Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə101/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

13.1-rasm. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning guruhlanishi
Nazorat qilish vazifasi mamlakatlarning xalqaro huquq normalariga, rezolyutsiyalarga bo‘lgan munosabatini nazorat qilishdan iborat. Shu maqsadda tashkilotlar tegishli axborotlarni yig‘ib, uni tekshirib, muhokama qilishga va rezolyutsiyalarda o‘z fikr-mulohazalarini bildirishga haqlidirlar. Ko‘p holatlarda mamlakatlar ma’lum bir miqyosga doir bajarilayotgan vazifalari haqida doimiy ravishda ma’ruzalar topshirishlari shart.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni quyidagicha guruhlash mumkin:

  1. Jahon iqtisodiyotining iqtisodiy va sanoat tarmoqlarini tartibga soluvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (BMTning sanoatni rivojlantirish – YuNIDO, Jahon turistik tashkiloti, Butunjahon dengiz tashkiloti va boshqalar).

  2. Jahon savdosini tartibga soluvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (Jahon savdo tashkiloti, BMT ning savdo va taraqqiyot konferensiyasi – YuNKTAD, xomashyo va oziq-ovqat maqsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlarning xalqaro tashkiloti).

  3. Xalqaro moliya-kredit va valyuta tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki institutlari).

  4. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (TMK bo‘yicha BMT komissiyasi).

  5. Jahon xo‘jalik aloqalarini rivojlantirishga yordam beruvchi nodavlat xalqaro birlashma va tashkilotlar (savdo palatalari, tadbirkorlarning xalqaro ittifoqlari, tarmoq federatsiyalari).

Xalqaro tashkilotlarga faqat mustaqil davlatlar a’zo bo‘la olishadi. Mamlakatning bir qismi xalqaro tashkilot a’zosi bo‘la olmaydi. Tashkilotning barcha a’zolari teng huquqli ishtirokchi hisoblanishadi va uning faoliyati uchun javobgardirlar. Ular tash­kilot byudjetiga a’zolik to‘lovlari o‘tkazishadi va bu to‘lovlar miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, BMT harajatlarini moliyalashtirishda AQSh ga – 25 %, Yaponiyaga – 19,9 %, Germaniyaga – 9,8 %, Fransiyaga – 6,5 %, Italiyaga – 5,4 %, Buyuk Britaniyaga – 5,1 %, Ispaniyaga – 2,6 %, qolgan mamlakatlar hisobiga – 25,7 % to‘g‘ri keladi.
Xalqaro tashkilotlarda kuzatuvchi mavqeyi mavjud. U tashkilot organiga kirmagan mamlakatlar uchun beriladi. BMT ning Bosh Assambleyasining ko‘pgina sessiyalarida Shveytsariya kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. BMT ning ko‘pgina a’zolari Xavfsizlik Ittifoqi majlislariga o‘z kuzatuvchilarini yo‘llaydilar. Bir qator milliy-ozodlik harakatlariga ham BMT ning kuzatuvchilik mavqeyi berilgan.

13.2. BMT ning ixtisoslashgan iqtisodiy va moliya tashkilotlari


BMT ning shtab-kvartirasi AQSh ning Nyu-York shahrida joylashgan bo‘lib, uning tarkibida 190 dan ortiq a’zo mamlakatlar mavjud. BMT nizomining 1-moddasida tashkilot faoliyatining asosiy maqsadlari ichida, «iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik qilish» maqsadi yetakchi o‘rinda turadi.
BMT iqtisodiy sohada quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib boradi:

  • global muammolarni hal etish;

  • davlatlarning iqtisodiy hamkorligiga ko‘maklashish;

  • mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi inqirozlardan chiqishiga yordam berish;

  • mintaqaviy rivojlanishni rag‘batlantirish.

Bosh Assambleya har yili sessiyalar o‘tkazadi (sentyabr, dekabr) va jahon iqtisodiyotidagi asosiy masalalar umumiy majlislar hamda maxsus ikkinchi qo‘mita doirasida muhokama qilinadi. EKOSOS 1946-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 54 mamlakat uning a’zolari sanaladi va a’zolarning uchdan bir qismi (Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiyadan tashqari) uch yil muddatga qayta saylanadi. Yuqoridagi beshta davlat urush va tinchlik masalalari bilan shug‘allanuvchi Xavfsizlik kengashida bo‘lgani kabi doimiy ravishda EKOSOS tarkibiga kirgan. Kengash, odatda, bir yilda ikki marta (ijtimoiy-huquqiy va gumanitar, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha) sessiya o‘tkazadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar muammolari bo‘yicha qarorlar va tavsiyalar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati ham EKOSOS zimmasiga yuklatilgan. Hozirda EKOSOS oltita doimiy qo‘mita, yettita funksional va beshta hududiy komissiyalarni ta’sis etgan.
Bulardan tashqari 18 ta ixtisoslash­gan muassasa, Jahon oziq-ovqat dasturi va YuNKTAD/JST, Xalqaro savdo markazi ham EKOSOS patronaji ostida faoliyat olib boradi. BMT ning iqtisodiy organlari tizimida uchinchi bo‘g‘in sifatida Sekretariat faoliyat olib boradi. Sekretariat bir necha bo‘limlardan (iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Departament) tarkib topgan bo‘lib, ma’muriy-ijrochi tuzilma sifatida ish olib boradi.
Jahon xo‘jaligi muammolarini hal qilishda BMT ning savdo va taraqqiyot bo‘yicha Anjumani (YuNKTAD) va BMT ning sanoat taraqqiyoti bo‘yicha tashkiloti (YuNIDO) to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish lozim.
1964-yilning oxirida BMT ning Bosh Assambleyasi xalqaro savdo bo‘yicha hamkorlikka ko‘maklashish uchun YuNKTAD ni ta’sis etish haqida qaror qabul qildi. Anjumanning oliy organlari to‘rt yilda bir o‘tkaziladigan sessiya va yilda ikki marta to‘planadigan Kengash hisoblanadi. Kengash nazorati ostida doimiy qo‘mitalar, vaqtinchalik ishchi guruhlar va Sekretariat faoliyat ko‘rsatadi. YuNKTAD ga 186 ta davlat a’zo bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Jenevada joylashgan. YuNKTAD o‘tkazgan hukumatlararo maslahatlar natijasida bir qator muhim savdo bitimlari imzolandi, xomashyo tovarlari savdosi sohasidagi holatlarni o‘rganish uchun ekspert guruhlari tashkil etiladi. Anjuman Yevropa va Amerika bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning mahsulotlari uchun maxsus imtiyozlar berish rejimini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatmoqda.






Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin