Ko‘rlik va zaif ko‘rishning kompensatsiyasi
Ko‘zi ojiz bolalarning asosiy ko‘z kasalligi, ko'zning qo‘shimcha
kasalliklarini tuzatish, qoplashga (korreksiya, kompensatsiya) qara-
tilgan davolovchi xususiyatga ega bo‘lgan maxsus mashg‘ulotlar
tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlarni defektolog, tiflopedagog muta-
xassislar olib boradilar. Maxsus maktab-internat o'quvchilari davlat
ta ’minotidadirlar.
Ko‘zi ojiz bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari o‘ziga xos
tomonlari bilan ajralib turadi.
Ko‘zi ojizlik nasldan naslga o‘tish yo‘li bilan bolaning ona
qornida, ya’ni embrion davrida onaning turli og'ir, yuqumli kasal-
liklar (gripp, angina va b.) bilan kasallanishi oqibatida, bola hayoti
davrida orttirilgan, ya’ni qizamiq, meningit, suvchechak va boshqa
o‘tkir yuqumli kasalliklarga chalinishi oqibatida, turli tan jaro-
hatlari sababli yuzaga keladi. Bu davrda o‘z-o‘zidan bolaning asab
faoliyatidagi o‘zgarishlar bolishiga olib keladi. Ko‘rish ne’matidan
mahrum bo‘lgan bola injiq, qaysar, qo'pol bo‘lishi mumkin. Ba’zi
bolalarda ko‘rmaslik oqibatida boshni to‘xtovsiz chayqash, ko‘zni
qo‘l bilan ushlab turish, gavdani beixtiyor tebratish, yuz muskul-
212
larini o‘ynatish, labni cho‘chchaytirish, turgan joyida sakrash va
boshqa yoqimsiz odatlar yuzaga keladi. Albatta, bu odatlar barcha
ko‘zi ojiz bolalarga xos deyish noto‘g‘ri, lekin to iiq ko‘zi ojiz bola-
larda bu odatlar tez-tez yuzaga keladi, ko‘p holatlarda uchrab tura-
di. Ko'zi ojizlik bolaning gavda muskullariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Gavdani bir tomonga olib yurishga harakat qilish, bukchayib yu-
rish, yuzni bir tomonga o‘girib yurish, boshni osiltirib yoki orqa
tomonga tashlab yurish, umurtqa pog‘onasining qiyshayishi va
boshqa o‘zgarishlar kuzatiladi. Toiiq ko‘zi ojiz bolalarda q o i silki-
tish, ko‘z olmasini qo‘l bilan ushlab turib gapirish, quloqni ding
qilib turish kabi odatlar tez-tez uchrab turadi. Kattaroq yoshdagi
bolalar o‘z harakatlarining ortiqchaligini tushunsalarda, bu ularga
xalaqit bermasligini ta ’kidlaydilar. Chunki, bu odatlarning yuzaga
kelishi ko‘zi ojiz bolaning asab faoliyati bilan bogiiqdir. Ko‘zi ojiz
bolalarda eshitish sezgisi yaxshi rivojlangan boiadi. Bu analizator-
lar bir-birlarining faoliyatlarini to‘ldirib turishi bilan izohlanadi.
Ko‘rish analizatori o‘z faoliyatini to‘xtatganida hid bilish, eshi
tish, teri sezgilari faoliyati kengroq rivojlanadi. Kam harakatlilik,
hadiksirab harakatlanish, o‘ta ehtiyotkorlik bilan qadam bosish
kabi holatlar kuzatiladi. Tug‘ma ko‘zi ojiz bolaga nisbatan, ort-
tirilgan ko‘zi ojizlikka uchragan bolalarda bu odatlar, holatlar kam
uchraydi. Bolaning tashqi muhitga moslashishida o‘zi yashayotgan
muhitga shart-sharoitlarning ham ahamiyati beqiyosdir. Ba’zi bir
ota-onalar bola uchun hamma ishlarni o‘zlari bajarishga harakat
qiladilar. Ularni haddan ziyod ehtiyot qilishga urinadilar. Ko'zi ojiz
bolaning mustaqil bo‘lishiga, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishi uchun
qilgan harakatlari, intilishlarini so‘ndiradilar. Ota-ona bu harakat-
lari bilan «bolaga yaxshilik qilyapman» deb o‘ylaydilar. Aslida esa,
bu g‘amxo‘rlik ko‘zi ojiz bolaning imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.
Bunday bolalar maxsus maktab-internatga kelganlarida bolalar ja-
moasiga o‘ta qiyinchilik bilan moslashadilar. 0 ‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish ko^nikma-malakalarining shakllanish jarayoni juda sust-
lik bilan amalga oshadi.
Kichik yoshdan boshlab mehnat kolnikm a-m alakalarini egal-
lagan ko‘zi to‘liq ojiz bola esa bolalar jamoasiga osonroq mosla-
shadi. 0 ‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda o‘z imkoniyatlarini namoyon
213
qilishga harakat qila boshlaydi. Bolada o‘z kuchi, imkoniyatlariga
ishonch paydo bo‘ladi. «Men bu ishni bajara olaman, bajarishim
kerak» — degan tushuncha hosil bo'ladi. Ko'zi to‘liq ojiz bolada
begona odamlarga nisbatan shubha hissi kuchli bo'ladi. Bu shub-
halanish 9—11 yoshlardan boshlanib 12—14 yoshlarda kuchaya-
di, 15—17 yoshgacha, ba’zan esa bundan ham ko‘proq yoshgacha
davom etishi mumkin. Bu davrda bola o‘ta hadiksirovchan, saiga
xafa bo4ib qoladigan, ko‘proq yolg'izlikka moyil, tortinchoq bo iib
qoladi. Bolalarga xos bo'lgan o‘tish yoshida ular o‘z jismoniy kam-
chiliklarini yanada chuqurroq his qiladilar, Ayrim ko‘zi ojiz bo-
lalarda esa bu holatning aksi sodir bo‘ladi. lining axloqida salbiy
o'zgarishlar yuz beradi. Sababsiz shovqin solish, keraksiz talablar
qo‘yish, yig‘lashga moyillik, qo‘pollik holatlarini kuzatish mum-
kin. Bularning hammasi ko'zi ojiz bolaning asab tizimi bilan
bogiiqdir. Bolaning individual (yakka) xususiyatlarida o‘z aksini
topadi. Tug‘ma ko'zi ojiz bolalarda ko‘rish nuqsonining qay dara-
jada chuqurligi yoki ko‘z nurining saqlanganligi ham bola asab
tizimiga o‘z ta ’sirini ko‘rsatadi. Ko'zi ojiz bolalarda bosh og‘rig‘i
xuruji tez-tez yuz beradi, biror-bir faoliyatda tez charchab qolish,
uyquning buzilishi holatlarini ham kuzatish mumkin. Sog'lom bo
lalar tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi bilimlarni eshi-
tishga nisbatan 30 marta ko‘p ko‘rish analizatori orqali qabul qila
dilar. To'liq ko‘zi ojiz bolalar esa bunday imkoniyatga ega emas.
Ularda eshitish qobiliyati, taktil sezgilar yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
XIX asrda yashab o‘tgan ko‘zi ojiz yozuvchi Moris de Sizeran-
ning ushbu ta ’rifi so'zlarimizga isbot bo‘la oladi, deb o‘ylaymiz.
«Eshitish ko‘zi ojiz odam uchun hayot demakdir. Eshitish orqali
ko‘zi ojiz odam ongida daraxt jonlanadi, tabiatning buyuk ovozi
eshitiladi».
M a’lumki, inson nutqi uning hissiy va aqliy kechinmalari bilan
uzviy bogiiq. Har bir odam ovozi o‘zining takrorlanmas ohangi,
nutqining tuzilishi, til boyligi, ma’lumoti, saviyasi bilan ajralib
turadi. Ko‘zi ojiz bola odamlar nutqidagi nozik ohang, kayfiyatni,
xarakter, tafakkur qilish xususiyatlarini tez ilg‘ab oladi. Shu sababli
ham ko‘zi ojiz odamlar orasida musiqaga bo‘lgan qiziqish kuchli.
Ko‘pIab buyuk musiqashunoslar shular orasidan yetishib chiqqan.
214
Ko‘z nurining pasayishi, zaifligi, bola diqqatining tarqoqligi, mah-
suldorligi sifatiga ham o'z salbiy ta’sirini ko'rsatadi. Ko'zi ojiz bo-
lada atrof-muhitdagi voqea-hodisalar, buyumlar haqida tushimcha,
tasavvurlar hosil bo‘lishida jonli muloqotning ahamiyati nihoyatda
katta. Maxsus maktabdagi ta ’lim-tarbiya jarayonida va atrofdagi
katta kishilarning yordami bilan, turmush tajribasining ortishi tu-
fayli ko'zi ojiz bolalarda fazo, vaqt, harakatni idrok qilish imkoniya-
ti kengayadi. O'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishga harakat
qiladilar. Darslarda olgan nazariy bilim, ko‘nikm a va malakalarini
amaliy faoliyatda sinab ko‘rish orqali ham ko'zi ojiz bolalarning
idrok qilish faoliyati rivojlana boshlaydi, fikrlash qobiliyati o‘sa bo-
radi. Ko'zi ojiz bolaning aqliy rivojlanishida turli mavzulardagi suh-
batlar, savol-javoblar, fikr almashuvlar muhim rol o'ynaydi. Ko'zi
ojiz bolaning dunyoni tushunishi, ko'rishida kitoblarning ahamiyati
beqiyosdir. Kitoblar ko'zi ojiz bolani atrof-muhitdagi voqea-hodisa
lar, odamlar, fan-texnika taraqqiyoti, madaniyati, san’at yangi-
liklari, ijtimoiy, siyosiy bilimlarini kengaytiradi, ma’naviy dunyosini
boyitadi. Tafakkur qilish uchun turli boy manbalarning mavjudligi,
o'quv-tarbiyaviy ishlarning muntazam ravishda reja asosida olib
borilishi ko'zi ojiz bola aqliy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bola hayoti davomida orttirilgan ko'zi ojizlik oqibatida bola
og'ir ruhiy kechinmalarni boshidan kechiradi. O'z vaqtida berilgan
yordam, korreksion ishlarni erta boshlash ko'zi ojiz bolaning ke-
yingi hayotida samarali iz qoldiradi. Ma’lumki, inson organizmida
bir analizatorning faoliyati to'xtaganida, ikkinchi bir analizator
kompensatorlik vazifasini bajaradi. Bolalikdan tug'ma ko'zi ojiz bo
lalar shunday hayot tarziga ko'nikib qoladilarki, agar biror kishi
uning bu nuqsonini ta ’kidlagan taqdirdagina buni esga oladilar
hamda ko'zi ojizligini biladilar. Aks holda bola o'zining nuqsoniga
e’tibor bermaydi, uni eslamaydi ham.
Chunki, ko'zi to iiq ojiz bola ko'rmaslikni o'zi uchun oddiy hoi
deb tushunadi. O'z oldiga qo'yilgan vazifani amalga oshirish uchun
duch kelgan qiyinchiliklarni yengib o'tishga harakat qiladi. Mehnat
ko'nikma-malakalarini yaxshi egallab olishi ko'zi to iiq ojiz bola
hayotini ancha yengillashtiradi.
215
Ko‘zi to‘liq ojiz bolalarni atrof-muhitda harakatlanish qoi-
dalariga o‘rgatib borilmasa, ular bir joyda uzoq o‘tirib qolishga
o'rganadilar. Natijada jismoniy jihatdan kuchsiz, tez charchab qo-
ladigan, o‘z harakat imkoniyatlarini cheklaydigan bo‘lib qoladilar.
Maxsus maktablarda ko‘zi to‘liq ojiz bolalar uchun atrof-muhitda
harakatlanishga o‘rganib borish mashg'ulotlari olib boriladi. Bu o‘z
navbatida ko‘zi tolliq ojiz bola hayotini ancha yengillashtiradi, o‘z-
o‘ziga xizmat qilish imkoniyatini kengaytiradi va bolani hayotga
moslashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |