va uning nutqiy rivojlanishiga samarali ta ’sir etish hollari kamdan
kam kuzatiladi. Ko‘p hollarda ota-onalar duduqlanuvchi farzand-
lariga haddan ziyot e’tiborli bo‘ladilar. Ayrim ota-onalar duduq-
lanishga
katta ahamiyat bermay, boladagi nutq nuqsonini o‘zlari
bartaraf etishga harakat qiladilar, masalan: bolaning nutqdagi xa-
tolarini bolaga ko‘rsatadilar va to‘g‘ri nutqqa taqlid qilishni talab
etadilar. Buning oqibatida bola o‘z nuqsonini yanada chuqurroq
anglab yetadi. Bola to‘g‘ri gapirishga harakat qiladi. Bola qanchalik
qiynalsa duduqlanish shuncha kuchayadi, ya’ni
duduqlanuvchi bola
o'zining diqqatini nutqiy nuqsonga qanchalik qaratsa, uning nutqi
shunchalik yomonlashib boraveradi.
Ayrim ota-onalar duduqlanuvchi farzandlari bilan xuddi bemorlar-
ga boigandek munosabatda bo‘ladilar. Ular bolalarning ko‘ngillariga
qaraydilar, hamdardlik bildiradilar. Bunda bolalarda nevroz rivojla
nishi mumkin. Bola duduqlanish unga turli imtiyozliklar yaratganini
tushunadi va bundan «unumli» foydalanishga harakat qiladi. Ayrim
bolalar o‘z nuqsonlarini turli harakatlar bilan berkitishga harakat
qiladilar, lekin bu usul bilan duduqlanishni bartaraf etish mumkin
emas. Hatto nutqiy nuqson belgilari juda kam darajada namoyon
bo‘lsa ham, ikkilamchi ruhiy buzilishlar ortib boradi.
Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi asosiy asab buzilishi — bu
logofobiya.
Logofobiya — nutqdan, muloqotdan qo‘rqish ma’nosini bildiradi.
Logofobiya duduqlanuvchining barcha shaxs xususiyatlariga ta ’sir
etadi va uning xulqida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Logofobi
ya bola ruhiyatiga shu darajada qattiq ta ’sir etadiki, hatto duduqla
nish bartaraf etilgandan keyin ham o‘z asoratlarini qoldiradi.
Bolalar jamoasida duduqlanuvchi
bola tengdoshlari tomonidan
masxara qilinadi, hatto ular bunday bolalarni o‘z jamoalaridan
chetga chiqarib qo‘yadilar. Duduqlanuvchi bolalar maktabga kel-
gach, ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar va majburiyatlarining ortib
borishiga moslasha olmaydilar. Ayrim hollarda maktab m a’muriyati,
o‘qituvchilarning qattiqqo‘Higi tufayli duduqlanishi kuchayishi yoki
«yashirincha» duduqlanish yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.
Duduqlanuvchi bolani o‘qituvchilar har doim ham tushun-
maydi va ularni bir-biriga bo‘lgan
munosabatlari duduqlanuvchi
183
va sinfdoshlari o‘rtasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir etadi.
Duduqlanuvchi bunday vaziyatlarga turlicha munosabatda bo‘ladi.
Ko‘p hollarda bolalar bilimlari nuqsonlari hisobiga noto‘g‘ri ba-
holanishi va shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra o‘qishga boigan
qiziqishlarini yo‘qotadilar. Ular maktabni yomon ko‘rib qoladilar,
darslardan qochadilar, sinf jamoa hayotidan chetda qoladilar, xul-
qida qo‘shimcha kamchiliklar kuzatiladi.
Ayrim duduqlanuvchi o‘quvchilar darsni bilmasliklarini nutqiy
nuqsondan foydalanib berkitishga harakat qiladilar. Agar o‘qituvchi
bolaning nutqiy nuqsoni haqida tushunchaga ega bolsa, unda bo
laning javobini shoshirmasdan kutib turadi,
duduqlanish holati o lib
ketgandan so'ng u o‘z fikrini bayon etishga va bilimlarini namoyon
etishga imkon yaratadi. Agar o'qituvchi bola nuqsoni haqida tu
shunchaga ega bolm asa, uning jim turishini darsni tayyorlamagan-
lik deb tushunib, uni noto‘g‘ri baholashi mumkin. Duduqlanuv
chi bolalarda kek saqlash, xafsirash, gumonsirash, o‘zgarishlarga
ishonchsizlik kabi shaxs xususiyatlarining kamchiliklari va psixomo-
torikasida buzilishlar kuzatiladi. Duduqlanishning giperstenik shak-
lidagi bolalarda asabiylashishning kuchayishi, qo‘zg‘aluvchanlik,
xulqida giperfaollik kuzatiladi.
Nevrosteniyaning gipostenik shakliga ega duduqlanuvchi bolalar
umumiy holsizlik, ish qobiliyatining sustlashganligi va logofobiyalar
bilan ta ’riflanadi.
Taxilaliyali bolalar odatda o‘z
nuqsonlarini anglab yetadilar,
shuningdek, ularning nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatlari
cheklangan boiadi. Bunday bolalarga atrofdagilarning munosa-
batlari turlichadir. Ko‘p hollarda taxilaliyali bolalar o‘z tengdosh
lari tomonidan kamsitiladilar. Ota-onalarning haddan tashqari
qayg‘urishlari va nutqiga nisbatan talablari taxilaliyali bolalarning
xulqidagi salbiy o‘zgarishlarga sabab bolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: