Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

1. Passiv shaklda paypaslash. 
Bunday idrok teri yuzasidagi 
analizatorning nisbatan tinch vaqtida amalga oshadi. Narsalarning 
zamon va makondagi moddiy, fazoviy xususiyatlari, ogirligi, shak­
li, hajmi, uzun-kaltaligi, issiq-sovuqligi va hokazolar aniqlanadi. 
Ammo, passiv shaklda idrok etishda predmetlarning ko‘pgina ji- 
hatlari: hajmi, shaklini yetarli idrok etish yuz bermaydi va natijada 
predmetning mohiyati va mazmuni haqida yaxshi tushuncha shakl- 
lanmaydi.
2. Shaklda paypaslash — gaptika. 
Narsa va obyektlarni faol ra- 
vishda paypaslash — gaptika deyiladi. Bunday idrok etishning teri 
mexanik va harakat analizatorlarining o'zaro hamkorlikda, integra- 
tiv faoliyati yotadi. Faol paypaslash jarayonida predmet va obyekt- 
larning fazodagi hajmi, belgi va munosabatlari, moddiy dunyosi- 
ning jismiy mohiyati yetarli va faol tekshiriladi, aniqlanadi.
3. Har xil asboblar vositasida narsa va obyektlarni sezish — idrok
etish. 
Bunga ko‘r va ko‘zi ojizlarning hassa yordamida joyni va 
yo‘nalishni aniqlash yoki grifel yordamida relyefli-nuqtali shriftni 
o‘qishni misol qilib ko‘rsatsa bo'ladi. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar 
joyning past-balandligi, yumshoq-qattiqligini va boshqa xossalarini, 
yerning relyefini oyoq kiyimi yordamida sezadilar.
Inson faoliyatining asosiy turlari: o‘yin, o‘qish va m ehnat jara­
yonida paypaslab sezishning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi 
(hatto ko‘ruv sezgisi ham). Shaxsning paypaslab sezish qobiliyati 
ko‘rlikni kompensatsiya qilishning asosiy vositalaridan hisoblana- 
di. Hatto, sog'lomlarda ham qo'l bilan ish bajarilganda, paypaslab 
sezish asosiy boshqaruv vazifalarini bajaradi. Ko‘rlarda paypaslab 
sezish bilish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. Ammo, pay­
paslab sezish ko‘rishning o‘rnini bosa olmaydi. Birinchidan, teri, 
muskul-bo‘g‘in sezgisi narsalarning ham m a belgisini o‘zida aks 
ettira olmaydi. Ikkinchidan, paypaslab sezishda tekshirish doirasi 
chegaralangandi r.
Shunga qaramasdan paypaslab sezish atrof- olam va tashqi muhit 
haqida ko‘rlarga zarur ma’lumotlarni olishga yordam beradi.
227



Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin