Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Mavzu: XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə91/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

12 Mavzu: XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA



  1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya: zarurati, mazmuni va rivojlanish omillari

  2. Iqtisodiy integratsiya shakllanishi shart-sharoitlari va rivojlanish bosqichlari

  3. G‘arbiy Yevropada integratsiya jarayonlarining rivojlanishi

  4. O‘zbekistonning integratsion tashkilotlardagi ishtiroki

12.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya: zarurati, mazmuni va rivojlanish omillari
Xalqaro iqtisodiy integratsiya atamasi XX asrning 30-yillarida nemis va shved iqtisodchilarining asarlarida birinchi marta ishlatilgan. Integratsiya so‘zi lotin tilida «integratio» so‘zidan olingan bo‘lib, «qo‘shilib ketish», «birlashish», «qismlarning bir butunlikka aylanishi» deb tarjima qilinadi.
Hozirgi vaqtda muiaxassislar o‘rtasida integratsiya jarayonlariga nisbatan yagona nuqtai nazar yo‘q. Iqtisodchilarning bir guruhi integratsiya jarayonida mamlakatlar o‘rtasida yangi tovar oqimlarini shaklantirish hisobiga «resurslarning cheklanganligi» omilini bartaraf etishni eng muhim holat deb biladilar va bu alohida olingan bir mamlakat ichida bir-biriga o‘xshash qimmatroq tovarlar ishlab chiqarishni bartaraf etish yoki ilmiy tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag‘larni tejash imkonini beradigan texnologik o‘zaro almasuvlarni kengaytirishga imkon tug‘diradi, deb hisoblaydilar. Integratsiyaga nisbatan hamma nazariy yondashuvlarni umumlashtirib, shuni ta’kidlash joizki, integratsiya – mintaqaviy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni shakllantirish yo‘li bilan milliy xo‘jalik komplekslarinng yaqinlashuvi va bir-biriga kirib borishini ifodalaydi.
Jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonlari har bir davlat uchun faqat «o‘z ishlab chiqarishiga» ega samara bermaydigan bo‘lib qoladigan vaziyatni keltirib chiqaradi.
Demak, xalqaro iqtisodiy integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning turli sohalardagi hamkorlik shakli bo‘lib, hamkor mamlakatlar iqtisodiyotining texnik, texnologik va iqtisodiy jihatdan uzoq muddatli bogliqligining chuqurlashuvi bilan ajralib turadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadi istiqbolda tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishiga to‘siq bo‘layotgan cheklovlarni bartaraf etish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlash predmeti hisoblangan tovarlar, xizmatlar, pul va mehnat resurslari xalqaro iqtisodiy integratsiyaning obyektlari hisoblansa, xalqaro ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlashni amalga oshiruvchi iqtisodiy tomonlar uning subyektlari hisoblanadi.
Inlegratsion tuzilmalarni ishlab chiqarishning integratsiyalashishida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim. Bunda integratsiyalashish rasmiy va real xususiyatga ega bo‘lishi mumkinligini hisobga olish zarur. Rasmiy integatsiyalashuv ishlab chiqarishni xalqaro darajada umumlashtirishdan iborat bo‘lib, uning asosida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar xalqaro mehnat taqsimoti asosida tashkil etiladi.
Real iqtisodiy integratsiya esa ishlab chiqarishning ishtirokchi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari pariteti asosida xalqaro umumlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Iqtisodiy integratsiya, o‘z navbatida, ishtirokchi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi uchun sharoit yaratadi. Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, integratsiyadan ichki bozori kichik, resurslarga boy bo‘lmagan, jahon YaMM ida kam ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar ko‘proq samara oladi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, xalqaro iqtisodiy integratsiya quyidagi obyektiv omillar va sabablarga asoslanadi:
• xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining o‘sib borishi;
• xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi umumjahon ilmiy-texnika taraqqiyotining o‘ziga xosligi;

  • milliy iqtisodiyotlar ochiqligi darajasining ortishi;

  • integratsiyalashayotgan mamlakatlarda daromadlarning ortishi;

• yangi savdo oqimlarining paydo bo‘lishi;
ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining pasayishi tufayli iqtisodiy farovonlikning o‘sishi;
• integratsion birlashmaga a’zo mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy pozitsiyasining mustahkamlanishi;
• mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integratsion birlashmaga a’zo mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan siyosiy poziyatsiyasining mustahkamlanishi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin