Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

t a y a n c li
-harakat tizimi buzilishlari 
bilan, autizm bilan birlashadi. 
T a d q iq o tla r
ko'rsatishicha, murakkab 
nuqsonlar irsiy kelib chiqishga ega.
Bolada murakkab nuqsonning borligi uning rivojlanishi 
yo‘nalishini tormozlaydi, nuqsonlarni Icorreksiyalash imkoniyatini 
kamaytiradi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni sezilarli qi- 
yinlashtiradi. Bunday bolalar bilan muvaffaqqiyatli ish olib borish 
e’tibor va keng bilim doirasiga ega bo 'lish n i talab qiladi.
Murakkab nuqsonli bolalar alohida jnuam m oni yuzaga keltira- 
dilar. Ular maxsus o‘rganilishi kerak. L ek in bu turdagi tadqiqotlar 
hali juda kam.
Aqli zaif o'quvchilar alohida toifa bolalarni tashkil etadi. Ular 
boshqa turdagi maxsus maktab o‘quvchilaridan farq qiladilar. Biroq 
har bir VIII turdagi maktab o'quvchilari tarkibi turlicha. Shuning 
uchun Rossiyada yetakchi bolalar psixologlari 
tomonidan 
aqli zaif 
bolalar tasnifi ishlab chiqilmoqda. 
Odatda, 
ular klinik patogene- 
tik prinsipga asoslanadilar (D.N. Isayev, 1982; M.S.Pevzner, 1959; 
G.Y.Suxaryova 1965 va boshqalar).
V III turdagi maxsus 
m a k ta b la r d a
ishlovchi defektologlar 
M.S.Pevzner taklif etgan tasnifdan foydalanadilar. Bu tasnif oli­
gofren bolalar xulqi va psixik faoliyatlarini keltirib chiqaruvchi sa- 
bablarni tushunish imkonini beradi va korreksion-tarbiyaviy ishlar 
yo'llarini izlashni yengillashtiradi.
M.S.Pevzner oligofreniyaning 5 ta asosiy turini ajratadi:
1. Oligofreniyaning murakkab bo'lm agan turi.
2. Neyrodinamikasi buzilgan oligofrenlar.
3. Ma’lum analizatorlari buzilgan oligofrenlar.
4. Shaxsi qo'pol buzilgan olifgorenlar.
5. Telbanamo xulqli oligofrenlar.
Bu beshta turdan birinchi ikkitasi ju d a keng tarqalgan.
1. 
Oligofreniyaning murakkab bo'lmagan turi nerv jarayonlari­
ning vazminligi bilan tavsiflanadi. Bu shaklda hissiy irodaviy sfera 
nisbatan saqlangan. Bilim faoliyatidagi buzilishlar ayrim analiza- 
torning qo'pol buzilishi bilan kechmaydi. Bola berilgan topshiriq 
unga oson bo'lsagina maqsadga muvofic] faoliyat ko'rsatadi. Odatda­
gi vaziyatda uning xulqi dekvat, u mo'rnin, atrofdagilarga xayrixoh.
16


Ko‘pincha ota-onalar uning harakat, nutq, xotira, fikrlash jihatidan 
ortda qolishini sezmaydilar va un i normal deb biladilar. Bunday 
bolalar odatda umumta’lim maktablariga tayyorlanmagan bo'ladilar. 
Ular muntazam o‘zlashtirmovchi o ‘quvchi bo‘lib qoladilar. Bunday 
bolani VIII turdagi maxsus maktabga yoki maxsus sinfga o‘tkazish 
o‘zining o‘qishga layoqatsizligini susaytirmaslik imkoniyatini beradi. 
U dasturni yaxshi o‘zlashtirib, ustaxonada mamnuniyat bilan ishlay- 
di. Uning rivojlanish va moslanish istiqboli ko‘ngildagidek bo‘ladi.
2. Qo‘zg‘alish va tormozlanish, hissiy irodaviy sohaningbeqarorligi 
boladagi og‘ishlar uning xulqi va faoliyati o'zgarishida aniq namoyon 
bo'ladi. Qo‘zg‘aIuvchi oligofrenlar ko'pincha notinch, ta’sirchan, 
to'xtovsiz, harakatlari behalovat, haddan tashqari chalg'iydi, quloq- 
siz, urushqoq. Ular kattalarning ogohlantirishiga befarq qaraydi.
Sinflardaqo‘zg‘aluvchanbolalarnotekis,shoshibishlaydilar.Ko‘rinib 
turgan mamnuniyat bilan ustaxonaga boradilar, lekin o‘ylamay pala- 
Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin