Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə93/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Bojxona ittifoqi – o‘zaro savdoda to‘siqlar bekor qilingan va a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi. Integratsiyaning bu bosqichida davlatlar faqat o‘zaro to‘siqlarni bartaraf etibgina qolmay, balki tashqi savdo to‘siqlarining yagona tizimini va uchinchi mamlakatlarga nisbatan bojxona bojlarining yagona tizimini tashkil qiladilar.
Umumiy bozor a’zo mamlakatlar ortasida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalning erkin harakatini ta’minlashga erishishga harakat qilayotgan mamlakatlar guruhi. Bu bosqichda mamlakatlar o‘z milliy chegaralari orqali nafaqat tovarlar, balki harcha ishlab chiqarish omillari – kapital, ishchi kuchi, texnologiya va ma’lumotlarni erkin harakati haqida kelishadilar. Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqat savdoni emas, balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab oluvchi qonuniy me’yorlarni uyg‘unlashtirish masalalarini hal etish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham ichki bojxona to‘siqlari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish orqali uchinchi mamlakatlar bilan savdoda umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur, natijada milliy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining har qanday to‘siqlarsiz o‘tishiga shart-sharoit yaratiladi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – ishlab chiqarish omillarining erkin harakati ta’minlangan, ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika, valyuta-moliya sohalarida yagona siyosat amalga oshirilayotgan, umumiy valyuta muomalaga kiritilgan mamlakatlar guruhi.
To‘liq integratsiya – yagona iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqning shakllanishi, jumladan, tashqi siyosat, qonunchilik va ichki ishlar sohasida umumiy siyosatning amalga oshirilishi, yagona fuqarolikning joriy etilishi. To‘liq integratsiya sharoitida milliy darajadan ustun turadigan tartibga soluvchi institutlar shakllantiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir a’zo mamlakat va ittifoq imkoniyatlarini o‘zaro manfaatli asosda birlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Shunday qilib, xalqaro iqtisodiy integratsiya o‘zaro iqtisodiy hamkorlikning quyi shaklidan nisbatan yuqori shakliga qarab bosqichma-bosqich harakatlanish jarayonini aks ettiradi. Iqtisodiy integratsiyaga kirishayotgan mamlakatlar quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladi:
• milliy bozorlarning birlashishi mamlakatlar ichki bozor hajmining kengayishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, umumiy yalpi ichki mahsulot hajmining oshishini rag‘batlantiradi;
• aholi xarid qobiliyatining o‘sishi jon boshiga tog‘ri keluvchi o‘rtacha daromadlarning o‘sishi va tovarlar narxining pasayshiga olib keladi;
• ishlab chiqarishning samaradorligi va raqobatbardoshligi ortadi;
• ishlab chiqarish ixtisoslashuvi darajasining chuqurlashuvi natijasida yuzaga keladigan «miqyos samarasi»ning ortishi;
• a’zo mamlakatlarning raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishning nisbatan samarali tarkibini shakllantirish;
bozorlarni birlashtirish, ishlab chiqarish taomillarning erkin harakatini ta’minlash, mehnat unumdorligi va daromadlarni oshirish hisobiga investitsiya jozibadorligini oshirish;

  • iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtirish.

Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, aksariyat mamlakatlar bir yoki bir nechta integratsion birlashmalar a’zosi hisoblanadi. Dunyodagi 170 dan ortiq integratsion birlashmalarning 84 % erkin savdo zonalari hisoblanadi.
JST doirasida ko‘p tomonlama kelisluvlar darajasida savdo va investitsiyalarni erkinlashtirish jarayonlarining qiyin kechayotganligi bilan bo‘liq. 1990-yillarning ikkinchi yarmidan hoshlab turli mintaqalardagi hamda mintaqalararo erkin savdo zonalarini tashkil etish va dunyoning asosiy mintaqalarini qamrab olgan yirik integratsion birlashmalar paydo bo‘ldi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin