Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Tayanch so‘zlar va tushunchalar
1. Tafakkur jarayonlari — tafakkur qilish jarayonlari tushuni- 
ladi.
2. Tafakkur shakllari — tafakkur qilish shakllari: hukm, xulosa, 
tushunchalar tushuniladi.
13.5. Ko‘rish nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqining rivojlanish 
xususiyatlari
Nutq — odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishning tarixan 
tarkib topgan shakli1.
1 Psixologiya. Qisqacha izohli lug'at. — Т.: 1998. 25-b.
236


Bolaning hissiy bilish tajribasi shakllanishi murakkab tizimli 
ko'rish-eshitish, ko'rish-taktik, ko'rish-harakatli aloqalar asosiga 
quriladi, bular bilish faoliyati oliy shakllarining keyingi rivojlanishi 
uchun fiziologik asos sanaladi.
L.S.Vigotskiyning fikricha, ko'rish obrazlari, hissiy, keyinchalik 
esa nutqiy-mantiqiy tajribaning ortib borishi bilan turli psixik funk- 
siyalar qorishmasiga aylana boradi, ular tashqi sharoitlar ta’sirida 
doimo o‘zgarib turadi va qayta quriladi. Bu so'zlarning predmet 
ma’nolari va bolalar foydalanadigan leksik-grammatik kategori- 
yalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqning 
muayyan mazmunini ko‘rish obrazlari bilan normada boyitish bola­
ning psixik rivojlanishi davomida bevosita hissiy va nutqiy-mantiqiy 
bilish o'rtasida to‘g‘ri nisbatning hosil bo'lishiga ko‘maklashadi.
Psixolog va defektologlarning tadqiqotlari ko‘rsatadiki, bolada 
ilk yoshda ko‘rish idrokining buzilishi uning sensor tajribani mus- 
taqil tarzda to'plashida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bu esa 
nutqning psixik bazasi shakllanishini kechiktiradi. Sensor jarayon- 
larning past darajasi, o‘z navbatida, saqlangan psixik funksiyalar- 
ning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (L.S. Volkova, L.S.Vigots- 
kiy, T.P. Golovina, L.P. Grigoreva, M .l.Zemsova, V.A. Kruchinin,
A.G.Litvak, I.S. Morgulis, L.I.Plaksina, L.A. Rudakova, L.I.Soln- 
seva, K.Becker, W.Belmer, H.Fekden, H.Suhrweir, C.Urwin, 
L.Zeuthen va b.). Shu sababli ko'rish patologiyasi bo'lgan bolalar­
da nutqning shakllanishi ko‘radigan bolalarnikidan murakkabroq 
sharoitlarda kechadi. Bolalarda nutqning va ko‘rishning buzilishi 
murakkab nuqson bo‘lib, ularda nutqiy va ko'rish nuqsonlarning 
ma’lum aloqa va o'zaro ta’siri kuzatiladi.
Nutqiy va psixik funksiyalarning shakllanmaganligi nafaqat bi­
lish faoliyatining shakllanishiga ta ’sir o'tkazadi, balki zaif ko'radigan 
bolalarning xususiyatlari: ehtiyojlar dinamikasida, ularni qondirish- 
ning qiyinligi bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishlarni (perseptiv qobili- 
yatlarning yetarlicha rivojlanmasligi); hissiy tasavvurlar sohasidagi 
cheklanganlik bilan belgilangan qiziqishlar doirasining torligi; na- 
zoratni talab qiladigan faoliyat turlariga qobiliyatlarning sustlani- 
shi; ichki holatlarning tashqi namoyon bo'lishi, cheklanganligi va 
boshqalarni keltirib chiqaradi (I.G. Kornilova va b.).
237


Ko‘rish nuqsonlarining mavjudligi xarakter qirralarining (ay­
niqsa, emotsional-irodaviy sohada) shakllanishiga salbiy ta’sir 
qiladigan sharoitlarning yuzaga kelishiga ko‘maklashadi, natijada 
egosentrizm, mustaqillikning yo‘qligi, ishonuvchanlik, negativizm, 
qiziquvchanlikning yo‘qligi va b. shakllanadi.
Ko'rish faoliyatining buzilishi ijtimoiy aloqalarni qisqartirib, 
makonda moijalga olishni va faoliyatning ma’lum turlari bilan 
shug'ullanishni cheklab, atrof voqelikni bilishda katta qiyinchi- 
liklarni keltirib chiqaradi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 
ko‘pchiligida aloqalarning nutqiy tizimlari ko‘rgazmali obrazlarga 
yetarlicha tayanchsiz shakllanadi, shu sababli so'zlarning muayyan 
ma’nolari qashshoqlashishi, zarur so‘z zaxirasining yo‘qligi, nutq- 
ning mazmun tomoni yetarlicha rivojlanmasligi kuzatiladi.
Hozirgi kunda nutqni rivojlantirish muammosining dolzarbligi 
mazkur psixik jarayon inson faoliyati istalgan shaklining ajralmas 
tarkibiy qismi ekani bilan belgilanadi. Keyingi vaqtda psixologik- 
pedagogik adabiyotlarda nutqning bilimlarni to‘laqonli o‘zlashtirish, 
mantiqiy tafakkur, ijodiy qobiliyatlar va psixik faoliyatning boshqa 
sohalari rivojlanishining asosi sifatida maktabga tayyorlash uchun 
alohida ahamiyati haqidagi masala tobora ko‘p qolyilmoqda.
Ko‘rish patologiyasi bo‘lgan bolalarda nutqning shakllanishi 
ko‘radigan boladagidan ko'ra murakkab sharoitlarda kechadi. Bola­
larda nutqning buzilishi va ko'rishdagi buzilishlar murakkab nuqson 
bo‘lib, bunda nutqiy va ko‘rishdagi kamchiliklar o‘rtasida ma’lum 
aloqadorlik va o‘zaro ta’sir kuzatiladi.
Tiflopedagog va tiflopsixologlar (L.S. Vigotskiy, T.P. Golovina, 
M.I.Zemsova, A.G.Litvak, L.l.Solnseva va b.) tadqiqotlarida aniq- 
lanishicha, ko‘rish nuqsoni tufayli tarbiyalanuvchilarning 30% dan 
ortig‘ida nutqiy yetishmovchilik kuzatiladi.
L.S. Volkova, A.L. Lukoshevichene, S.A. Pokupneva, I.V.Pokup- 
neva, I.V. Novichkova, Y.V. Shlay va boshqalar ishlarida ko‘rishda 
nuqsoni bolgan bolalarda nafaqat nutqning yaxlit funksional tizim 
sifatidagi buzilishi bilan kechadigan tizimli buzilishlar (nutqning 
to'liq rivojlanmaganligi, fonetik-fonematik nutq kamchiligi), bal­
ki idrok, xotira, diqqat, tasavvur va mantiqiy fikrlash jarayonlari 
rivojlanishida og‘ishlar ham kuzatilishi o‘z tasdig‘ini topgan. Shu
238


sababli bunday bolalar sujetni mustaqil rejalashtirish, leksik-gram- 
matik kategoriyalar bilan mustaqil operatsiyalash, nutqiy materialni 
grammatik rasmiylashtirishda jiddiy qiyinchiliklarni his qiladi. Shu 
sababli ko‘rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni bog‘lanishli monologik 
nutqqa (ya’ni, o‘z fikrini aniq va izchil, mantiqiy tizimli va tugal
leksikadan foydalanishda va mazmunan aniq, grammatik rasmiy- 
lashtirishga ko‘ra to‘g‘ri, mustaqil va erkin bayon qilish, jumlalarni 
qurishga) o‘rgatish korreksion-pedagogik jarayonda alohida o‘rin 
tutadi.
Ko‘rishning yo‘qligi yoki uning og‘ir nuqsoni sensor defitsit hosil 
qiladi, bu hissiy idrok va bilishning rivojlanish darajasi pasayishiga 
olib keladi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi ko‘zi ojiz bolalar- 
ning tasavvurlari, jum ladan jonsiz tabiat obyektlari haqidagi tasav- 
vurlar ham, spontan shakllanishida ko‘rish obrazlarining to‘liq yoki 
qisman tushirib qoldirilishi va reduksiyalanishi hisobiga toraygan 
bo'ladi. Ularda fragmentar, sxematik, umumlashganlik darajasi past 
bo‘ladi (V.S. Izotova).
Ko‘zi ojiz bolalar atrof-olamdagi predmetlar bilan tanishish ja­
rayonida his qiladigan qiyinchiliklar bolalarning idrok etishning 
zarur usullarini yetarlicha egallamagani bilangina emas, balki ko‘p 
jihatdan nutqiy rivojlanishning xususiyatlari bilan ham belgilanadi.
Bolaning to‘g‘ri nutqiy rivojlanishi ko‘p jihatdan tashqi olamdagi 
predmet va hodisalarni faol hamda doimiy bilish va ularning nom- 
larini atrofdagi odamlar bilan til muloqoti jarayonida o‘zlashtirish 
bilan belgilanadi. Lisoniy ifodalarni o‘zlashtirish uchun normal 
eshitish idroki zarur, so‘z ma’nolari asosida yotadigan predmetli 
tasavvurlarning toiaqonli rivojlanishi uchun, eng avvalo, ko‘rish 
analizatorining ishtiroki zarur. Analizatorlar funksiyalari yoki fikr- 
lash analitik-sintetik jarayonlari buzilganda nutqiy rivojlanishda 
turli og'ishlar kuzatiladi.
Ko‘zi ojiz bolalar nutqi L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev va boshqalar 
ta’kidlaganidek, yoshga oid rivojlanishning umumiy qoidalariga 
bo‘ysunadi va yetakchi faoliyat (o‘yin, o'qish) bilan belgilanadi, biroq 
uning shakllanishi normal ko'radigan bolalarnikidan murakkabroq 
sharoitda kechadi. Ko‘rish qobiliyati og‘ir nuqsoni sharoitida atrof 
makonni hamda predmetlarni distant va bir paytda ko‘rib chiqish,
239


ularni yaxlit idrok etish va ko‘rgazmali qiyoslash imkoniyati keskin 
cheklangan bo‘ladi.
Qator mualliflarning ma’lumotlariga ko'ra, ko'zi ojiz va zaif 
ko‘ruvchi bolalarning nutqi tiklanishi muloqot jarayonida xuddi 
ko‘radiganlaridagi kabi u yoki bu qonuniyatlar asosida amalga osha­
di (A.I. Kaplan, N.S. Kostyuchek, N.A. Krilova). Ayrim tadqiqotchi- 
lar maktabgacha yosh davrida ko‘rishda nuqsoni boMgan bolalarda 
nutqning rivojlanish sur’atlari pasayishini ta’kidlaydi. Boshqa tadqi- 
qotchilar fikricha, rivojlanish sur’atlari ko'radigan bolalarniki bilan 
taxminan bir xil (L.I.Solnseva). Shu bilan birga ko'zi ojiz bolalar­
da normal ko'radigan bolalardan boy lug'at kuzatilgan hollar ham 
ma’lum (N.S. Kostyuchel). Biroq bunga qaramay, tadqiqotchilar- 
ning ko'pchiligi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar nutqining konk- 
ret mazmun bilan yetarlicha boyitilmaganligi to'g'risida bir xil xu- 
losaga kelgan.
Nutqning semantik va leksik tomonlari o'rganilganda ma’lum 
bo'lishicha, normal ko'radigan bolalar ko'rishda nuqsoni bo'lgan 
tengdoshlaridan ustunlikka ega.
Ko'rishda nuqsoni bo'lgan 7 yoshli bolalarning bilish mustaqil- 
ligini o'rganib, T.P. Sviridyuk ularning predmetli axborotdan foy- 
dalana olmasligi, kuzatish qobiliyati yetarlicha rivojlanmaganligini 
aniqlagan. Bular idrok va og'zaki nutq jarayonlari rivojlanishiga be- 
vosita bog'liq.
N.G. Morozovaning tadqiqotlari hissiy bilish sohasining torayi- 
shi ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning predmetlar, ularning bel- 
gilari bilan, harakatlar bilan mustaqil tanishishiga to'sqinlik qiladi, 
bu o'z navbatida, zarur tasavvurlarning to'planishi sekinlashishiga 
olib keladi.
Qator tadqiqotlarda aytilishicha, ko'rishda nuqsoni bo'lgan 
bola larning bog'lanish nutqi yetarlicha rivojlanmaganligi hissiy va 
predmetli-amaliy tajribaning cheklanganligi, ularni o'qitish va tar- 
biyalash metod hamda usullari takomillashmaganligi bilan belgi- 
langan. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqiy rivojlanishiga 
bag'ishlangan ishlarning soni ko'pligiga qaramay, nutqning ham- 
ma tomonlari yetarlicha yoritilmagan. Maxsus adabiyotlar tahlili 
ko'rsatdiki, ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda nutqning rivojlani-
240


shi masalalari yetarlicha o'rganilmagan va juda umumiy tarzdagina 
aks ettirilgan.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin