Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013



Yüklə 6,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/104
tarix03.12.2023
ölçüsü6,98 Mb.
#172375
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

m onan
chaqqonligi cheklangan- 
ligi ularning psixik rivojlanish va aqliy qobiliyatlari darajasiga ta’sir 
etadi. Shu bilan bog'liq holda ko'zi ojizga manipulyativ qobiliyat- 
larni rivojlantirishda yordam hamma vaqt ham ko'nikmalarga oddiy 
o'rgatishdan ko'ra ko'prog'ini anglatadi. Shu tufayli kichik yoshdagi 
ko'zi ojizlarni va ko'zi ojiz-karlarni predmetli harakatlarga o'rgatish 
amaliyotida qo'llanadigan hamkorlikdagi va bo'lingan harakat me- 
todi turli operatsiyalarni va harakatlarni ajratish, yagona harakatni 
uni tashkil etadigan harakatlarga bo'lish va ularning ketma-ketligini 
o'zlashtirish jarayoni sanaladi.
Predmetli harakatlarga o'zini o'zi o'rgatish ilk va maktabgacha 
yoshda, odatda, o'yinchoqlardan foydalanish bilan bog'liq. Ular 
bilan o'ynash o'yinchoqlarning vazifalari bilan tanishishni talab
255


etadi va o‘yinchoqning o‘zida harakat faolligi namunasi mujassam- 
dir. Predmetli harakatlarni o‘zlashtirishning qiyinligi shunga olib 
keladiki, hatto ko'pchilik katta yoshdagi bolalarning spontan xulqi 
predmetli-amaliy faoliyat darajasida qoladi.
A.N.Leontevning (1983) faoliyat psixologik nazariyasida pred- 
metlilik tamoyili predmet subyekt harakati qaratilgan obyekt sa- 
nalgan yadro sifatida ajratiladi. Ko‘zi ojizlarning predmetli harakat­
larni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklari faoliyatning barcha turlari, 
jumladan o‘у inning ham tiklanishiga ta’sir o‘tkazadi.
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi 
bolalar uchun xuddi ko‘radiganlari kabi tobora mustaqil faoliyat o‘yin 
sanaladi (Sh.A.Amonashvili, D.M.Mallayev). Rivojlanishi anomali- 
yali bolalar hayotining senzitiv davrlarini qamrab olib, o'yin ularning 
reabilitatsiya imkoniyatlarini oshiradi, ko‘rlik bilan bogiiq nuqson- 
larni korreksiyalar va kompensatsiyalashga ko‘maklashadi. Bolaga 
rivojlamshining eng yaqin zonasi o‘yin tiflopsixologiyada atrof-olam- 
ni bilish usullarini har tomonlama rivojlantirish, shaxsda ijobiy sifat- 
larni tarbiyalash vositasi sifatida qaraladi. Ammo ko‘rish analizato- 
rining chuqur nuqsoni yoki funksiyasi cheklanishi o‘yin faoliyatining 
barcha strukturaviy komponentlarini egallashda qiyinchiliklar keltirib 
chiqaradi: bolalarda o'yin sujeti, mazmunining qashshoqligi, o‘yin va 
amaliy harakatlar sxematizmi kuzatiladi.
Ko‘rish nuqsonlari ishchan erkin muloqotni jiddiy tarzda mu- 
rakkablashtiradi va qiyinlashtiradi. Ular uchun atrofdagilar bilan 
muloqotdan qochish, o‘zining ichki olamiga oriyentirlanish, «izo- 
latsiya» pozitsiyasini yaratish xos.
Ko‘rishda nuqsoni boigan bolalarning o‘yin faoliyati tiflopsixo- 
logik tadqiqotlarda turli jihatlardan o‘rganiladi: uning kompensa- 
tor jarayonlarini rivojlantirishda (L.I. Solnseva), m a’naviy sifatlarni 
shakllantirish va o‘smirlarning sinfdan tashqari ishlarda ijtimoiy 
faoliyatini rag'batlantirishda (E.M .Sternina, I.P.Chigrinova), pred­
metli va o‘yin harakatlarini shakllantirishda (S.M.Xorosh), ko‘rish 
idrokini rivojlantirishda (L.I. Plaksina), jismoniy rivojlanish va ma- 
konda oriyentirlanishda (V.A.Kruchinin, R.N. Azaryan, V.P. Niki­
tin), muloqot vositalarini korreksiyalash va rivojlantirishdagi ijobiy 
rivojlantiruvchi roli ko‘rsatib berilgan.
256


O'yinda bolalar ijtimoiy xulqining turli tiplari namoyon bo'ladi. 
D.M.Mallayev o'yin faoliyatini amalga oshirishda ko‘rishda nuq­
soni bo‘lgani uchun xarakterli bo'lgan ijtimoiy munosabatlarning 
to'rt darajasini ko'rsatib beradi.
O'yinda ijtimoiy xulq darajalari bolalarning o‘yin faoliyatini 
egallaganlik xarakteri, o‘yin harakatlarini egallaganlik darajasi va 
sujet bo'yicha o'yin g'oyasining mavjudligi bilan nisbatlanadi. Bo­
lalar o‘yin rivojlanishida bir necha bosqichni o'tadi: o'yin sujeti 
mavjud bo'lmagani o'yinchoqlar bilan nospetsifik harakatlar; o'yin 
sujetisiz o'yinchoqlar bilan elementar harakatlarning yuzaga kelishi; 
o'yin harakatlarining paydo bo'lishi va o'yin g'oyasining beqaror- 
ligi; o'yin harakatlarini o'yin g'oyasi bilan nisbatlash va g'oyaga 
muvofiq harakatlanish ko'nikmalarining shakllanishi.
O'yin jarayonida nizoli vaziyatlarning paydo bo'lishi ko'rish 
nuqsonlari bo'lganda ko'p jihatdan hamkorlikdagi o'yinni tashkil 
etish, o'rtoqlari harakatlarini nazorat qilish, o'ziga olingan rolni 
bajarishda funksional munosabatlarni tushunishning qiyinligi, o'yin 
vaziyatini tushunishga ko'maklashadigan maxsus aksessuarlarning 
mavjud emasligi bilan bog'liq.
Faoliyat har doim shaxsning o'ziga o'zi yashayotgan muhitga va 
birovga faol ravishda ta’sir etish, subyekt va obyektni o'zgartirishga 
yo'naltirilgan harakati tushuniladi. Faoliyat ko'pincha ehtiyoj bi­
lan bog'liq bo'lib, shaxs o'zining qandaydir ehtiyojlarini qondirish 
uchun harakatga, izlanishga yoki faoliyat ko'rsatishga majbur bo'ladi. 
Motivlarsiz faoliyat bo'lmaydi. Tashqaridan motivsiz ko'ringan faoli­
yat ham ong osti sohasida yillar davomida shakllangan motivlarning 
ta’siri natijasida yuz beradi. Masalan, ko'zi ojiz o'quvchi maktabni 
bitirgandan so'ng ota-onasi va boshqalarning noroziligiga qaramas- 
dan tibbiyot bilim yurtiga kirishga urinadi. Nogiron o'spirin bu 
istagi motivini asoslab bera olmaydi. Chuqurroq tekshirishlarda esa, 
oila a’zolarining tez-tez kasal bo'lishi, o'zining nogironligidan, no- 
chor ahvoli uni shu xatti-harakatga yo'naltirganligi aniqlandi.
Shaxs faqat faoliyat jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Insoni- 
yat hayotini faoliyatsiz tasavvur etib bo'lmaydi, u ongli, maqsadga 
yo'naltirilganligi bilan hayvondan farq qiladi. Psixologik adabiyot- 
larda ko'pincha uchta yetakchi faoliyat turi farqlanadi.
257


Bu maktabgacha yoshda o‘yin faoliyati, maktab yoshida o‘quv 
faoliyati va maktabdan keyingi hayotdagi mehnat faoliyatidir. 
Ammo, m aiu m bir yosh bosqichlarida biron-bir faoliyat turining 
shaxs shakllanishida yetakchi ekanligi tajribalarda tasdiqlanmagan. 
Shaxsning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib o ‘sishi uchun har bir 
yosh bosqichida biron-bir faoliyat turi yetakchi bo‘lishi mumkin 
emas. «Yetakchi faoliyat» tushunchasi pedagogika va psixologiya 
fanida m aiu m bir yosh bosqichlaridagi faoliyat turini yaxshiroq 
tasavvur etish uchun qabul qilingan. Maktabgacha yoshdagi ko‘r 
va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarning xatti-harakatini kuzatish shuni 
ko‘rsatadiki, bu yoshdagi bolalar o‘yin bilan birgalikda atrof-olam 
haqidagi, ijtimoiy hayot haqidagi, bilim va tajribalarni faol ravishda 
o‘rganadilar. Nogiron bolalarni ayniqsa shu yoshda mehnatga 
o‘rgatmasa keyingi yosh bosqichlarida bu faoliyat turining mala- 
ka va ko‘nikmalarini, eng muhimi mehnatsevarlik his-tuyg‘usini 
shakllantirish qiyin kechadi. Ko'rish nuqsonining kompensatsi- 
yasida faoliyatning o‘rni katta boiib, ayniqsa, maktabgacha yoshda 
rejali, ongli va maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya va ta iim jarayoni 
katta samara beradi. Jismoniy va ruhiy nuqsonlarni kompensatsi- 
yalashda faoliyatning ahamiyati haqida ko‘pchilik tadqiqotchilar, 
ayniqsa L.S. Vigotskiy tomonidan nazariy va amaliy fikrlar bildi- 
rilgan. Bu ilmiy-tadqiqotlar orasida M.I.Zemsovaning «Ko‘rlikni 
kompensatsiyalash yoilari» monografiyasi alohida o‘rin tutadi. 
Tadqiqotda erta va kech ko‘rlik oqibatida yuzaga kelishi mumkin 
boigan ruhiy kamchiliklarning oldini olishda ruhiy rivojlanishni 
ta’minlovchi har xil faoliyat turlarining o‘rnini hech narsa bosa 
olmasligi tajribalar bilan isbotlangan. Ko‘rish a’zolaridagi nuqson 
bolaning psixomotor sohasiga: o‘z vaqtida turib yurishini, harakat- 
lanishini kechiktiradi. Bola qancha kech yura boshlasa, o ‘rnidan 
tursa, atrofidagi narsa va hodisalar haqida shuncha kam m aium otga 
ega boiadi.
Natijada ko‘r va zaif ko‘ruvchi bola narsa va obyektlarning joy­
lashuvi, tomonlari, tashqi ko'rinishi, umumiy mohiyati haqida 
kam m aium otga ega boiadi. Lekin, ko‘r va zaif ko'ruvchi bolalar 
maktabgacha yoshda faqat narsalar haqida emas, balki shu yoshda 
«yetakchi» faoliyat turi — o‘yin faoliyatiga ham yetarli kirisha ol-
258


maydi. Ayniqsa, harakatli va sherikli o'yinlarga teng huquqli a’zo 
sifatida qatnashishga qiynaladilar.
Chunki, tengdoshlari bilan o'ynash uchun bola o‘yinning 
mazmunini, qoidasini, o'zining o‘yindagi vazifasi va rolini yaxshi 
bila olishi zarur bo'ladi. 4—7 yoshdagi bolalarda ko‘pgina o‘yinlar 
harakatlanish (yugurish, yashirinish va hokazolar) bilan bog'liq 
bo'ladi. Ko'rish nuqsonida bolaning harakatlanish doirasi torligi 
uchun u tengdoshlari bilan o‘ynay olmaydi. Shuningdek, ko'rlik 
rejalashtirish, bajarish jarayonini nazorat qilish kabi faoliyat bos- 
qichlarining kechishiga salbiy ta ’sir etadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalari ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarni o'yin, o'quv va mehnat 
faoliyatiga kiritish, elementar va ko'mkmalarni shakllantirishdagi 
roli juda katta.
Ayniqsa, tug'ma va erta ko'r bo'lganlarni maktabgacha yoshda 
har xil faoliyatga kiritish ularning kompensator moslashuviga ijobiy 
ta’sir etadi. Kech ko'r bo'lganlar bilan o'tkaziladigan reabilitatsiya 
ishlari asosan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Kech ko'r bo'lgan 
shaxs o'zi uchun yangi sharoitga moslashishi uchun xatti-harakatini 
o'zgartirishi, u ko'proq faoliyatda faol va mustaqil bo'lishi talab 
qilinadi.
Reabilitatsiya — ko'r shaxsni o'z imkoniyatlari doirasida nor­
mal hayotga va mehnatga qaytarishdir. Ko'rlarda fazoviy tasavvur- 
larni va yo'nalishlarni topish malakasi qanchalik erta boshlansa va 
u mustaqil izlanish bilan bog'liq bo'lsa samarali kechadi. Doimo 
yonida hamroh bilan yurgan ko'rlarda fazoviy yo'nalishlarni to ­
pish va mustaqil yo'l topib yurish malakasi paydo bo'lm as ekan.
M.I.Zemsova erta ko'r bo'lganlarni iloji boricha ertaroq har xil 
faoliyatga kiritish ularni hayot to'siqlarini yengishga, tushkunlik 
kayfiyatidan saqlashga, parokandalik va markaziy asab tizim ini de- 
generativ o'zgarishlardan saqlashi mumkinligini tajribalar yordami­
da tasdiqladi.
Ko'rlar faol faoliyatga kirgandan so'ng, ularda kayfiyatning kes- 
kin yaxshilanishi, ko'tarinkilik kuzatiladi.
O 'yin, keyinroq, o'quv va mehnat faoliyati bolalarning ruhiy va 
asab tizimiga ijobiy ta ’sir etib, analizatorlar ishini ham jonlantiradi. 
Markaziy asab tizimida qo'zg'alish va tormozlanish izga tushadi,
259


boshqarish va nazorat etish vazifasi mustahkamlanadi. Bu esa o‘z 
navbatida ta’lim va tarbiya jarayonida kamchiliklarni kompensatsi- 
yalash va korreksiyalashni yengillashtiradi. Maktabda o‘quv faoli­
yati bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgani uchun ham o‘zaro bilish va 
tajribalar almashinish yuz beradi. Shuning uchuu ham birinchi 
sinfda o‘quv yilining boshlarida ba’zi o‘quvchilarda kuzatiladigan 
muloqotdan qochish, kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishi, affek- 
tiv holatlar asta-sekin yo‘qolib, o‘quvchilarda o‘z imkoniyatlarini 
boshqalar bilan taqqoslash, boshqalarga yetib olish, muloqotga in- 
tilish paydo bo‘ladi.
Ko‘r va zaif ko'ruvchi o'quvchilarda — boshlang‘ich sinflarda- 
gi mutelik, qiziqishlar va intilishlarning pastligi, faqat buyurilgan 
topshiriqni bajarish bilan chegaralanish, o‘rta va yuqori sinflarda 
faoliyatda mustaqillik, faollik, hatto o‘zi qiziqqan muammoga 
ijodiy yondashish bilan almashadi. Chunki, nuqsonli bolaning yoshi 
o'sishi bilan faoliyat motivlari (ijtimoiy, axloqiy, bilim va boshqalar) 
ham o‘sib boradi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarda boshlang‘ich 
sinflardan yuqori sinflarga qarab faollikning o‘sib borishiga sabab: 
yuqorida aytganimizdek, «Men boshqalardan kammanmi?» deb 
o'quvchining o‘zini faqat nogiron tengdoshlari bilan emas, balki 
sog‘lom tengdoshlari bilan o‘zini doimo taqqoslashi natijasida har 
tomonlama, o‘sish, rivojlanish yuz beradi. Ya’ni o‘z-o‘ziga ta’sir, o‘z 
faoliyatini boshqarish va o‘zini o‘zi nazorat qilish paydo boiadi.
Albatta, faoliyatning shakllanishida tarbiyachi va o‘qituvchilar- 
ning yo‘naltiruvchi, tashkillashtiruvchi va korreksion ishlari katta 
ahamiyatga ega.
A.T. Litvak fikricha, agar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar bilan ki­
chik yoshligidan bir tizim asosida ish olib borilmasa, ko‘pincha 
bolalarda kompensator moslashish to‘satdan va stixiyali boshla- 
nadi. V.M. Kogan ning ko‘rsatishicha, stixiyali mustahkamlangan 
kompensator moslashish nuqsonli bolalarda umumlashtirish va 
tajriba o‘sishini rivojlantirmas ekan. Shuningdek, to'satdan, reja- 
siz boshlangan va tartibsiz kechgan kompensator moslashish soxta 
kompensator moslashishni keltirib chiqaradi. Ko‘rlarning boshi- 
ni orqaga tashlab yurishi (peshanalarini to‘siqqa urib olishdan 
qo‘rqishadi), ko‘zi ojizlarning egilib-boshlarini doimo egiltirib yu-
260


rishlari (ular oyoq ostlarini yaxshilab ko'rish uchun shunday qili- 
shadi) soxta kompensator moslashuvga misol bo‘la oladi. Ba’zi bir 
ko‘rlarning gavda a’zolarini har xil tutishi, beo‘xshov qiliqlari ham 
shu sabablardan kelib chiqadi. Natijada gavdani to'g'ri ushlab, to'g'ri 
yurish, nozik harakatlar shakllanmasdan qoladi. Sog‘lom kishi o'z 
faoliyati va qo‘l harakatini ikki tomonlama nazorat qiladi. Harakat- 
ning ko‘z va muskul-harakat, taktil sezgilari bilan nazorat qilini- 
shi uchun ham ko'pgina harakatlar avtomatlashgan tarzda kechadi. 
Biz paxta terish, stanokda ishlash uchun har doim ham qo‘l va 
barmoqlar harakatini ko‘z bilan nazorat qilmaymiz, bu harakatlar 
dinamik stereotip tarzda, avtomatik shaklda bajariladi. Ko‘rlik nuq­
soni faoliyatni qisman chegaralaydi va unga oLziga xos o‘zgarishlar 
kiritadi. Ya’ni butunlay ko'rlarda qo‘l ham mehnat vositasi, ham 
nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Ko‘rlar faoliyatida ko'z nazorati bo‘lmaganligi uchun ularning 
m ehnat faoliyat doirasi ham torayib, ular tez harakatlanadigan, ay- 
lanadigan mexanizmlar bilan ishlashlari hayotlari uchun xavflidir. 
Ko'r va zaif ko'ruvchilarga mehnat turlari kasb tanlashda ularning 
bu xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo qiladi.
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘r va zaif ko'ruvchilar faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari 
nim alardan iborat?
2. Ko'r va zaif ko'ruvchi lam ing o'ziga xos faoliyat motivlari 
qanday?
3. Ko'rlarning ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi haqida so'zlang.

Yüklə 6,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin