Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə89/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Yangi industrial mamlakatlar – sanoatlashtirish, ilmiy ishlab chiqarishning alohida turlarini yaratishda muvaffaqiyatlarga erishgan, xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdoda faol qatnashuvchi, sanoat tarmoqlari va xizmatlar sohasi eks­portga yo‘naltirilgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi.
Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modeli – milliy iqtisodiyotning ustun darajada tashqi bozorga, iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilganligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy rivojlanish modeli.
Import o‘rnini qoplash modeli – milliy iqtisodiyot tarmoqlarini ichki resurslarga tayangan holda rivojlantirish, import o‘rnini qoplashga yo‘naltirilgan iqtiso­diyotni shakllantirish modeli.
Quvib yetadigan modernizatsiyalash – iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’at­lari ustun darajada yuqori jamg‘arish normasi, ya’ni YaIM da yuqori investitsiyalar ulushi iqtisodiyotga davlatning aralashuvi hisobiga erishilishi.
Sanoat siyosati – ishlab chiqarishning o‘sishiga, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, iqtisodiyotning tarmoq tarkibini yaxshilashga va tayyor mahsulot eksportini rivojlantirishga qaratilgan davlatning uzoq muddatli chora-tadbirlar majmui.
Sanoat siyosatining «Sharqiy Osiyo» modeli – yuqori texnologiyali tarmoq­larni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, iqtisodiy o‘sishning, birinchi navbatda, fan-texnika yutuqlari va yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirishga (innovatsiyalarga) bog‘liqligiga asoslanadi.
«Kreol neoliberalizmi» – Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining yangi modeli hisoblanib, uning negizida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga ko‘ra, rivojlanishning tashqi omillari, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning tiklanishi yotadi.
«Chikago maktabi» usullari – pul emissiyasi to‘xtatilishi, xususiylashtirish va soliq tushumlari hisobiga davlat xarajatlarini tartibga solish, daromadlarni oshi­rish orqali byudjet taqchilligini bartaraf etish usullari.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin