tezlashda turli belgilar obrazlarining yaxlitlik va bir paytlilik kabi
sifatlari zarar ko‘radi
Normal ko‘radiganlar muhitida yashayotgan va ishlayotgan
ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi hayotida shunday vaziyatlar bo‘ladiki,
u butun vaziyatni yaxlit idrok etolmaydi va vaziyatni o‘z
idroki
uchun qulay bo‘lgan alohida elementlar asosida tahlil qilishiga to‘g‘ri
keladi. Bunday hollarda vaziyatni qayta yaratish va baholash uning
alohida belgilari tahlili va sintezi, ularni anglab yetish va mavjud
bilim
hamda tasavvurlar tizimiga, hayot va ta ’lim jarayonida yara-
tilgan umumiy konsepsiyaga kiritish asosiga quriladi. Bu ko‘rishda
nuqsoni bo'lgan shaxslar hayoti va faoliyatida tafakkurning katta
ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
Tiflopsixologiyada tafakkur ko'rish nuqsonini psixologik kompen-
satsiyalash va atrof-olamni bilish usullarini shakllantirish jarayoni-
ning eng muhim omillaridan biri sanalishi haqida fikr anchadan beri
mavjud. Biroq tafakkur jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan aniq
eksperimental tadqiqotlar ko‘p emas. A.G. Litvak1 va A.F. Samoylov2
ko‘rishda nuqsoni bolgan shaxslar tafakkuri
rivojlanishining uchta
konsepsiyasini ta’kidlaydi: ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar tafakkuri-
ning tezlashgan rivojlanish nazariyasi; ko‘rish nuqsonining tafakkur
rivojlanishiga salbiy ta’siri nazariyasi va tafakkur
rivojlanish daraja-
sining ko‘rish nuqsonlariga bog‘liq emasligi konsepsiyasi.
Har uchala konsepsiya konkret faktlarga tayanadiki, ular o‘z
g‘oyalarini ta’kidlash uchun huquq beradi. Biroq ularning hech biri
yo xayoliy obrazlar, yo tafakkurning shakllanish jarayonidagi o‘ziga
xoslikning mavjudligini inkor etmaydi.
Birinchi konsepsiya ko‘zi ojizlarning nutqiy-mantiqiy tafakkuri
nisbatan yuqori rivojlanganligi
fakti haqidagi kuzatishlar, talqinlar
va fikrlarga asoslanadi (S.F. Struve, 1810; A.M. Shcherbina, 1929;
A.R.Krogius, 1926; K.Bryuklen, 1934; B.l. Kovalenko, 1962). 1k-
kinchi konsepsiya ko‘zi ojizlar va ayniqsa zaif ko'ruvchilar bilan
olib borilgan hissiy bilishdagi kamchiliklar
tafakkurda va no-
aniq umumlashmalar hamda ularning formal tushunchalari ho-
Dostları ilə paylaş: