Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə102/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

14.2-rasm. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT): maqsadi, prinsiplari va tarkibiy tuzilmasi
1967-yilda tashkil etilgan YuNIDO 166 ta davlatni birlashtirgan bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Avstriyaning Vena shahrida joylashgan. Bu tashkilotning bosh vazifasi Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniyadagi qashshoq va rivojlanmagan kambag‘al mamlakatlar guruhini iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqish jarayonini rag‘batlantirish maqsadida BMT doirasida sanoat rivojlanishini muvofiqlashtirishdan iborat. YuNIDO ning oliy organi ikki yilda bir marta chaqiriladigan Bosh Anju­man sanaladi.
Xalqaro moliya tashkilotlari. Jahon moliyaviy resurslar bozorini barqarorlashtirish va xalqaro kapital harakatini rag‘batlantirish maqsadida ko‘p sonli xalqa­ro va hududiy moliya-kredit institutlari tashkil etilgan (14.3-rasm).


13.3-rasm. Xalqaro moliya tashkilotlarining vazifalari va shakllari
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ichida xalqaro moliya tashkilotlari alohida o‘ringa ega. Ushbu guruhga quyidagi tashkilotlar kiradi: XVF, Jahon banki guruhi, Xalqaro hisob kitoblar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Osiyo taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Arab valyuta fondi, Islom taraqqiyot banki, Amerikalararo taraqqiyot banki, Qora dengiz savdo va taraqqiyot banki, Yero-osiyo taraqqiyot banki, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi va boshqalar.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) – 1945-yilda tashkil etilgan va unga 187 ta mamlakat a’zo. XVFning maqsadi – a’zo mamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish, to‘lov balansini tartibga solish va valyuta kursining barqarorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qarz berish hisoblanadi. Buning uchun fond to‘lov balansida qiyinchiliklar sezayotgan o‘z a’zolarini moliyalashtiradi, ularning xo‘jalik yuritish usullarini yaxshilashga qaratilgan texnik yordam ko‘rsatadi.
Oxirgi o‘n yilda XVF ning moliyaviy vositachi va yirik kreditor sifatidagi roli oshdi. Qarzlar a’zo mamlakatlar badallaridan tashkil topgan umumiy resurslar hisobidan hamda SDR10 shartli birliklaridagi maxsus hisobdan berilishi mumkin.
Jahon banki guruhi. Jahon banki guruhiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonla­ma agentlik (MIGA) va Investitsion nizolarni tartibga solishning xalqaro markazi (ICSID) kiradi. XTTB va XTA Jahon bankini tashkil etadi.
XTTB – Jahon banki guruhining asosiy tashkiloti bo‘lib, o‘r­ta va kam daromadli to‘lov qobiliyatiga ega mamlakatlar hukumatlariga kre­dit beradi. XTTB 1944-yilda tashkil etilgan va hozirda a’zo mamlakatlar soni 187 tani tashkil etadi.
XTTB ning maqsadi – a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivojlanishiga kapital qo‘yilmalar berish, xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish orqali qo‘llab-quvvatlash, to‘lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berishdan iborat.
2013-moliya yilida XTTB ning zaxiralarga aylantirilgan yangi kredit resurslari 92 ta operatsiyalar bo‘yicha 15,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Ushbu mablag‘lar miqdori inqirozgacha bo‘lgan 2005-2008-yillar miqdoridan (13,5 mlrd. dollar) oshdi. XTTB kreditlari davlat boshqaruvi va sud-huquq sohasi (4,4 mlrd. dollar), trans­port (2,6 mlrd. dollar), sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy xizmatlar (1,8 mlrd. dol­lar), moliya sektori (1,6 mlrd. dollar) ga yo‘naltirildi11.
XTTB odatda, 5-yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddatda uzoq muddatli kreditlarni beradi. Bankning resurs bazasi ikki manbadan shakllanadi. Shu jumladan, asosiy qismi jahon moliya bozorlarida turli qarz majburiyatlarini joylashtirishdan shakllanadi. XTTB a’zo mamlakatlarga hukumat kafolati asosida qarz beradi. Qarzni odat­da 10-15 yil muddatga 5 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. XTTB ning foiz stavkasi har 6 oyda o‘zgaradi va o‘rtacha 7 % atrofida belgilanadi. XTTB ustaviga muvofiq aholi jon boshiga 5055 dollargacha YaIM to‘g‘ri keladigan mamlakatlargina bankdan qarz olish huquqiga ega.
13.3. Xalqaro mintaqaviy moliya tashkilotlari
Xorijiy investitsiyalarni xalqaro miqyosda tartibga solishda mintaqaviy moliya institutlari ham muhim rol o‘ynaydi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin