Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə94/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

12.2-jadval
Ayrim iqtisodiy integratsion birlashmalarning asosiy ko‘rsatkichlarli, (2018-yil)


Maydoni, mln. kv. km

Aholisi, mln. kishi

YaIM (XQP), trln. dollar

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM (XQP), ming dollar

A’zo mamlakat-lar soni

YeI

4,3

507,1

17,4

34,3

28

NAFTA

21,8

470,0

19,4

41,3

3

ASEAN

4,5

609,4

3,1

5,1

10

Bojxona Ittifoiqi (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston)

20,0

170,0

3,6

14,7

3

12.3. G‘arbiy Yevropada integratsiya jarayonlarining
rivojlanishi
Yevropa Ittifoqi (YeI)ning shakllanishi va rivojlanishi xalqaro iqtisodiy integratsiyaning yaqqol namunasi hisoblanadi. G‘arbiy Yevropa integratsiyasi obyektiv iqtisodiy jarayonlar bilan birgalikda V.Gyugo, I.Kant kabi Yevropa siyosiy va jainoat arboblari, mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan yagona Yevropa g‘oyalari bilan sug‘orilgan edi. YeI ning tashkil topishi va rivojlanishining zamonaviy tarixi 1951-yildan boshlanadi. 1951-yilda Fransiya, Gcrmaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlari tomonidan Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (YeKPB) to‘g‘risidagi Parij shartnomasi imzolandi. Bu G‘arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasining o‘ziga xos ibtidosi edi. Umumiy ko‘mir va po‘lat bozorining muvaflaqiyatli va tezda shakllanishi 1957-yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YeI) va Yevropa atom energiyasi hamjamiyatini (Yevratom) tashkil etish to‘g‘risidagi Rim shartnomalarining imzolanishiga olib keldi. Shu tariqa yuqoridagi olti mamlakat hududida YeKPB, YeI va Yevratom integratsiya birlashmalari tashkil etildi. YeI esa asosiy iqtisodiy integratsiya birlashmasiga aylandi.
1957-yildagi Rim shartnomasining maqsadi umumiy tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi bozorini yaratish, aholi turmush darajasini oshirish, milliy iqtisodiyotlarning rivojlanish darajasini yaqinlashtirishdan iborat edi. Bu maqsadga erishishning dastaklari sifatida bojxona ittifoqini shakllantirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, ijtimoiy sohalarda umumiy siyosat olib borish, millatlararo institutsional tarkibni barpo etish kabilar belgilab olindi.
G‘arbiy Yevropa integratsiyasining rivojlanishi 50-yillarning oxiridan hozirgi vaqtga qadar notekis va nisbatan ziddiyatli kechdi. Shunga qaramasdan YeI ni tashkil etishda qo‘yilgan maqsad va vazifalar yetarlicha izchil va muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
G‘arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi rivojlanishi jarayonini shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin