yetishmasligi kabi belgilar xos. Shularni e’tiborga olib, bolalar ijodiy
qobiliyatlari shakllanishiga ko‘ra ishning birinchi yo‘nalishi — tasav-
varni rivojlantirish va mazmunli-rolli o‘yinlar vositasida hissiyot
olamini boyitishdan iborat.
Ishning ikkinchi yo‘rfblishi maxsus topshiriqlardan foydalanishni
ko‘zda tutadi, ularni bajarish jarayonida tayyor tasavvurlarni qayta
hosil qilish va shu asosda yangilarini yaratish qobiliyati rivojlanti-
riladi.
Uchinchi yolnalish bolaning faol nutqini rivojlantirishdan ibo
rat. Bolalarda ijod qilish, yangilik yaratishga intilish, fikrlash va
tasavvur qilish kabi yuqori psixik jarayonlari ilk bolalikdan rivojla-
na boshlaydi. Aynan ularning rivojlanishiga 5—12 yoshgacha boigan
bolalarni tarbiyalashda katta e’tibor berish zarur. Bu davrni olimlar
senzitiv, ya’ni tasavvurni fikrlash va tasavvur qilishni rivojlantirish
uchun eng ma’qul davr deb hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: