Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

insonning atrofni
qabul qilish faoliyatida qator nuqsonlar, qiyinchi- 
liklarni keltirib chiqaradi. Bu nuqsonlar asosida inson faolligi keskin 
pasayadi. Bu faollik N.A. Bernshteynning ta ’kidlashicha, biologik 
mohiyat kasb etib, shaxsning muhitga moslashishini qiyinlashtiradi. 
Shaxs faolligining dastlabki ko‘rinishlari ontogenetik taraqqiyotida 
yuz berib qator shartsiz reflekslar tarzida namoyon bo'ladi. Bularga 
misol qilib surish reflekslarini ko‘rsatish mumkin. Ko'rish nuqsoni, 
ayniqsa mo'ljallash, qidirish faoliyatlariga kuchli salbiy ta’sir etadi. 
Bolalardagi «bu nima ekan» refleksi shaxs rivojida alohida aham i­
yatga ega. Shaxs faolligining rivojida nafaqat xohishlarni qondirish- 
ga bo'lgan ehtiyojlar, balki individni o‘rab turgan muhit, ular ta’siri 
ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘rish nuqsoni bo'lgan bolalarning 
atrof-muhitda kam harakat qilishi, siljishining chegaralanganligi 
ham ular ruhiyatining rivojiga salbiy ta ’sir etmasdan qolmaydi.
Ko‘zi ojiz bolalar faolligining sustligi, kamligi ayniqsa 
bog‘chagacha va bog'cha davrlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
L.I.Solnsevaning ta’kidlashicha, normal bolaga nisbatan ko‘r bola 
rivoji umumiy orqada qolish bilan farqlanadi. Sekinlashgan umu­
miy rivojlanish dastlab ulardagi ko‘rish tasavvurlarining kamligi 
va zaifligi bilan bog'liqdir. Ayniqsa, atrof-muhitni bilishga bo‘lgan 
faollikning kamligidir. Boshlang‘ich sinfdagi bolalarda ham faol- 
likning pasayganligini ko‘rish mumkin. Ko'r bolalar faoliyati­
ni ta ’kidlar ekan В.I. Kovalenko va N.B. Kovalenkolar ko'rlik va 
uning asoratlari faollikni pasaytiradi, egallangan bilimlarni amalda 
qo‘llay olishga to'sqinlik qiladi. Bu kamchiliklar ayniqsa tug‘ma 
ko'rlarda, ilk yoshda ko‘r bo‘lganlarda, hamda qisman ko‘rmaydigan 
bolalarda uchraydi, deb ko'rsatadilar. Ushbu ko‘rsatib o'tilgan 
kamchiliklarga qaramasdan muntazam olib borilgan ta ’lim-tarbiya 
natijasida bu bolalarda sezilarli rivojlanishni ta’minlash mumkin. 
Ko'r bolalarda faollikning sustligini ular xulqida ko'rish mumkin. 
Yuqoridagi m ualliflarningta’kidlashlaricha — «Ko'r bolalar sezgilar 
va idrok qilishda haddan tashqari chegaralangandir. Ular juda faol 
emas va kam harakatdir. Ko'rish sezgilarining kamligi natijasida 
ushlash harakatlari juda kamdir. Bola intilmaydi, qo'l uzatmaydi, 
sudralmaydi, tik turmaydi, qo'llari bilan biror narsani ushlamaydi.
208


Bog‘chagacha va bog‘cha yoshlarida sudralib yurishlari bir necha 
yilga orqaga suriladi. Ba’zan boshlarini ehtiyot qilish uchun oyoq- 
lari bilan oldinga sudraladilar. Tik turish va yurishlari 2—3 yilga 
orqaga suriladi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojining yetarii emasligi 
oqibatida ular nutqining rivojlanishi 3—4 yilga kechikadi»1.
Shu kabi kamchiliklar rivojlanish nuqsonlari, zaif ko'ruvchi bo­
lalarda ham uchraydi. M oljal ola bilish refleksining salbiy natijalari 
o‘z navbatida atrofni sezishga boigan intilishning shakllanishiga 
to‘sqinlik qiladi. «Idrok qilishga xohish» pasayadi. Buning oqibatida 
tabiiy ravishda atrofni bilish ham pasayadi.
Shunday qilib, faollikning pasayishi, bilishga boigan inti- 
lishlarning rivojlanmasligi natijasida bilish faoliyati ham bir bu­
tunligicha, toiaq o n li rivojlanmaydi. Bularga qaramasdan qator 
ilmiy-tadqiqotlarning ko'rsatishicha yuqoridagi ta ’kidlab o lilg an
kam chiliklarning ko'pchiligini ta ’lim-tarbiya natijasida bartaraf 
etish m um kin ekan. Saqlangan, zararlanmagan analizatorlar 
ishini faollashtirish evaziga qator yutuqlarga erishish m um kin- 
ligini ko‘rish mumkin. Ammo, nuqsonli bola aqliy rivoji o‘ziga 
xos xususiyatlar bilan amalga oshadi. Shuni ta ’kidlab o‘tm oq 
lozimki, qator ruhiy jarayonlar, holatlar (sezgilar, idrok, tasav­
vur) nuqson chuqurligi bilan bevosita bogliq b o lsa, ayrim ruhiy 
jarayonlar (yoruglikni sezish, idrok tezligi) nuqson mazm uni- 
ga, mohiyatiga bog liq bo‘ladi. Shu bilan birga ayrim ruhiy ja ­
rayonlar (tafakkur) boshqa ruhiy jarayonlar holati bilan bevosita 
bog liq holda rivojlanadi. Bularga qaramasdan ruhiyatning shun­
day tarkibiy qismlari borki (dunyoqarash, ishonch, temperament, 
xarakter), ular na nuqson chuqurligi bilan, na nuqson mazmuni 
bilan bo g liq bolm aydi. Shular bilan yana shuni ta ’kidlab o‘tm oq 
joizki, bola ruhiyatining rivoji nafaqat ko'Tish sezgilarining nuq- 
sonlaridan, balki uning kechish, dinamikasi bilan ham uzviy 
bogliqdir. Boshqacha aytadigan bolsak, ko‘rish nuqsonlari aqliy 
taraqqiyotni sekinlashtiradi. Ammo, o‘z vaqtidagi adekvat, o‘ziga 
mos ta ’lim-tarbiya, korreksiyalash ishlari orqali ruhiy rivojlanishni 
boshqarib borish mumkin. Hatto total kolrlarda ham atrof-muhit

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin