baho berish, kutilgan baho, guruhning shaxs tomonidan baholani-
shi shaxsning tuzilishiga kiradi.
Jiddiy ahamiyatga molik barcha baholar shaxsning anglanilgan
hayoti jarayonida tarkib topishini unutmaslik kerak. 0 ‘zini o‘zi ba-
holash orqali shaxsiy sifatlar shakllanib boradi. «Shaxsning shakl
lanishi» ikki xil m a’noda qo‘llaniladi.
1. Shaxsning shakllanishi
uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish
jarayoni va uning natijasi ekanligidir.
2. Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatidagi
shakllantirishdir.
Nuqsonli bolalarda yuqoridagi holatlar qanday, qay tarzda ke
chadi? Shu narsa ma’lumki, ko‘r bolalardagi o‘zlarini
baholash
xususiyatlari birmuncha kechroq yuzaga kelar ekan.
Lekin yuqori sinflarga kelib, ko‘r bolalarda o‘zlariga tanqidiy
qarash holatlari yuzaga kela boshlar ekan. Aqlan nogiron bolalar
ustida qilingan tadqiqotlarning ko'rsatishicha1
bu toifa bolalarda
quyidagicha kechar ekan:
— yillar o‘tishi bilan normal bolalarda ham, ko'rish nuqsoniga
ega bolalarda ham o‘ziga o‘zi baho berishlari obyektiv holat kasb
etib borar ekan;
— ko‘rish nuqsoniga ega bolalarda o‘z-o‘zlariga
baho berishlari
barcha o‘rganilgan yosh davrlarda o‘zining adekvat emasligi bilan
normal bolalardan farq qiladi.
Muammoga oid kengroq, atroflicha ma’lumotlarni yuqoridagi
manbadan olish mumkin. Xo‘sh, bu masala ko‘rish
nuqsoniga ega
bo'lgan bolalarda qanday kechadi?
Shu narsa aniq boldiki, bu toifa bolalarda ham boshqa toifa no-
gironlar singari o‘ziga o‘zi baho berishlari adekvat mos emas ekan.
Ya’ni ko'pchiligi o‘z imkoniyatlariga ortiq, kam baho berar ekanlar.
Nuqsonli bolalarni o‘z vaqtida faoliyatga kiritish ularni jamiya-
timizning teng huquqli a’zolari sifatida o‘zlariga va Vatanga xizmat
qilishlarini ta’minlaydi. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar faoliyat yor
damida atrofdagi narsalar va voqelik bilan bevosita munosabatda
bo‘ladilar.
Mehnat jarayonida bilim, tajriba va malakalar shaklla-
Dostları ilə paylaş: