrok, xotira, tafakkur 
bilan bir qatorda tasavvurning rivojlanishiga tegishli ancha-muncha 
ilmiy va eksperimental material to‘plandi.
Me’yorda 
rivojlangan 
bolalar 
tasavvurini 
o‘rganishga 
bag‘ishlangan tadqiqotlarda tasavvur va nutq o‘rtasida yaqin aloqa 
borligi ta ’kidlanadi. «Tasavvurning rivojlanishi ustida olib borilgan 
kuzatishlar, — deb yozgaj^ edi L.S. Vigotskiy, — bu funksiyaning 
nutq rivojlanishiga bogliqligini ko‘rsatdi. Nutq rivojlanishidagi 
kamchiliklar tasavvur rivojlanishiga ham to‘sqinlik qiladi».
Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda 
tasavvur xususiyatlari bir qator metodikalar asosida olib borilgan 
eksperimental kuzatuvlar natijasida tekshirildi va tadqiq etildi. 
Tadqiqotlarda bolalarning ijodiy tasavvurini o‘rganishda ko‘proq 
«Berilgan geometrik shakl bo‘yicha rasm yaratish», Rorshax testi
«Boshi bor rasmni tugallash» metodlari qo‘llanadi. Bunda eksperi- 
ment individual va guruhiy shaklda olib borilishi mumkin. Eksperi- 
mentning borishida bolalarning berilgan vazifani bajargan vaqti, 
ular faoliyatining sifat jihatdan tahlili o'tkazildi.
Nazorat va eksperimental guruhlar birinchi metodika bo‘yicha 
tekshirilganda shu narsa ayon boldiki, bajarilgan rasmlarning soni 
bo‘yicha nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar guruhi bilan me’yordagi 
bolalar guruhi o‘rtasida uncha sezilarli tafovut kuzatilmadi. Biroq 
me’yordagi bolalar rasmlarida yaratilgan obrazlar soni eksperimen­
tal guruh bolalarinikidan o‘rta hisobda beshtaga ko‘proq ekani 
ma’lum boldi. Nutqi me’yorda rivojlangan bolalar figuralarni fa- 
zoda joylashtirishda ham nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga 
qaraganda ancha erkin ish tutishi ma’lum boldi.
Shunday qilib, nutqida kamchiligi bor bolalar chizgan rasmlar 
obrazlarning qashshoqligi, fazoviy tasavvurlarning noaniqligi bilan 
ajralib turadi.
Ma’lumki, o‘yin — bolalarning tabiiy holati. Nutqi to liq
rivojlanmagan bolalar turmush mavzusiga oid o‘yinlarni ko'proq 
yaxshi ko‘radilar, chunki ular uncha keng tasavvurni talab etmaydi 
va har kuni kuzatiladigan tanish sahnalardan iborat bolladi. Biroq 
ko‘p holda ularning o‘yinlari o‘zining bir xilligi, mazmuni deyarli
174


boyitilmasligi bilan xarakterlanadi. O'ylab qo'yilgan fikr mus­
tahkam bo'lmaydi va o'yin ayrim hollarda tugallanmay to'xtatib 
qo'yiladi. Nutqiy nuqsonga ko'ra o'zaro muloqot imkoniyatl^ri 
cheklangan bo'ladi. Xulosa qilib aytganda, nutqi to'liq rivojlan­
magan bolalarda o'yin faoliyati me’yorda nutq rivojlanishiga ega 
tengdoshlariga nisbatan ancha sust bo'ladi, o'yin yangi detallar 
bilan boyitilmaydi.
Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun ijodiy topshiriqlarni 
bajarish qiyinchilik tug'diradi: masalan, pedagog hikoyasini qayta 
gapirib berish, shaxsiy tajribadan olingan hodisalarni gapirib be_ 
rish. Ular so'zning ko'chm a ma’nosini metaforalarni yaxshi tu~ 
shunmaydi. Bu muammolarni 

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin