tushunchalar, nutqning shakllanish jarayonida, fikrlash faoliyatida
obrazlilik va tushunchaviylik nisbatida, makonda oriyentirlanish va
sh.k. larda o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga keladi. Jismoniy rivoj'
lanishda — harakatlar aniqligi, intensivligida jiddiy o‘zgarishlar
bo‘ladi, yurish va boshqa harakat aktlari o'ziga xos ko'rinish kasb
etadi. Demak, bolada o'zining, juda o'ziga xos, birlamchi nuqson
tufayli rivojlanishning turli darajalarida bo'lgan jarayonlarni, shu
ningdek, rivojlanishning yangi kompensator yo'llari asosida uni
korreksiyalashni o'z ichiga olgani bois normal rivojlanayotgan bo
laning biror tizimiga struktura jihatidan o'xshamaydigan o'ziga xos
psixologik tizimi shakllanadi. Bundan ko'rinadiki, ko'rishda nuqso
ni bo'lgan bolalarda funksiyalararo aloqalar ham boshqacha, o'ziga
xos amalga oshadi. Shu sababli psixologik tizimning shakllanishi va
rivojlanishi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan
korreksion ishlar va kompensator jarayonlar tizimini shakllantirish
bilan bevosita bog'liq.
I.M.Sechenovning ta ’kidlashicha: inson ko'zi 8 xil toifadagi ma-
teriyaning mavjud shakllarini ajrata olar ekan. Bularga: rang, shakl,
kattalik, uzoqlik, yo'nalish, tana, tinchlik va harakat kiradi.
S.L.Rubinshteynning ta ’kidlashicha, «Ko'rish predmetlarni to'la
idrok etishga imkon beradi»1. Ta’kidlab o'tish joizki, insonning
atrof-muhitni bilishida asosiy analizator ham ko'zdir.
Ko‘rish o‘tkirligi
Ko'rlar yoki total ko'rlarga hech qanday yorug'likni sezmaydigan-
lar 0,04 gacha kiradi (salgina yorug'likni sezuvchilar). Shuningdek,
qisman ko'rlar yoki porsial ko'rlar (yorug'lik va qorong'ulikni farq-
lovchilar). Shaklni farqlovchilarning ko'rish o'tkirligi 0,005 dan
0,04 gacha farqlanadi. Ko'rish maydonining torayishi ham ko'rlik
yoki zaif ko'rishga olib kelishi mumkin.
Tiflopsixologiya fani ko'rish nuqsonli bolalarni faqat o'rganish
bilan emas, balki bilish sohasida, ruhiy-hissiy iroda, psixosen-
sor sohasidagi har xil kamchiliklarni korreksiyalash, to'g'rilash
yo'nalishlarini ham belgilab berishi va amalga oshirishi zarur.
Dostları ilə paylaş: