Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Tayanch so‘zlar va tushunchalar
1. Nutq 
— odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishi.
2. 
Nutq madaniyati 
— muloqot jarayonida m a’lum til norma- 
lariga asoslangan holda m a’noli nutqni ifoda etish.
3. 
Nutqni korreksiyalash 
— nutqda mavjnd bo‘lgan ovoz, talaffuz 
nuqsonlarini to‘g‘rilash.
13.6. Ko‘rish nuqsoni bo‘lgan bolalarning tasavvur, xayol va fazoda
mo‘]ja) olish xususiyatlari
Tasavvur oldin idrok etilgan narsa va hodisalarning xotiramizda 
qolgan obrazlaridir. Narsa va hodisalar sezgi organlarimizga bevosita 
ta’sir etmayotgan bo‘lsa, ularni istagimiz, xohishimiz bilan ongimiz­
da qaytadan hosil etsak, bu jarayon tasavvurdir. Tasavvur idrokka 
nisbatan ancha yuqori bosqichdagi jarayon bo‘lib, «u ko‘rgazmali — 
hissiy obrazdir» va u ancha umumlashgan holda namoyon bo‘ladi.
Tasavvur xotirada obrazlarning ko‘rgazmali va umumlashgan 
holda paydo bolishi bilan tafakkurga o‘tish bosqichi hisoblanadi. 
Tasavvur mustahkamlanmasa, vaqti-vaqti bilan takrorlanmasa, vaqt 
o‘tishi bilan o‘zgarishi, xiralashishi, sxematik yoki umumlashgan 
holga kelib qolishi mumkin. Kuchli his-tuyg‘u bilan bog‘liq tasav- 
vurlar o‘ta yorqin va bo'rttirilgan holda xotiramizda uzoq vaqt 
saqlanib qolishi mumkin.
Ko‘ruv nuqsoni ko‘ruv idrokini qiyinlashtiradi yoki unga 
to‘sqinlik qiladi. Bu nuqson o‘z navbatida tasavvurni ham zaif- 
lashtiradi. Ko‘rlardagi tasavvurning o‘ziga xos tomoni shundaki, 
ularda ko‘ruv obrazlari torligi (ko‘zi ojizlarda) yoki uning umu- 
man yo‘qligi (ko‘rlarda) uchun ham tasavvur doirasi keskin kamay- 
gan bo‘ladi. Bu toifa bolalardagi tasavvur jarayoni sog‘lomlarga 
nisbatan miqdor jihatdan kamligi bilan birgalikda, u sifat jihatdan 
ham farq qiladi. Ko'rlarda tasavvurning miqdor jihatdan kamligini 
saqlanib qolgan analizatorlar yordamida (asosan paypaslab — teri 
sezgisi) kompensatsiya qilish mumkin. Ammo ko‘rish, masofadan 
ko‘rishning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.
241


Ko‘rlardagi obrazlar sog‘lom shaxslarnikidan fragmentarligi, 
sxematikligi, kam umumlashganligi bilan ajralib turadi.
Ko‘r va ko‘zi ojizlarda obrazlarning fragmentarligi shu bilan 
xarakterlanadiki, ularning tasavvuridagi narsa va obyektlarning 
muhim qismi yetishmaydi, tobliq emas, ba’zan tasavvur etilayotgan 
narsa va obyektning real tasviriga mos kelmaydi. Narsa va obyekt­
larning obrazlarida muhim qismlari yetishmaydi. Narsa, rasm, 
tanishda ularning muhim qismi tushib qoladi. Masalan, ko‘r bola 
uchun tulkining obrazidagi eng muhim narsa uning katta dumi, 
quyonning obrazida esa quloqlari va kalta dumi muhim belgi hi- 
soblanadi. Bunday belgilarning fragmentarligi va sayoz umumlash­
ganligi 
narsa
va obyektlarning haqiqiy obraziga ko‘r bola tasav­
vuridagi obrazning mos kelmasligi va tasavvurlarning fragmentar 
bo‘lishi teri yordamida sezish yoki ko‘ruv idrokining suksessivligi 
(suksessivlik — narsa va obyektlarni bir butunligicha emas, bal­
ki birin-ketin idrok etishdir. Bunday idrok ko‘r shaxslarda ko‘ruv 
analizatorlari tekshirish maydonining torligi yoki chegaralangan- 
ligidan kelib chiqadi).
Sog'lom shaxslarda joyni, narsa va obyektlarni idrok etish 
ko‘pincha simultan tarzda (ya’ni joy, narsa va obyektlarni yaxlit, bir 
butunligicha) idrok etish yuz beradi.
Tashqi ko‘rinishi o‘xshash, tashqi ko‘rinishida alohida ajralib 
turuvchi qismlari kam bo'lgan narsalarni idrok etganda sxematik 
idrok shakllanadi. Ko'rlar bunday narsalarni bir-biridan farqlashga 
qiynaladilar. Bir xil ko‘rinishdagi qushlar (musicha, kaptar, qarg‘a 
va hokazolar)dan, o‘simliklarning (arpa, bug‘doy va boshqalar) 
tashqi ko‘rinishi bir-biriga o‘xshashligi sababli farqlashga qiynali- 
shadi. Eng muhim belgilar - shakl, tashqi Ico‘rinish, rang, tashqi 
a’zolartiing o‘ziga xos xususiyatlari e’tibordan chetda qoladi. Nati- 
jada ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning tasavvurida narsa va obyekt­
larning obrazlari sxematik-ehizgi tarzida shakllanadi.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning tasavvur xususiyatlaridagi yana 
bir kamchilik narsalar va hodisalar haqidagi obrazlarning yetarli 
umumlashmaganligidir. Ko‘ruv nuqsonida sensor tajribaning kam- 
ligi, narsa va obyektlar mohiyati va mazmuni, qismlari va qismlar 
o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilim va tajribalarning kamligi
242


bir turga, bir sinfga kiradigan o‘simliklar, hayvonlar va boshqa 
n arsalarn i 
farqlashda qiyinchilik yaratadi. Ayniqsa, maktabgacha 
va 
kichik 
maktab yoshidagi bolalarning atrof-muhit haqidagi bilim 
Vft 
tajribasining kamligi umumlashtirishdek muhim ruhiy qobiliyat- 
nin g
kuchsizligiga sabab bo‘ladi.
Ko'r shaxslar atrof-olam haqidagi asosiy bilim va ma’lumotlarni 
SO‘z yordam ida, 
ya’ni atrofdagi kishilarning (ota-ona, o'qituvchilar, 
radio, 
televizor va boshqalar) yordamida to‘playdi. Ko‘rlar atrof-olam 
haqidagi 
bilim va ma’lumotlarni sog‘lom bolalarga nisbatan ko‘proq 
qiziqish 
bilan tinglaydilar. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolada atrofga 
qiziqishi, 
ehtiyoji verbal yo'l bilan qondiriladi va mustahkamlana- 
di. 
Buning oqibatida ko'rlarda ko'ruv tasavvurlar va obrazlarning 
kam ligi 
(ko'rlarda umuman yo'qligi) narsa va hodisalarning real va 
verbal 
mazmuni, mohiyati o'rtasidagi ajralish (divergensiya)ga sabab 
bo'ladi.
Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, tasavvurning shaklla- 
nish 
jarayoni uch bosqichda kechadi.
Birinchi bosqich — predmet va obyektlarni farqlash kuchsiz, 
ularning o'zaro munosabatlari yetarli anglanmagan.
Ikkinchi bosqich — farqlash murakkablashib boradi. Narsa va 
obyektlarning muhim belgilarini farqlash malakasi paydo bo'ladi.
Uchinchi bosqich — narsa va obyektlarning muhim qismi va bel- 
gilari 
haqida mustahkam bilim paydo bo'ladi. Bu qism va belgilar 
o'rtasidagi aloqalar — munosabatlar anglab yetiladi. Bu tasavvur­
n in g
oliy bosqichidir.
Ko'rlarda ham tasavvur shakllanishi yuqoridagi bosqichlarda ke­
chadi. 
Lekin, bosqichlararo vaqt uzoq va qiyinroq kechadi. Ko'r va 
z a if 
ko'ruvchi bolalar hatto atrof-muhitdagi sog'lomlar uchun yaxshi 
ta n is h
narsalarni sog'lomlarga nisbatan qiyin tasavvur etadilar.
Sog'lom bola 4-sinfga chiqqanda tasavvur etish qobiliyati oliy 
bosqichga yetgan bo'ladi. Ko'rlar esa maktabda maxsus ta’lim orqa­
li 
malaka va ko'nikmalarni egallagandan so'ng ham tekshirilgan 
o'quvchilarning 1/20 qismining tasavvurlari oliy bosqichga yetishi 
aniqlandi.
Ko'pchilik ko'r va zaif ko'ruvchi shaxslarning tasavvurlari 1 yoki 
2-bosqichda qolib ketadi.
243


Ko‘rlarning ko‘ruv doirasidan (ko‘zi ojizlarda) ko‘rlarning pay- 
paslab tekshirish doirasidan uzoqda joylashgan narsa va obyekt- 
lar sxematik, fragmentar tarzda yoki um um an idrok etilm asdan 
qolib ketadi. Tasavvur obrazlarining xotirada saqlanishi va mus- 
tahkam lanishi uchun, faoliyat davomida uning qayta-qayta idrok 
etilishi katta ahamiyatga ega Ko‘rlarda qayta idrok etishning qi- 
yinligi ham tasavvurlarning I—II bosqichda qolib ketishiga yoki 
xotiradan yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Obrazlar bordi-yu 
yo‘qolib ketmasa ham xira bo‘ladi. Fragmentarligicha yoki yetarli 
farqlanmaganligicha qolib ketadi.
Erta ko‘r bo‘lganlarning xotirasida ko‘ruv obrazlari juda oz 
bo'ladi. Faqat ko‘zi sog‘lom davrda kuchli his-hayajon uyg‘otgan 
narsa va hodisalar (chiroyli o'yinchoq, yong‘in va boshqalar)ning 
yorqin obrazlari yaxshi saqlanib qoladi. Maktab yoshida ko‘zi ko'r 
bo‘lganlarning ko‘ruv xotirasi ancha yaxshi bo‘lib, maxsus ta’lim 
jarayonida bilim va tajriba olish faolligi yana oshadi. Katta yoshga 
kirib ko‘r bo'lganlarning ko‘ruv tasavvurlari sog'lom kishilarniki- 
dan farq qilmaydi.
Ammo, tasavvurlarining mustahkamligi nisbiydir, tasavvurlar 
vaqti-vaqti bilan mustahkamlanib turilmasa, ular asta-sekin xirala- 
shadi va yo'qolib ketishi ham mumkin. Ko‘rlarning tasavvur xususi- 
yatlarini rivojlantirish uchun oilada, maktabgacha va maktab ta’limi 
jarayonida quyidagi ishlar olib borilishi kerak:
1. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar va o‘quvchilarni narsa va obyekt­
larni kuzatish va paypaslab tekshirishga o‘rgatish.
2. Narsa va hodisalarni, obyektlarni tekshirish malakasiga va 
ko‘nikmasiga o‘rgatish.
3. Narsa va obyektlarning muhim qismlarini, unchalik muhim 
bo‘lmagan qismlaridan farqlash va topish.
4. Qismlar, narsalar orasidagi bog‘liqlikning qonuniyatlarini 
tushuntirish.
5. Sensor tajribani oshirishda mumkin qadar hamma analiza- 
torlardan foydalanish.
Ko‘r va ko‘zi ojizlarda fazoviy tasavvurlar va mo‘ljalga olish 
o‘ziga xos ma’no kasb etadi.
244


Fazoviy tasavvurlar deb predmetlarning fazodagi o‘rni, shakli, 
holati, tuzilishi va harakatining ongimizda aks etishiga aytiladi.
Inson o‘zining turgan jo ‘yini va yo‘nalishini aniqlash uchun 
o‘zini va atrofdagi predmetlarning joylashuvini belgi qilib oladi. 
Natijada kishi atrof-muhitning, fazodagi narsa va obyektlarning 
shaklini, katta-kichikligini aniqlaydi va eslab qoladi.
Buning uchun u o‘zini bitta nuqta deb olsa, atrofdagi predmet- 
lardan bittasini yoki bir nechtasini mo‘ljalga olish nuqtasi deb hisob- 
laydi.
Uch o‘lchamli fazoda inson atrofdagi narsalarning balandligini, 
uzunligi, enini va boshqa olchovlarini aniqlash uchun bu narsani 
o‘z bo'yi yoki boshqa biror narsa bilan solishtirib mo'ljalga oladi. 
Mo‘ljalga olishda va joyni topishda biz quyidagi oddiy usullardan 
foydalanamiz.
Notanish joyga mehmonga borgan vaqtimizda, ikkinchi m arta 
shu yerga kelganda adashmaslik uchun (shahardagi uylar bir-biri- 
ga juda o‘xshash), shu uy yonidagi qandaydir narsani: simyog‘och, 
do‘kon va boshqalarni belgi-mo‘ljal qilib olamiz. Keyingi safar shu 
joyga kelganda bizga zarur uyni topishga oldingi safar ko‘z ostiga 
olib qo‘ygan «belgilari»miz yordam beradi.
Dengizda bunday belgilar yo‘qligi sababli qadim-qadimdan 
kishilar suv oqimi, shamol va yulduzlarga qarab yo‘nalishni belgi- 
laganlar.
Sahro va o‘rmonIarda esa tepaliklarning joylashuvi, daraxt 
va o ‘simliklarning, shamol esishi va yulduzlarga qarab kishilar 
o'zlarining turgan joylarini, joyning tomonlarini va boshqa zarur 
yo‘nalishlarni aniqlaganlar.
Hind okeanida joylashgan mayda orollarda ibtidoiy tizimga 
yaqin sharoitda yashovchi xalqlar bir oroldagi kishilar, ikkinchi 
oroldagi tanishlarinikiga kichik kemachalarda mehmonga borib 
qaytib kelishadi. Vaholanki, ba’zi bir orollar orasidagi masofa 1000 
km.
Bu xalqlarni tekshirgan olimlar, ular ochiq okeanda suv oqimiga, 
to‘lqinlarga, shamolga va nihoyat quyosh va yulduzlarga qarab ke- 
malarni boshqarishlarini aniqlaganlar. Yuqoridagi fikrlardan shun- 
day xulosa kelib chiqadi, har bir kishining tasavvurida fazoning
245


(atrof-muhitning) «kartasi» bo‘ladi. U o‘ziga zarur joyni topishi 
uchun olz xotirasidagi «karta» obraz bilan, atrofdagi joyni taqqoslab 
m oijal oladi. Joyni topish uchun uchta vazifa bajariladi:
1. Zarur yo‘nalishni tanlash.
2. Shu yo‘nalishni davom ettirish va ongimizdagi joyning, 
yo'nalishning obzori «karta»si bilan solishtirish.
3. Kerakli joyni topish.
Fazodagi obyektlar va narsalarning jo ‘yini, holatini, shaklini 
aniqlashda, ularni farqlashda va topishda hamma analizatorlar qat- 
nashadi. Birorta analizatordagi nuqson fazodagi yo'nalishni aniq- 
lash va moMjalga olishni qiyinlashtiradi. Ko'rlarda bunday holatga 
quyidagilar sabab boladi:
Birinchidan, ko'rlar idrok etish maydoni torayadi, idrok etish- 
dagi narsalarni o‘zaro taqqoslash, topish, aniqlik kiritish buziladi.
Ikkinchidan, fazoni masofadan turib idrok etish buziladi. Shu 
sababli ko‘rlarda fazoviy yo‘nalish malakalarining shakllanishi va 
uning avtomatizatsiyasi qiyinlashadi yoki umuman yo‘qqa chiqa- 
di. Ko‘zi sog‘lar o‘zining turgan jo ‘yini, zarur yo‘nalishni, joydagi 
sharoitni, yo'nalish va yo'lning tuzilishini avtomatik ravishda to- 
padi va yuradi. Siz kamdan kam hollarda ish yoki o‘qish joyingizga 
borish yo‘lini oldindan rejalashtirasiz va yo‘l davomida bu haqda 
o'ylaysiz.
Biz har kuni odatdagi yo‘1, odatdagi transport vositasidan foyda- 
langan holda hamma harakatni beixtiyor ravishda bajaramiz. Faqat 
odatdan tashqari hollardagina diqqatimiz kuchayib, sezgirligimiz 
ortadi.
Aynan shu jarayonni (avtomatizatsiya), ko‘rlar doimo ong osti 
nazorati bilan bajarishga majburlar.
Yo‘ldayurish, joyni topish, to‘siq vaboshqalardan o‘tish ko‘rlardan 
kuchli diqqat, xushyorlik va «kuzatuvchanlik»ni talab etadi.
V.S.Sverlov ko‘rlarning quyidagi fazoviy yo‘nalishlarini farqlay-
di:
1. Fazoviy kichik narsalarni topish va aniqlash:
a) 
juda kichik narsalarni, masalan: ignaga ip o‘tkazish, gulning 
g‘unchasini tekshirish va hokazolar. Bu ishlarni bajarishda ko'rlar 
ba’zan tildan ham foydalanadilar;
246


b) 
bir barmoq yoki bir necha barmoq bilan sezish mumkin 
bo‘lgan predmetlar;
d) kaft bilan ushlash mumkin bo‘lgan predmetlar.
2. Yashash va ish joyidagi narsalarni topish va aniqlash: osh- 
xonadagi, xonalardagi narsalar, sinf xonasi, ustaxonadagi narsalar.
3. Katta joylardagi narsalar va obyektlar: katta sport xonalari, 
teatr, kino zallari, ochiq maydonchalarda narsa va obyektlarni to ­
pish va aniqlash.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin