X bob. N U T Q KAM CHILIGI B O ‘LGAN BOLALARNING
SH A X SI VA SHAXSLARARO M UNOSABAT
XUSUSIYATLARI
Nutq nuqsoniga ega guruh bolalarida
hissiy-iroda sohalarida
ham kamchiliklar kuzatiladi. Ayrim bolalarda hissiy-iroda sohasi-
dagi kamchiliklar ruhiyatini yemirishi, tormozlanganlik, qo‘rquv,
kayfiyatining tez-tez o‘zgarishi kabi holatlarni
keltirib chiqarishi
mumkin bo‘lsa, ayrim bolalarda qo‘zg‘aluvchanlikning ortishi, asa-
biylashganlik, yig‘loqilik, atrofdagi odamlarga va muhitga nisbatan
norozilik xislatiarida aks etishiga sabab bo‘lsa, yana boshqa bolalar
da atrofdagi voqea-hodisalarga va odamlarga befarqlik,
irodasizlik
kabi xislatlar keltirib chiqaradi.
0 ‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarning shaxs va
shaxslararo munosabat xususiyatlari
Ko‘pchilik tadqiqot ishlari o‘qish va yozuv kamchiliklarini xulq-
atvor me’yorlari bilan bog‘liqligini alohida qayd etadi. Bu bog‘liqlik
bola maktabga borgandan so‘ng, ya’ni o‘zi
bajara olmaydigan vazi-
falarga duch kelgandan so'ng ko‘zga tashlanadi.
Ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bo
lalarning ish qobiliyatining sustligi, diqqatining tarqoqligi,
darsda
o‘tira olmasligidan shikoyat qiladilar.
Bir necha farzandlari bor ota-onalar o‘qish va yozuv kamchi
liklariga ega farzandlarini boshqalari bilan solishtirib, ularga nisba
tan qo‘pol munosabatlarda bo‘ladilar, bu esa bolalarning xarakteri-
ga, shaxs sifatlarining shakllanish jarayoniga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, ko‘p ota-onalar farzandlarining
bunday kamchilikla-
rida o'qituvchilarni ayblaydilar. 0 ‘qituvchilar esa o‘z navbatida bun
day kamchiliklarni ota-onalarning bolalar o‘qishlariga nisbatan be-
farqligi, deb qaraydilar. Natijada bola sekin-asta maktab talablarini
bajarmaydi, darslarni qoldiradi va unda salbiy xulq-atvor shaklla
nadi. Agar o‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bolalar maktabni
tashlab ketsalar, ular o‘z xohishlari bilan
hech qachon kitob muto-
laa qilmaydilar va bu holat salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Agar
o‘quvchi kitob kam o‘qisa, uning rivojlanishi, lug‘atining boyishi va
mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari cheklanadi.
181
0 ‘qish va yozuv kamchiliklariga ega bolalarning ichki nutqi sust
rivojlanadi, bu esa tafakkurning zaiflashuviga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: