Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Topografik tasavvurlar
Topografik tasavvur — bu joyni tasavvur etish, joyning tuzili- 
shini (relyefini), joydagi narsalarning shaklini, kattaligini, uzoq- 
yaqinligini va boshqa xususiyatlari obrazlarining xotiramizda yaxlit 
tarzda mujassamlashishidir.
Ko£rlardagi fazoviy tasavvurlarni tekshirish shuni ko‘rsatdiki, 
ularda ham topografik tasavvurlar mavjud. F.N. Shemyakinning 
fikricha, topografik tasavvur ikki xil bo‘ladi: «karta-yo‘l» va «kar- 
ta-tasvir» shaklida tasavvurlar hosil bo‘ladi. «Karta-yo‘l» tarzidagi 
tasavvurda joyni tasavvur etish «suksessiv» tarzda, ya’ni topish zarur 
bo‘lgan obyektga - mo‘ljal olinayotgan yo‘nalish, obyektgacha ma- 
sofa ham ma tomonlama taqqoslanadi va qayta eslanadi (xotiradagi 
jarayon).
«Karta-tasvir» — topish tasvirini fikran bir vaqtning o‘zida — 
yaxlit holda ko'z oldiga keltirish.
Joyni, katta obyektlarni bunday xilda tasavvur etish, «karta-yo‘l» 
tarzidagi tasavvurdan so‘ng shakllanadi.
Lekin, «Karta-tasvir»da ham joyning tasviri ko'pincha «chega- 
ralangan» holda tasavvurimizda paydo bo'ladi. Masalan: m a’lum 
bir joyning tuzilishi, «plan» ko‘rinishida bir vaqtning o'zida hamma 
tomondan qayta xotiramizda namoyon bo‘ladi.
Asosiy yo‘nalishlar, obyektlar orasida masofa umumlashgan hol­
da paydo bo‘ladi.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘rlar har xil joyda harakat 
qilar ekan, yo‘nalish haqida, masofa haqida va boshqa fazoviy tu ­
shunchalar haqida to‘g‘ri tasavvurlar shakllanadi. Keyin shu tasav­
vurlar ko‘rlarda verballashadi.
247


Bu shuni ko‘rsatadiki, ko‘rlarda ham «Karta-tasvir» tasavvur 
turi mavjud bo‘ladi va ular joyni simultan tarzda (bir vaqtning 
o‘zida) tasavvur eta oladilar. Ko‘rlardagi joyni simultan tarzda 
tasavvur etishda tafakkurning analiz va sintez faoliyati va joyning 
grafik (qabariq-relyefli) tasviri bilan oldindan tanishish yordam 
beradi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda predmet va hodisalar 
haqidagi tasavvurlar kengayadi, boyiydi, shakllanadi. Yoshi katta 
bo'lib borishi bilan tasavvurlar yorqinroq va aniqroq bo‘ladi. Lekin, 
izchil, tizimli ravishda olib boriladigan rejali yordam bu toifa bola­
lar tasavvurlarining rivojlanib borishini ta’minlaydi.
Ko‘rlarda tasavvurlarning shakllanishini boshqarish idrokka 
asoslangan holda quyidagicha amalga oshadi:
1. Predmetlarni so‘z bilan tasvirlash va iloji bo‘lsa uni paypaslash 
bilan tekshirish.
2. Narsa va hodisalarni og‘zaki nutqda-xotirada qanchalik mus- 
tahkamlanganligini tekshirish uchun qayta hikoya qildirish.
3. Og‘zaki tanish bo‘lgan narsalarni plastilindan, loydan va 
boshqa narsalardan yasash.
4. Ko‘zi ojizlarga shu narsalar va hodisalarni chizdirish.
Savol va topshiriqlar
1. Ko'r bolalar tasavvur xususiyatlari haqida so‘zlab bering.
2. Zaif ko‘ruvchi shaxslarda tasavvur qanday xususiyatlarga 
ega?
3. Tasavvur va xayolni farqlab, tushuntirib bering.
4. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda tasavvurni korreksiyalash 
yo'llari haqida so‘zlab bering.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin