Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Ухтомский A.A. Танланган асарлар. — ТДУ. 220-бет



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

1 Ухтомский A.A. Танланган асарлар. — ТДУ. 220-бет.
223


Idrok ruhiy va asab tizimida o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, uning 
maxsus markazi bosh miyada joylashgan. Shaxsning hayot tarzi, ish 
faoliyatining harakatiga qarab biror analizator dominant — yetakchi 
bo‘ladi. Ushbu shaxsda o‘sha idrok turi kuchli bo‘ladi. Ko‘pgina 
sog‘lom kishilarda ko‘ruv idroki yetakchidir. Ammo, ko'ruv o‘tkirligi 
jiddiy pasayganda (0,03—0,02 gacha va undan past) va total ko‘rlarda 
teri-mexanik, harakat analizatorlari yoki teri sezgi idroki yetakchi- 
lik qiladi.
Ammo, kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘ruv o‘tkirligining eng 
past darajasida ham, ko‘rlar ko‘p hollarda ko‘ruv idrokidan faol foy- 
dalanadilar.
Total ko'rlarda atrof-olamni idrok etish asosan eshituv analiza­
torlari yordamida amalga oshadi.
Lekin, eshituv sezgisi va idroki tashqi olam va undan narsalar 
haqida bir tomonlama, ya’ni ularning fazodagi holati va fizikaviy 
mohiyati haqida juda tor tushuncha beradi. Insonning tashqi 
olamni sezishini — idrok etish jarayoni polisensor tarzda hamma 
mavjud sezgi analizatorlari va idrok turlari qatnashgan holda ke- 
chadi. Faqat, shunday holatda narsa va hodisalarni butunligicha, 
ongli — tushunib, umumlashgan holda, tanlab idrok etish yuz be­
radi. Masalan: ko'rlarda tashqi olamdagi narsalar va obyektlarni 
tanlab idrok etishning chegaranlanganligi, yo‘qligi, narsalarning 
go'zalligidan hissiy ta ’sirlanishning kamligi natijasida his-tuygbu va 
qiziqishlar doirasining torligi kelib chiqadi.
Ko'rlarda predmet va obyektlarni keng va chuqur idrok etish teri 
va harakat analizatorlari yordamida amalga oshadi. Bu esa idrok 
etilayotgan narsalarning mohiyati, tarkibi, hamma xossalari haqida 
yetarli, keng ma’lumot olishga kamlik qiladi. Natijada, ko‘rlarda 
sensor tajriba kam boiib, predmet va hodisalarni ongli va butun­
ligicha idrok etish buziladi.
Ko‘zi ojizlarda ko‘ruv idroki ko‘rish a’zolari nuqsonining dara- 
jasiga va narsalarning katta-kichikligi, uzoq-yaqinligi, xonaning 
yorug‘ligiga bog'liq, sog'lom inson atrofidagi narsalarni ikkala 
ko‘zi bilan ko‘rganda (binokulyar ko'ruv) obrazlar — idroki to‘liq 
bo‘ladi, ammo ko‘zi ojizlarda ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi past yoki
224


bir ko‘zi umuman ko‘rmas]igi mumkin. Bunday holatda narsa va 
obyektlarning fazoda tom onlarini aniq ko'rish buziladi.
Ko‘zi ojizlar narsalarni, rasmlarni tanishga qiynaladilar. Ko‘zi 
ojizlar rasmlarni, ayniqsa murakkab rasmlarni butunligicha idrok 
eta olmaganlari uchun, rasmdagi narsalar, personajlar o‘rtasidagi 
bog‘liqlik buziladi. Rasmning muhim qismini ko‘ra olmaganligi- 
dan tasvirning asosiy (asl) mazmuni haqida xato fikr paydo bo‘lishi 
mumkin. Rasmni butunligicha (fazodagi narsa va obyektlarni ham) 
idrok etish uchun uni uzoqdan, yaqindan, keyin har tomondan turib 
tomosha qilinadi. Shunday tomosha qilinganda narsa va obyektlar 
(rasmlar) haqida, ularning muhim qismlari yetarli darajada aniq 
idrok qilinadi. Ko'zi ojizlarda ko‘ruv o'tkirligining pastligi, ko\ruv 
doirasining torligi uchun ham bu jarayon qiyin kechadi. Natijada 
ularda harf va bo‘g‘inlarni, sonlarni, geometrik figuralarni idrok 
etish tezligi keskin kamayadi.
Ayniqsa, ko‘r va ko‘zi ojizlar uchun fazoda harakat qilayotgan 
narsalarni (qush, samolyot va boshqalar) idrok etish ancha qiyin. 
Bu kamchiliklar ularning o‘qish, yozish malakalarini egallash lari ni 
qiyinlashtiradi.
Ular ko‘pincha daftardagi chiziqni yaxshi ko‘rmaganliklari 
uchun qiyshiq yozadilar, harflarning elementlari tushib qoladi, ba- 
land-past yoziladi va hokazo nuqsonlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Narsalarning shaklini va hajmini idrok etish. Narsalarning asosiy 
belgisi — sensor mazmuni uning shaklidir. Shakl — narsa, uning m o­
hiyati va mazmuni haqida ko‘p ma’lumot beradi (Yer sharining ki- 
chik shakli — globusni eslang). Narsalarning katta-kichikligi, hajmini 
bir vaqtning o‘zida ko‘ra olish idrokning sifatiga ta’sir etadi. Ko‘zi 
ojiz bolalar va kattalar narsa va obyektlarni tekshirayotgan vaqtda 
uni hamma tomondan ko‘ra olmasliklari, ko‘z soqqasini predmetni 
tartib bilan — tizimli ko‘rib chiqishga xalaqit berishi, shuningdek, 
ko'zning tez charchab qolishi natijasida olingan axborot kam, noaniq 
bo‘lishi mumkin. Narsalarning shakli, hajmi, proporsiyasi haqidagi 
ma’lumotlar ham ko‘zi ojiz bolalarda aniq bo‘lmasdan qoladi.
Rang va tuslarni idrok etish. Insonning diqqatini o‘ziga jalb qi- 
luvchi narsa bu rangdir. Rang yordamida narsalar haqidagi bilimla- 
rimiz boyiydi, mazmun kasb etadi.
225


Ayniqsa, rang insonda his-tuyg‘uni uyg‘otadi. Ko‘zi ojiz bola­
larda rangni idrok etish qiyinlashgan bo'ladi. Ayniqsa, ular qizil
ko‘k, yashil ranglarni qiyinchilik bilan idrok etadilar. Tuslarni idrok 
etish katta qiyinchilik tug‘diradi.
Ko‘zi ojizlar aniq yaqqol chiziqlar bilan chizilmagan ko'rgazmali 
qurol, rasmlarni farqlashga qiynaladilar. Shuning uchun ham ko‘zi 
ojizlar uchun chiqariladigan ko‘rgazmali qurollar, chizma va rasm- 
lar murakkab ranglarda boim asdan, balki qora-qalin chiziqlar bi­
lan chizilgan aniq va yaqqol bo‘lishi shart.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin