Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

Tayanch so‘zlar va tushunchalar
1. 
O ‘z-o‘ziga baho berish — shaxsning o‘z-o‘ziga baho berishi 
tushuniladi.
252


2. Shaxsning yo‘nalganligi — shaxsning faoliyatini yo‘naltirib 
turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog‘liq bo'lmagan 
barqaror motivlar majmuyi tushuniladi.
3. Shaxsning 
qiziqishlari 
~
qiziqish
biron-bir sohada to'g'ri 
mo‘ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqelikni ancha 
to‘la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivlardir.
14.2. Ko‘ruv nuqsonida faoliyat va kompensatsiya
Ko'rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni A.N. Leontev ilgari surgan 
va D.B.Elkonin tomonidan rivojlantirilgan yetakchi faoliyat naza- 
riyasi asosida tahlil qilinganda uning faoliyat obyektlari kabi uning 
subyektlarining 
obrazlari
'qiyin shakllanishi bilan bog‘liq o‘ziga xos- 
ligi aniqlanganki, bu yetakchi faoliyat ichida yangi tuzilmalarning 
yuzaga kelishida kechikish va ularning yoshga oid rivojlanish davr- 
lari cho'zilishi, uzayishida o'z ifodasini topgan.
Shunday, 
tashqi olam
obyektlaridan atrofdagi kishilarni va 
o‘zini kech ajratish yetakchi faoliyatning ilk shakli — muloqot- 
ning tiklanishiga ta ’sir o‘tkazgan, predmetli va o‘yin faoliyatida 
aks etgan.
Faoliyatning psixologik xususiyatlarini tavsiflar ekan A.A. Krilov 
«Faoliyatning tashqi vositalari moslashuvi» nomli ishida (Крилов 
A.A. Адаптация внешних средств деятельности / / Психология.
- М.: Проспект, 1998. -с. 467) faoliyatning muvaffaqiyatliligi va 
natijaliligiga ko£makIashadigan uclita tashqi vositasi haqida so‘z yu- 
ritadi: insonning ko'rish, eshitish yoki boshqa sensor kanal orqali 
axborot olishini ta ’minlaydigan vositalar; o‘zining harakat qobiliyat- 
lari yoki ovozi vositasida axborot kiritishni ta ’minlaydigan vosita­
lar; nihoyat, faoliyatning u yoki bu turini tanlashni ta ’minlaydigan 
vositalar.
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarda axborot olish nafaqat tashqi, 
balki to‘liq axborotni ta ’minlamaydigan ichki biologik sabablar, 
shuningdek, rivojlanish va harakat sohasini egallashning qiyinligi 
bilan bog‘liq. Bu ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda faoliyatning 
turli shakllari kechishining o'ziga xosligi va ularning umumiy psixik 
rivojlanishga ta’siri haqida fikr yuritishga imkon beradi. Biroq, bi- 
rinchi navbatda, faoliyatning turli shakllarining ularning rivojla-
253


nishidagi qiyinchiliklarni yengib o'tishdagi katta rivojlantiruvchi va 
kompensatsiyalovchi rolini ta’kidlash kerak.
Faoliyatning 
ko'rish 
nuqsonlarini 
kompensatsiyalashda- 
gi roli hozirda deyarli har bir tiflopsixologik tadqiqotda e’tirof 
etiladi. L.S. Vigotskiy buni madaniy-tarixiy rivojlanish nazari- 
yasida ko‘rsatib berdi. Tiflopsixologiyada M.I.Zemsova va uning 
«Пути компенсации слепоты» (Ko‘zi ojizlikni kompensatsi- 
yalash yoilari) kitobi katta o‘rin tutadi, uning asosini turli faoliyat 
shakllarini tashkil etish jarayonida ko‘zi ojizlarni rivojlantirish, 
kompensatsiyalash va reabilitatsiyalash masalalari tashkil etadi. 
Ko‘zi ojiz bolalarning ilk va maktabgacha yosh davrini genetik 
tadqiq qilish (L.I. Solnseva) ko‘zi ojiz maktabgacha yoshdagi bo­
lalarning kompensator jarayonlari shakllanishi hamda ularning 
umumiy psixologik rivojlanishida predmetli-amaliy, o‘yin va o‘quv 
faoliyatining rolini yoritib berdi.
Faoliyatda yangi psixik tuzilm alar hosil bo‘ladi va u bolaning 
eng yaqin rivojlanish zonasini yaratadi. Ko‘rishda chuqur (og‘ir) 
nuqsoni boigan bolalar uchun faoliyatning turli shakllari sekin 
shakllanishi xos. Ularning hammasi faoliyat elementlari, ayniqsa 
uning ijrochilik qismiga maxsus yo‘naltirilgan o‘qitishga muhtoj, 
zero ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarning harakat sohasi nuqsonga 
tobora yaqin va uning harakat sohasiga ta’siri eng kuchli boladi. 
Shu sababli yetakchi faoliyatning faol va rivojlantiruvchi roli ko‘p 
vaqtga cho‘ziladi. Masalan, maktabgacha yoshda ko‘zi ojizlarda 
yetakchi faoliyatning o‘zaro almashinadigan shakllari predmetli va 
o‘yin sanaladi (L.I. Solnseva), kichik maktab yoshida esa — o‘yin 
va o'qish (D.M.Mallayev). Uch yoshgacha davrda ko‘rishda nuqso­
ni boigan bolalarning psixik rivojlanishda sezilarli orqada qolishi 
kuzatiladi, bunga sabab atrof-olam haqidagi noaniq tasavvurlarda, 
predmetli faoliyatning turlicha rivojlanmaganligi, sekin rivojlana- 
digan amaliy muloqot, makonda oriyentirlanish (m oijal olish) va 
mobillikdagi nuqsonlarda namoyon bo‘ladigan ikkilamchi buzi­
lishlar sanaladi.
Shuningdek, A.M.Vitkovskaya predmetli harakatlar shakl- 
lanishining sur’ati sekinlashgani, ularni mustaqil faoliyatga 
ko'chirishning qiyinligini ta’kidlaydi. Maktabgacha yosh davrida
254


predmetli faoliyatning tiklanishiga uning motivatsiyasi va predmet- 
larning funksional vazifalarini tushunishni ta’minlaydigan nutq faol 
kirishadi.
Tobora qiyin komponent ko'zi ojizlarning manual qobiliyatlari- 
ga asoslangan ijrochilik funksiyasi bo'lib qolaveradi, bu predmetli 
harakatlarning takomillashmagani natijasidir. Predmetning funk­
sional vazifasini tushunish va predmet bilan muayyan harakatni 
amalga oshirish imkoniyati o'rtasida katta tafovut kuzatiladi.
Bu yoshda predmetli harakatni egallash ko'p jihatdan ko'zi ojiz 
bola va katta yoshli kishining hamkorlikdagi harakatiga asosla- 
nadi, bunda katta yoshli kishining hamkorlik elementi yetakchi 
sanaladi. Biroq ko'plab ko'zi ojiz bolalarning mustaqil xulqida 
N.A. Bernshteyn (1947) juda prim itiv va bir xildagi harakatlar bilan 
makon maydoni bosqichi sifatida tavsiflagan harakatlar kuzatiladi. 
K o'rib taqlid qilishning yo'qligi passiv harakatlarni o'zlashtirish 
va takrorlash, ya’ni passiv harakatni propriotseptiv sezgirlik va 
harakatni bajarishni nazorat yordamida tahlil qilishni o'z ichiga 
olgan nisbatan murakkab akt sanaladigan harakatga taqlid hiso- 
biga kompensatsiyalanadi. U anchagina rivojlangan o'z harakatlari 
va o'rgatuvchi harakatlarini tahlil va nazorat qilish malakasiga 
tayanadi.
Kichik yoshdagi ko'zi ojiz bolalarning jismoniy va psixik 
rivojlanishi o'zaro bog'liqligini kuzatar ekan, E.M yuller (1954) 
ko'rsatadiki, ko'zi ojizlarning jis

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin