Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


O‘zbekistonning integratsion tashkilotlardagi ishtiroki



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə97/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

12.4. O‘zbekistonning integratsion tashkilotlardagi ishtiroki
O‘zbekistonning jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va bu fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, mamlakatlar va xalqlarning yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
XXI asr boshlarida jahon xo‘jaligidagi har qanday mamlakat iqtisodiy integratsiyasiz barqaror sur’atlarda rivojlana olmaydi. Iqtisodiy integratsiya jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi siyosati milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlantirish va jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirishiga qaratilgan. Iqtisodiy integratsiya iqtisodiyotga bevosita quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi: tovarlar, kapitallar, xizmatlar erkin harakatlanadi; raqobat kuchayadi; ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi; ishlab chiqarish samaradorligi ortadi, sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqariladi; iste’molchilarning talabi ortib boradi; taklif qilinadigan tovarlar nomenklaturasi ko‘payadi; bozorlarning rivojlangan shakllari paydo bo‘ladi va umumiy bozorlar tashkil qilinadi; ishsizlik darajasi pasayadi; milliy iqtisodiyotlarning rivojlanish darajasidagi nisbatlar yo‘qolib boradi; yangi kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi; milliy iqtisodiyot rivojlanib boradi; eng muhimi aholining turmush darajasi o‘sadi va sifati yaxshilanadi.
O‘zbekiston jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashib borar ekan, uning xalqaro iqtisodiy aloqalari uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar bilan taraqqiy etib bormoqda. O‘zbekistoning MDH va Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti kabi integratsiva uyushmalarida ishtirok etishi mamlakatimizning dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborini yanada oshiradi.
O‘zbekiston sobiq Ittifoq respublikalari bilan aloqalarga katta, ustuvor ahamiyat berib, MDH tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Bunday hamkorlikka hamdo‘stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog‘liqligi, nafaqat bog‘liqligi, balki chuqur tarixiy, madaniy va kooperatsion aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo‘lmoqda.
Hamdo‘stlik birlashmasi maqsadlari quyidagilardan iborat: demokratik huquqiy davlatlar tuzish; ular o‘rtasidagi munosabatlar davlat mustaqilligini hamda suveren tenglikni o‘zaro tan olish va hurmat qilish; o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi; teng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik; har qanday tazyiqlardan voz kechish; nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; inson huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan kichik millatlar huquqlarini hurmat qilish majburiyatlarini va boshqa umuman tan olingan xalqaro huquq tamoyillari va normalarini halol bajarish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, siyosiy va iqtisodiy sohada sezilarli yutuqlarga erishdi. Respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etishi va O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tomonlama iqtisodiy siyosat yuritishi davlatimizning jahon xo‘jaligida tutgan o‘rnini mustahkamlashning muhim shartidir.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining MDH ga a’zoligi unga bir qator muhim vazifalarni mamlakat aholisi, iqtisodiyot manfaatlariga muvofiq hal etish imkonini beradi:
• ishlab chiqarishni, aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi kooperativ xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish va takomillashtirish;
• MDH ning bir qator tovarlarini milliy bozorda, jumladan, an’anaviy mahsulotlarni sotish sohasida yetakchi mavqeyini saqlash;
• sobiq ittifoq respublikalari ega bo‘lgan xomashyo resurslaridan foydalanish;
• O‘zbekistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga xizmat ko‘rsatuvchi transport kommunikatsiyalaridan kafolatli va xatarsiz foydalanish.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin