Savol va topshiriqlar
1. M.M.Kolsova, Y.l.Isenina, L.F.Fom ina olib borgan ilmiy-
tadqiqotlarini tavsiflab bering.
2. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning mayda qo‘l motorika
si xususiyatlarini ochib bering.
3. Qo‘l barmoqlarining nozik harakatlanishini takomillashtirish
yo‘llari.
189
IV bo‘Iim. TIFLOPSIXOLOGIYA
XII bob. TIFLOPSIXOLOGIYA FANINING U M U M IY
MASALALARI
12.1. Tiflopsixologiya fanining predmeti, maqsadi,
vazifalari va metodlari
Ko'rishida nuqsoni boigan shaxsni, uning faolligi, ishchan-
lik qobiliyatini shakllantirish juda murakkab jarayon bo‘lib, hosil
bo£ladigan individual psixologik tizim turi, shakli va sifatini bel-
gilaydigan ham ichki, ham tashqi xarakterdagi katta miqdordagi
turlicha ta’sirlar, ularning murakkab hamkorligiga bogiiq. Uning
shakllanishiga ta’sir etish uchun ko‘rish buzilganda yuzaga kela-
digan psixik tuzilmalarning xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Psixik jarayonlar qanchalik ko‘p va nozik farqlansa (differensiatsi-
yalansa) va ularning kechish tushunarli boisa, bola ma’naviyati va
psixik rivojlanishi, shuningdek, uning xulqi darajasi shuncha yuqori
boiadi, qolaversa, shaxsning shakllanishi tashqi olam ta’siri bola
ning ichki holatiga adekvatligiga bogiiq. Agar bu o‘rab turgan olam
psixik rivojlanish va qobiliyatlarni kengaytirish shartlariga muvofiq
kelmasa, bolaning genetik strukturasida berilgan xossalar rivojlana,
namoyon b o ia va kengaya olmaydi.
Hech shubha yo‘qki, keyingi yillarda ko'rishda nuqsoni boigan
bolalar rivojlanishining, bolaning bilish sohasi va shaxsi shaklla
nishiga ta’sir o£tkazadigan, ichki biologik, tug£ma va nasliy sharoit-
lari o‘zgardi. Biroq ko£rish patologiyasi bo‘lgan bolalarda aksele-
ratsiya va ko£rish analizatorining konstitutsional xususiyatlar fonida
psixik rivojlanish xususiyatlarming yuzaga kelishi ko£p jihatdan
mamlakatdagi tarixiy va ijtimoiy vaziyat hamda ko£rishda nuqsoni
boigan bolalar taiim -tarbiyasi, reabilitatsiya tizimi bilan belgila
nadi.
Bola psixikasi va u yashayotgan olamni, uning ko£p qirrali va
rang-barang bogiiqliklari va ta’sirlari bilan tushunish, tanib olish
va to la baholash juda qiyin. Pedagogning kasbi aynan shundan ibo-
ratki, u rivojlanishning har bir aylanasida tarbiyalanuvchini o£zi
190
uchun yangidan kashf qiladi, unga ijobiy ta’sir muammolariga, ay
niqsa muvaffaqiyatsizlik vaziyatida duch keladi. 0 ‘qituvchi hamma
vaqt go'yo uning bola xulqining asoslari haqidagi ratsional va faqat
qisman to'g'ri bo'lgan tasavvurlari asosiga qurilgan sa’y-harakatlari
va ta ’sir metodlari bir vaziyatda muvaffaqiyat keltirmaydigan va
boshqasida bola bilan kontakt (aloqa)ni topishga yordam beradigan
chegarada turadi.
Maxsus psixologiyaning ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslarning
psixik rivojlanishini o'rganadigan bo'lim i «tiflopsixologiya» nomi
grekcha «tiphlos» — ko'r so'zidan olingan va mazmuni dastlab
faqat ko'zi ojizlar psixologiyasidan iborat bo'lgan. Hozirgi kunda
tiflopsixologiyaning o'rganish obyekti nafaqat ko'zi ojizlar, balki
ko'rishda chuqur nuqsonlari bo'lgan shaxslar hamdir.
Tiflopsixologiya ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar rivojlanishi-
ning qonuniyat va xususiyatlarini, ko'rish analizatori faoliyatining
buzilishi, bu nuqsonning psixik rivojlanishga ta’siri bilan bog'liq
bo'lgan axborot kamomadini to'ldirishni kompensator jarayonlar
ning shakllanishi; ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishi-
ning yoshga oid jihatlarini o'rganadi.
Ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslarning izolatsiyalangan faoli
yat sohalari tobora qisqarib borayotgani va zamonaviy jamiyatda
faoliyatning turli shakllari o'rtasida aloqalarning kengayishi, ular
ning dunyo hamjamiyati faollik tizimiga kiritilishi tiflopsixologiya
predmetini kengaytirishni, alohida shaxs va uning xususiyatlarini
o'rganish bilan cheklanmasdan, uning oiladagi aloqalari va o'zaro
munosabatlari, jamiyat, muayyan shaxslar va tashkilotlar tomoni-
dan ko'zi ojizlarga munosabatni ham kiritishni talab etmoqda. Tif
lopsixologiyaning fan sifatida ajralishi va rivojlanishi ko'zi ojizlarni
maxsus maktablarda o'qitishni tashkil etish bilan bog'liq. Birinchi
maktab Parijda Valentin Gayui tomonidan 1784-yilda ochilgan.
Ko'zi ojizlar psixologiyasi tahlili esa birinchi marta fransuz psi-
xologiyasida moddiyunchilik (materialistik) oqimining asoschisi
Deni Didroning «Ko'radiganlarga nasihat tarzidagi ko'zi ojizlar
haqida xat» asarida amalga oshirilgan.
Ilmiy
psixologiyaning
shakllanishi
T.Geller,
M.Kuns,
K. Byurklen, P.Villey, A.A. Krogius, V.S.Sverlov, M.I.Zemsova,
191
Y.A. Kulagin, A.G.Litvak, N.Barrag, T.Cutsforth, M .Gottesman,
Y. Hatwell, M.Tobin va boshqalarning ishlari bilan bog‘liq. Biroq
qator mualliflar, ayniqsa ko‘zi ojizlar (P.Villey, F.I.Shoyev), ham
ko‘radiganlar uchun xos bo‘lgan umumiy psixologik qonuniyatlarga
asoslangan holda, tiflopsixologiya mavjudligini inkor etib keladi.
Keyingi vaqtda pedagogika va psixologiya, sotsiologiya va ko‘zi ojiz
lar hayoti, faoliyatini o'rganishni maqsad qilgan boshqa fanlarni
birlashtirgan yangi «tiflologiya» tushunchasi iste’molga kiritildi.
Dunyo adabiyotlarida hanuzgacha ko‘zi ojizlar psixologiya-
si me’yorda ko‘radiganlar rivojlanishiga qanchalik yaqinligi, yoki
qanchalik o‘ziga xosligiga nisbatan ikki xil nuqtayi nazar mavjud,
bu esa psixik rivojlanishning o‘z standartini yaratishni talab etadiki,
har bir ko'zi ojizning rivojlanishi unga tenglashtirilgan.
Bu ikki nuqtayi nazar butunlay ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi bo-
laga yondashuv bilan farq qiladi. Oxirgisi psixik rivojlanishda
boshlang‘ich deb ko‘rish nuqsonini, uning funksional ahamiyati va
rivojlanishiga ta’sirini tan oladi, bu muqarrar ravishda bolalarda po-
lisensorik qayta qurish imkoniyatlarini kamsitishga olib keladi. Bu
olimlar ongli yoki anglashilmagan holda rivojlanishning o‘ziga xos,
odatda, ko‘radiganlarning rivojlanish darajasidan past darajasi psi
xologik standarti nuqtayi nazarini yoqlavdi (Xayes, 1953; Tillmen,
1967; Uilz, 1970 va b.).
Ko‘zi ojiz bolalarning psixik rivojlanish dinamikasini kuzatgan
olimlarning birinchi guruhi (T. Katsfors, 1951; Gomulitskiy, 1961;
Maksfild, 1936; V.Uilyams, 1968; M.Tobin, 1972; V.M. Kogan,
A.G. Litvak, M.l. Zemsova, L.I. Solnseva) ishonch hosil qildiki, ko'zi
ojiz va ko‘radigan bolalarning ilk yoshdagi umumiy psixik maqomi
o‘rtasidagi sezilarli tafovutlar ko'rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning
psixik rivojlanishi yaxshilanishi natijasida asta-sekin barham topa-
di. M. Tobin (1972), masalan, har bir yosh guruhida ko‘rishda nuq
soni bo‘lgan bolalarning eng yaxshisi o‘zining psixik rivojlanishida
ko‘radigan bolalardan o‘zib ketishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tgan.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va ko‘radigan bolalarning rivojlanishini
yaqinlashtirish pozitsiyasi bugungi kunga kelib mustahkamlandi,
bunga ko‘rish nuqsonini kompensatsiyalash va korreksiyalash naza
riyasi va amaliyoti ko'maklashdi.
192
A.I.Skrcbilskiy (1903), A .M .Shcherbina (1916) ko‘zi ojizlar
ning bilish Isioliyatida o'ziga xosliklar mavjudligini ta ’kidlagan.
Ko'zi oji/lar psixikasida o‘ziga xosliklarni ortiqcha baholash oqi
batida F. Sex (1913) alohida, ko‘radiganlarnikidan farq qiladi-
gan «ko'zi ojizlar tilini» yaratish zarurligi haqidagi fikrga keldi,
K.Byurklen esa (1924) ko'zi ojizlarning izolatsiyalangan hayoti
natijasida odam larning alohida tipi yuzaga kelishi haqida xulosa
chiqargan.
Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda psixik jarayonlar xususi
yatlari turg'undir. L.S.Vigotskiyning anomal rivojlanishning mu
rakkab strukturasi haqidagi g'oyasi Rossiya defektologiya va tif-
lopedagogikasida, jum ladan, R.M.Boskis (1963); I.M. Solovyov
(1956); M .l.Zemsova (1956); V.S.Sverlov (1949) va boshqalarning
ishlarida rivojlantirildi. Bu ko'p jihatdan keyingi yillarda butun
dunyoda kuzatilayotgan ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar tarki-
bining o'zgarishi bilan bog'liq.
Dostları ilə paylaş: |