tasodifanm i, demak irodaning aralashuviga ko‘ra ixtiyoriy va ix-
tiyorsiz turlarga ajratiladi. M aterialning
qancha muddatga es-
lanishiga ko‘ra esa: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ
xotira turlariga bo‘linadi. Xotira haqida umumiy m a’lumotlarni
berdik. Endi esa ko‘rish qobiliyati buzilgan bola va katta kishilarda
xotira qanday kechadi, rivojlanadi? 0 ‘ziga xos tom onlari qanday?
Kamchilik, yetishmovchiliklarni qay yo'sinda to ‘g‘rilash, korreksi-
yalash mumkinligi haqida mulohaza yuritamiz. Ta’kidlanishicha,
inson bilim larning 80% qismini ko‘rish a’zosi orqali olar ekan.
Qolganlarini esa eshitish va boshqa sezgi a’zolarimiz orqali qabul
qilar ekanmiz. Ko‘rlik muammosining naqadar jiddiyligi shun-
dan ko‘rinib turadi. Xotira — eslash, esda olib qolish, unutish,
bilish, qayta esga tushirish jarayonlari kishining ijtimoiy meh-
nat faoliyatining asosini tashkil etadi. Maxsus psixologiya fanida
qilingan va qilinayotgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘rlarda
xotira normal ko‘ruvchi shaxslar xotirasidan nafaqat hajmi jihati-
dan, balki o‘ziga xos ko‘rinishlari, rivojlanish xususiyatlari bilan
ham ajralib turar ekan. Ko'rish analizatorining zararlanishi shartli
bog‘lanishlarning
yuzaga kelishiga, differensirlashishiga xalaqit
berar ekan. Buning uchun ko‘p hajmli mustahkamlash ishlari olib
borish talab etiladi. Demak, ko‘rlik nuqsoni qo‘zg‘alish va tormoz-
lanish deb nomlangan asab jarayonlarining mutanosibligini ham
buzar ekan. Buning oqibatida, xotira tezligi pasayadi. Olib borilgan
tadqiqotlar bu toifa bolalarning m ateriallarni eslab qolishlari kam
samaradorligi bilan izohlanar ekan. Bu bolalar xotirasi nafaqat
hajmi jihatidan, balki eslanayotgan m aterialni tushunib eslashlari
ham buzilar ekan. M a’lumki tushunib eslash yoki mantiqiy eslash
idrok jarayoni bilan uzviy bog‘liq. Demak, eslab qoluvchi shaxs
materialni ko‘rmagach uni to lla, atroflicha idrok eta olmaydi. Bu
yog'i esa barchaga m a’lum. To‘la idrok etilmagan
narsa va hodisa-
lar tushunib qabul qilinmagach, uzoq muddat eslab qolinmaydi.
Buning oqibatida, «zanjir reaksiyasi» kabi bola tafakkurini tash
kil etuvchi tahlil, tasnif, umumlashtirish, ... jarayonlar yuzaki,
samarasiz amalga oshadi. Buning oqibatida esa yana yuqoridagi
kamchilik fikrlash kamchiliklari yuz beradi. N orm al bolalarda
m a’lumki, berilayotgan m ateriallarning bolalar tom onidan boshi
229
va oxiri yaxshi o‘zlashtiriladi. Ko'rish nuqsoni bor bolalarda bu
holat boshqacha namoyon bo‘lar ekan. Ya’ni, bu bolalar berila-
yotgan materiallarning boshlang'ich qismini yaxlit o'zlashtirib,
tez charchashlari oqibatida oxirida berilayotgan materiallarni qi-
yin yoki kam o‘zlashtirar ekanlar.
Shu narsa diqqatga sazovorki,
ko'r va zaif ko‘ruvchi bolalar xotira hajmida, eslab qolish tezligida,
mexanik xotira va mantiqiy xotira jarayonlari bo‘yicha bir-biridan
keskin farq qilar ekanlar.
Individual farqlar turli xil sabablar oqibati bo'Iishi mumkin.
Bunga nuqson darajasi, yuz bergan vaqti, asab tizimi xususiyat
lari, aqliy taraqqiyot darajasi, sezgilar, tajriba va boshqa sabablar
kiradi. Bu kabi kamchiliklar bo‘lishiga qaramasdan ko‘r va zaif
ko‘ruvchi bolalarda xotira jarayonlarining kechishi, taraqqiyo-
ti normal ko‘ruvchi bolalar xotira qonuniyatlari bo'yicha amalga
oshishi aniqlangan. Tadqiqotchilar ko‘r bolalar xotira jarayonlari
ning
sekin rivojlanishini, bu bolalardagi ko‘rgazma-harakat tajri-
balarining kamligini, ularning tez charchashlari, hamda bu toifa
bolalarni o‘qitish ishlarining yuqori darajada takomillashmagan-
ligi bilan bog‘laydilar. Bu bolalarda xotira hajmining kamligi,
sekin eslab qolish, tez esdan chiqarish holatlari bevosita ko‘rlik
oqibati bo‘lmasdan, balki nuqson asosida bola ruhiyatida yuz be-
radigan chetga chiqishlar natijasidir. Ko‘r bolalar xotira jarayon-
larini o‘rganish asosan ular tasavvurini o'rganish orqali amalga
oshirilgan. Qator tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, ko‘r va zaif
ko‘ruvchi bolalar xotirasi ustida muntazam mashqlar olib boril-
masa, ular xotirasi pasayib borishga moyil ekan. Hatto, 1—3
oylik
vaqt oraliqlari ham salbiy ta ’sir etar ekan. Egallangan materiallarni
tez esdan chiqarishga sabab bo‘luvchi omillardan yana biri bu tak-
rorlashlarning yetarli emasligidan ham yuz berar ekan. Bu borada
F.N. Shemyakin tadqiqotlari e’tiborlidir.
M a’lumki, tasavvurlarning saqlanishi ko‘rish o‘tkirligiga ham
bogiiq. Ko‘r va zaif ko‘ruvchilarni ko‘rgazma-harakat tarzda o‘qitish
xotira jarayonlariga birmuncha ijobiy ta’sir etar ekan. Ko'rlar to-
monidan narsalarni bilish normal bolalarga qaraganda birmuncha
sekin, hamda to‘la bo‘lmaydi. Bu toifa bolalarga xos narsalardan
yana bir tomoni, ular narsalarni o‘ziga xos xususiyatlar bilan bilib
230
olar ekanlar. Bu bolalar egallangan materiallarning bir qisminigina
esga tushira olar ekanlar. Bu bolalar oliy asab tizimlarida tormozla-
nish jarayonlarining ustunligi oqibatida ham, egallangan bilimlarini
qayta esga tushirishda m a’lum qiyinchiliklar sezar ekanlar. Shu bois
bo‘lsa kerak, bu toifa bolalarda reminissensiya (oldin unutilgan deb
hisoblangan materiallarning keyin esga tushishi) normal ko‘ruvchi
bolalardan ko‘proq uchraydi. Ko‘r bolalar xotirasining holati beri-
layotgan materiallarning sifat va mazmuniga ham bog‘liqdir. Ko‘r
va zaif ko‘ruvchi shaxslarda xotiraning barcha turlari (so‘z-mantiq
obrazli, hissiy) va harakatni maxsus ta’lim-tarbiya orqali shakllan-
tirish, rivojlantirish mumkin.
llgari idrok qilingan narsa va
hodisalarni ongimizda qayta
gavdalanishini tasavvur qilamiz. Xotira ilgari idrok qilingan, ammo
hozir ko‘z o‘ngimizda mavjud bolm agan narsalarning obrazlarini
ko‘z o'ngimizda maqsad qilib qo‘yamiz. Masalan: ertaklar, roman-
lar, umuman biror asarni o‘qiyotganimizda undagi qahramonlar-
ning ko‘z o‘ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir.
Dostları ilə paylaş: