Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Iqtisodiy integratsiya shakilanishi shart-sharoitlari va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə92/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

12.2. Iqtisodiy integratsiya shakilanishi shart-sharoitlari va rivojlanish bosqichlari
Tarixan integratsion jarayonlar o‘z rivojlanish tarixiga ega. Ularning har biri integratsiya rivojlanishining ma’lum darajaga yetganligini ifoda etadi. Integratsion guruhlar tipologiyasining asoslari ishtirokchi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining makro va mikro darajada o‘zaro yaqinlashishi hamda bir-biriga iqtisodiy jihatdan qanchalik chuqur kirib borishini baholashda namoyon bo‘ladi (13.1-rasm).


12.1-rasm. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va bosqichlari
Ushbu omillarning barchasi o‘zaro bir-biriga bo‘g‘liq bo‘lib, integratsiya mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishning milliy xo‘jalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya nazariyasida amerikalik iqtisodchi B.Balassa iqtisodiy integratsiyaning quyidagi beshta shaklini ajtatadi (13.1-jadval).
12.1-jadval
lntegratsiya jarayonlarining shakllari va bosqichlari

Integratsiya
bosqichlari

Tavsifi

Savdoda cheklov-larni bekor qilish

Umumiy tashqi savdo cheklov-lari

Ishlab chiqarish omillari-ning erkin harakati

Muvofiq-lashtirilgan fiskal siyosat

Yagona makrosiyosat va uni amalga oshirishning umu­miy tashkllotlari

Erkin savdo zonasi

X













Bojxona ittifoqi

X

X










Umumiy bozor

X

X

X







Iqtisodiy va valyuta ittifoqi

X

X

X

X




To‘liq integratsiya

X

X

X

X

X

Erkin savdo zonasi – mamlakatlarning o‘zaro savdoda bojxona bojlari va miqdoriy cheklovlarni bekor qilish maqsadidagi birlashuvi. Ishtirokchi mamlakatlar bu bosqichda o‘zaro savdo to‘siqlarini bekor qiladi, lekin uchinchi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarda to‘la erkinlikni saqlab qoladilar (masalan, bojxona bojlarini yoxud boshqa cheklashlarni bekor qilish yoki yangiliklarni kiritish va savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar tuzish huquqlari). Buning oqibatida mamlakatlar o‘rtasida chegaralarni kesib o‘tayotgan tovarlarning kelib chiqishini nazorat qiladigan va tegishlicha uchinchi mamlakatlardan imtiyozli ravishda tovarlarni olib kirishga to‘sqinlik qiladigan bojxona chegaralari hamda postlari saqlanib qoladi. Erkin sav­do hududlari a’zo mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb etilish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Erkin savdo hududlarining salbiy tomonlariga keladigan bo‘lsak, ular ichki bozor raqobatining kuchayishi bilan belgilanadi, chunki bu milliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir etishi va bankrotlik xavfini kuchaytirishi mumkin.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin