Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə100/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Vaxabov A.V. va boshqalar. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. – T.: Fan va texnologiya. 2015 y. 651 b.

  2. Aвдокушин Е.Ф. Международные экономические отношение. – M.: ЮНИТИ-ДАТА, 2008. – 196 c.

  3. Nazarova G.G., Iminov Z.M., Xalilov X.X., Xamidov O.B. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. – T.: TDIU. 2011. – 276 b.

  4. Мировая экономика и международный бизнес: учебник/ кол. авторов; под. общ. ред. д-ра экон. наук, проф. В.В.Полякова и д-ра экон. наук, проф. Р.K.Щенина. – 5-е изд., стер. – M.: КНОРУС, 2008. - 688 с.

  5. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Nazarova G.G., Xaydarov N.X., Akbarov M.T.: MChJ «RAM-S», 2007 y.


13 Mavzu: XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLAR



  1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar: mohiyati, zaruriyati, funksiyalari va guruhlanishi

  2. BMT ning ixtisoslashgan iqtisodiy va moliya tashkilotlari

  3. Xalqaro mintaqaviy moliya tashkilotlari

13.1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar: mohiyati, zaruriyati, funksiyalari va guruhlanishi
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida hamkorlikdagi qarorlarni ishlab chiqish, tartibga solish, birxillashtirish (unifikatsiyalash) maqsadida xalqaro kelishuvlar asosida tashkil etilgan tashkilotlardir.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro iqtisodiy munosabatlarni davlatlararo tartibga solishning obyektiv zaruriyati sifatida yuzaga kelgan.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni davlatlararo tartibga solish – bu turli mamlakatlar tomonidan jahon xo‘jalik aloqalari sohasida ixtiyoriy ravishda qabul qilinadigan umumiy majburiyat va qoidalar yig‘indisidan iborat.
Bu zaruriyatning shakllanish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

  • bojxona tariflarini pasaytirish orqali xalqaro savdoni erkinlashtirish;

  • jahon mustamlaka tizimining parchalanishi va mustaqil bo‘lgan mamlakatlarning rivojlanishini ta’minlash;

  • XX asrning 70-80-yillaridagi neft eksport qiluvchi mamlakatlar siyosati tufayli sodir bo‘lgan xomashyo va energetika inqirozlari, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy inqirozlar;

  • jahon iqtisodiyotining globallashuvi, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarning chuqurlashuvi, milliy iqtisodiy tizimlarning jahon xo‘jaligida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga moslashishi;

  • transmilliy korporatsiyalar rolining ortishi;

  • xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarining intensiv rivojlanishi;

  • jahon sotsialistik tizimining parchalanishi;

  • global muammolarning chuqurlashishi.

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo‘lgan mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan muvofiqlashtirish, bu asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Tashkilotlarning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni amalga oshirish, ijrosini nazorat qilish kabilarni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagilardan xalqaro tashkilotlarning quyidagi vazifalari kelib chiqadi: tartibga solish, nazorat qilish, amalga oshirish.
Tartibga solish vazifasi (engasotsiysi) qaror qabul qilishdan, a’zo mamlakat­lar faoliyatini, maqsadini aniqlashdan iborat. Xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyasi bevosita xalqaro huquq me’yorlariga zid kelmaydigan, lekin huquqni amalga oshiruvchi jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Xalqaro huquqning ko‘pgina qoida va me’yorlari dastlab rezolyutsiyalarda ifodalangan edi. Ularga xalqaro muammolarni aniqlash va tasdiqlash yo‘li bilan xalqaro hayotga tatbiq etish xos: tashki­lotlar aniq vaziyatlarga normalarni tadbiq etib, ularning mohiyatini ochib beradi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin