Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Коваленко Б.И. и др. Тифлопедагогика. — М.: 1962



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

1 Коваленко Б.И. и др. Тифлопедагогика. — М.: 1962.
209


haqida adekvat tasavvurlar, tushunchalar shakllantirish mumkin. 
Turli ko'nikmalar, odatlar, irodaviy sifatlarni tarbiyalash mum kin- 
ligini tajribalar ko‘rsatdi. Shu kabi natijalarga erishish uchun uzoq 
yillar talab etiladi. «Atrof-muhitni idrok qilish odam ning yerdagi 
hayotga moslashishining natijasidir. L. Feyerbax ta ’kidlashicha, 
inson atrof-muhitni butunligicha idrok qilish uchun unda shun- 
cha sezgilar mavjuddir». Demak, odamdagi mavjud sezgilarning 
kamayishi atrof-muhitni to'la idrok qilishga qarshilik qila bosh- 
lar ekan. Hatto aralash nuqson, ko‘r-karlarda ham atrof-muhitni 
adekvat, mos qabul qilish saqlanar ekan. Lekin, gnostik bilishning 
3 ta turi: ko‘rish, eshitish va sezish sezgilari birgalikda kelganda- 
gina bilish jarayoni birmuncha izdan chiqar ekan. I.M.Sechenov 
davridan buyon psixologik adabiyotlarda bayon etilishicha, ko‘rish 
va sezish tasavvurlari o‘xshash bo‘lib, ko‘z va qo‘l predmetlari- 
ning bir xil xususiyatlarini ochib berar ekan. Buning isboti sifatida 
mashhur fiziolog P.K.Anoxin fikrlarini keltirish mumkin. Uning 
ta ’kidlashicha, atrof-muhit turli o‘lchovlarda, shakllarda, obrazlar 
tarzida miyada va ongda aks etar ekan. Bunga misol qilib ko‘r, kar, 
soqov odamlarning xulqini ko‘rsatish mumkin. Ko‘rish nuqsoniga 
ega kishilarning atrof-muhitni idrok qilishlaridagi, tasavvurlari- 
dagi farqlarga qaramasdan, me’yorda idrok etilayotgan narsalarga 
mos kelar ekan. Normal ko‘ruvchi bolalar bilan zaif ko'rmaydigan 
bolalar tasavvurlarida qat’iy farqlar deyarli yo‘q.
Ushbu mavzuda asosan ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab- 
larida ta’lim-tarbiya oluvchi bolalar tarkibi haqida so‘z yuritiladi. 
Qaysi kasallikni boshidan kechirgan, qanday asoratlar qoldirgan
ko‘z nurining o'tkirlik darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shu 
bilan birga murakkab nuqsonlilar: ko'rlik, zaif ko‘rish nuqsoni bi­
lan birga aqli zaiflik, harakat tizimining buzilishi va boshqa ruhiy- 
jismoniy nuqsonlarning qo‘shilib kelish hollari haqida tushunchalar 
beriladi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar maxsus maktab- 
internatida o'quvchilarga faqatgina umumta’lim ma’lumoti berilib 
qolinmasdan, o‘quv-tarbiyaviy ishlar olib borilmasdan, balki ko‘zi 
ojizlikni to‘ldiruvchi, qoplovchi, davolovchi muassasa ham hisob- 
lanadi. Bu o‘quv muassasasida o‘quvchilar, bolalar davolovchi 
shifokor-pediatr, oftalmolog, nevropatolog, tibbiyot hamshirasi-
210


ning doimiy nazoratida bo‘ladilar. Ko‘zi ojizlar uchun maxsus 
maktab-internatga o‘quvchilar maxsus tashkil etilgan tibbiy-peda- 
gogik komissiya ko'rigidan o'tkazilib, ushbu komissiya xulosasiga 
binoan qabul qilinadi. Tibbiy-pedagogik komissiya viloyat, shahar 
xalq ta ’limi bo‘limlari qoshida tashkil etiladi. Respublikamizning 
turli tumanlaridagi oftalmolog shifokorlarning xulosasiga asosan 
tum anlar xalq ta ’limi bo‘limi ushbu tibbiy-pedagogik komissiyaga 
yo‘llanma-murojaatnoma bilan murojaat qiladilar. Hozirgi kunda 
Respublikamizda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus 
m aktab-internatlar ishlab turibdi. Bu maxsus maktab-internatlarga 
har bir tuman hududida yashovchi, maxsus tiflopedagogik ta’limga 
muhtoj o‘quvchilar jalb qilinadi:
a) ko‘zi ojizlar uchun maxsus maktab-internatiga 0 dan — 0,4 
gacha ko‘z o'tkirligi (nuri)ga ega bo‘lgan bolalar qabul qilinadi- 
lar;
b) tuzatish (korreksiya) bilan ko‘z nuri 0,05—0,08 bo‘lgan, glou- 
koma, yaqindan ko‘rish, xoreoretinit, gidroftalm, qorachiqlarda 
qoplanish-katarakta, ko‘z olmasining zararlanishi kasalliklari bilan 
kasallangan bolalar qabul qilinadilar.
Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus maktab-internatlariga 
ko‘rish nuri 0,054—4 gacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi, bunda ka- 
sallikning xuruj qilishi, shakli, turi ham inobatga olinadi. Ko‘z nuri
0,2 dan yuqori bo‘lgan bolalar umumta’lim maktablarida o'qishlari 
lozim. Bog‘cha bo‘limiga 3—7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qili­
nadi. M aktab-internatning 1-sinfiga bolalar 7 yoshdan qabul qilina­
dilar.
Aqli zaif bo‘lgan ko‘zi to‘liq ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yor- 
damchi dastur asosida ta’lim-tarbiya beriladigan maxsus sinf- 
larda o‘qitiladi. Ko‘zi ojiz, zaif ko'ruvchi bolaning o‘zlashtirish 
me’yorlarini aniqlash uchun aqli zaif deb topilgan bola kamida 1 yil 
maxsus maktab-internatning umumta’lim dasturi asosida o‘qitiladi. 
0 ‘quv-tarbiyaviy jarayon kuzatib boriladi, faqat shundan keyin- 
gina tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga asosan yordamchi 
dastur asosida 8 yil o‘qitiladigari to‘liq ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi 
o‘quvchilarga maxsus bilimga ega bo‘lgan defektolog-o'qituvchilar 
ta ’lim-tarbiya beradilar.
211


Quyidagilar ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatiga qabul 
qilinmaydilar:
a) imbetsil, idiot darajasida bo‘lgan aqli zaif bolalar;
b) organik xususiyatlarga ega, xulqida chuqur buzilishlarga ega 
bo‘lgan bolalar (his-tuyg‘ulari buzilgan);
d) harakat-tayanch a’zolarining chuqur buzilishi. Mustaqil ra- 
vishda harakatlana olmaydigan, o‘z-o‘ziga xizmat qila olmaydigan 
bolalar;
e) ko‘r va kar-soqov bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydilar.
Bunday kasalliklarga uchragan bolalar xalq ta ’limi bo‘limlari
qoshida tashkil qilingan tashxis markazlarining hamda maxsus tib- 
biy-pedagog komissiyaga yuboriladilar. Ularning xulosasiga asosan 
sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va maishiy ta’minot vazirligi qoshi- 
dagi maxsus bolalar muassasalariga yuboriladilar.
Ko‘zi ojizlar uchun maktablarda, maxsus maktab-internatlarida 
ta ’lim maxsus nuqtalardan tashkil topgan Brayl tizimida olib bori- 
ladi.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin