Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə96/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Ikkinchi kengayish 1981-y.

Uchinchi kengayish 1986-y.

To‘rtinchi kengayish 1995-y.

Beshinchi kengayish 2004-y.

Oltinchi kengayish 2007-y.

Yettinchi kengayish 2008-y.

Betgiya

*Buyuk
Britaniya

Gretsiya

Ispaniya

Avstriya

Vengriya

Bolgariya

Xorvatiya

Fransiya

Daniya




Portuga-liya

Finlyan-diya

Kipr

Ruminiya




Germaniya

Irlandiya







Shvetsiya

Malta







Italiya













Latviya







Lyuksem-burg













Litva







Niderlan-diya













Polsha






















Slovakiya






















Sloveniya






















Chexiya






















Estoniya







*2020 yil 31 yanvarda soat 23:00 da Buyuk Britaniya YeIdan chiqib ketdi.
YeI mamlakatlarida xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisoblangan aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan yillik yalpi milliy mahsulot miqdori o‘rtacha 34,3 ming dollarni tashkil etadi. YeI ga tovar­lar eksportida o‘zaro savdoning ulushi yuqori bo‘lib, 2013-yilda bu ko‘rsatkich 62,0%ni tashkil etdi (13.3-jadval).
Yevropa erkin savdo uyushmasi (YeESU) 1960-yillarda tashkil etilib iqtisodiy hamkorlikni asosiy maqsad qilib qo‘yadi va birinchi navbatda savdoni erkinlashishi va bojxona to‘siqlarini bartaraf etishga ko‘maklashadi.
BENILYUKS (1960 y.) – Iqti­sodiy ittifoqi. Tovarlar, xizmat­lar, kapital va insonlarning erkin harakati, uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona savdo va iqtisodiy siyosat olib boriladi.
Markaziy Yevropa erkin savdo uyushmasi (MYeESU) –1993 yilda Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Sloveniya tomonidan imzolangan erkin savdo uyushmasi.
Bundan tashqari, YeI tomonidan Afrika, Karib havzasi, Osiyo-Tinch okeani (AKHOT) mamlakatlari (69 ta) uchun imtiyozlar Rim konvensiyasiga muvofiq tovarlarni boj to‘lamasdan olib kirish bo‘yicha imtiyozlar, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari uchun imtiyozlar (Jazoir, Marokash, Tunis, Misr, Iordaniya, Livan, Suriya). YeI ga sanoat va an’anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini erkin olib kirish huquqi bo‘yicha imtiyozlar belgilangan.
Rivojlanayotgan mamlakatlar va Lotin Amerikasi integratsiya guruhlari o‘rtasida Janubiy Amerika umumiy bozori yoki MERKOSUR (Mercado Comun de Cono del Sur – MERCOSUR) jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. MERKOSUR 1991-yilda Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay tomonidan tashkil elilgan bo‘lib, 2006-yilda unga Venesuela ham qo‘shildi. Bundan tashqari MERKOSUR da Boliviya, Kolumbiya, Peru, Chili, Ekvador assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida qatnashadilar. Meksika esa kuzatuvchi maqomiga ega. MERKOSUR ning strategik maqsadi mintaqada umumiy bozorni shakllantirish (Bojxona ittifoqi esa o‘tish bosqichi rolini o‘taydi) hisoblanadi.
1995-yilda Bojxona ittifoqi tashkil etilganligiga qaramasdan hozirgacha notarif cheklovlar saqlanib qolishi, dempingga qarshi choralar olib borilishi, tovarning kelib chiqish mamlakatining farqlanishi tovarlar savdosi va tranzitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari 2001-yildan Argentinadagi iqtisodiy inqiroz va Braziliyadagi milliy valyuta devalvatsiyasi tufayli MERKOSUR doirasida o‘zaro savdoda bojlar joriy etildi.
MERKOSURning vujudga kelishi o‘zaro savdo hajmining keskin ko‘payishiga, boshqa mitaqaviy savdo guruhlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik miqyosining o‘sishiga olib keldi. O‘zaro investitsiya faolligi sezilarli ravishda o‘sdi xorijdan jalb etilgan investitsiyalar hajmi o‘smoqda. MERKOSUR ning muvaffaqiyatli faoliyati mintaqada siyosiy barqarorlikni ta’minlashga sezilari ta’sir ko‘rsatmoqda.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi integratsion jarayonlarning uchinchi yirik markazi hisoblanadi. Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiasiyasi (Association of South East Asian Nations – ASEAN) 1967-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Myanma, Laos, Malayziya, Singapur, Tailand va Filippin kiradi.
ASEANning asosiy maqsadi 1967-yilda Bangkok deklaratsiyasida belgilangan quyidagi vazifalarni hal etishga qaralgan: Janubi-sharqiy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash, bojxona ittifoqini shakllantirish, mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashish va boshqalar. Shuningdek, erkin savdo zonasini (ASEAN Free Trade Agreement AFTA) tashkil etish to‘g‘risidan qaror qabul qilindi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 1989-yildan boshlab humukat-lararo iqtisodiy tashkilot Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati (Asia Pacific Economic Cooperation) faoliyat olib boradi. APEC 1989-yilda Avstraliyaning taklifi bilan Tinch okeani havzasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida taskil etilgan bo‘lib, dastlab unga AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya, Yaponiya Koreya Respublikasi, Singapur, Malayziya, Tailand, Filippin, Indoneziya, Bruney kirgan. Keyinchalik APEC tarkibiga Xitoy, Gonkong, Tayvan, Vyetnam, Yangi Gvineya, Meksika, Chili, Peru va Rossiya qo‘shildi.
Ushbu guruh doirasida o‘zaro hamkorlikning muvaffaqiyati ASEAN qatnashchilari bo‘lgan mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishi, ular rivojlanishini qiyosiy taqqoslash mumkinligi, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan uzoq, tarixiy an’analarga ega bolgan o‘zaro savdo aloqalari-ning mavjudligi, hamkorlik shakllarining tartibga solinishi bilan mustahkam bog‘liqdir. ASEAN rejalarida 2000-yilgacha bo‘lgan muddatda qatnashchi mamlakatlarning bojxona bojlarini 38 ming turdagi tovarlar bo‘yicha o‘rtacha 5 %ga pasaytirish rejasi mavjud edi va 2002-yilda erkin savdo zonasi barpo etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
APEC ko‘pincha «APEC Forumi» deb ham ataladi, chunki bu tashkilot maslahat berish maqomiga ega. Forumning faoliyat maqsadi 1991-yilda Seul deklaratsiyasida belgilangan bo‘lib quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• a’zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish;
• a’zo mamlakatlarning yuqori darajada iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda ko‘p tomonlama savdo tizimini mustahkamlash;

  • savdo va investitsiya sohalarini erkinlashtirish.

1996-yilda APEC a’zolari 2010-2020-yillarda erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati rasman maslahat maqomiga ega bo‘lsada, biroq uning ishchi organlari doirasida savdo, investitsiya va moliya faoliyatini yuritishning mintaqaviy qoidalari belgilanadi, u yoki bu sohalarda hamkorlik masalalari bo‘yicha tarmoq vazirlari va ekspertlarning uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Umuman olganda, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida integratsiya munosabatlaridagi rivojlanishining yetukligi hali yuqori emas. Jumladan, ASEAN tizimidagi savdo zonasi iqtisodiy integratsiya rivojining birinchi bosqichiga, ya’ni savdo tariflari va boshqa notarif cheklashlar olib tashlanadigan erkin savdo zonasiga kiritish mumkin. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tasdiqlanadigan erkin savdo kelishuvi hozircha erkin savdo zonasi sifatida emas balki, iqtisodiy hamjamiyati nisbatida munosabatda bo‘lishi mumkin. Ushbu tashkilot doirasida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyatini va interatsiya jarayonlarini rivojlantirish istiqbollari yaqin yillarda uch variantda ko‘rib chiqiladi.
Birinchi variant Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyatini rivojlantirish Bagordagi (1994-yil Indoneziya) kengashda qabul qilingan ssenariy bo‘yicha amalga oshiriladi. Unga muvofiq erkin savdo zonasi tashkil eliladi va 2020-yilda (sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun 2010-yilgacha) investitsiyalar harakati sohasi erkinlashtirilishi rejalashtirilgan edi. Bojxona tariflarini pasaytirish GATT/JST doirasida erishilgan bitimlarga muvofiq yuz beradi.
Ikkinchi variant mutaxassislarning fikricha, eng ehtimoli yuqori variant Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamyati uchun mintaqada savdo muammolarini muhokama qilish forum rolini mustahkamlaydi. Bu holda mavjud kelishuvlarni bajarishning ijrosi munosabati bilan nizolar kelib chiqishi shubhasizdir. Ushbu holatlar tashkilotning kuchsizlanishiga olib keladi. Bunday sharoitlarda boshqa integratsiya-lashgan mintaqaviy guruhlarning roli oshadi, chunki submintaqalarda va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi guruhlaridagi ayrim mamlakatlarning integratsiyalashuv darajasi nisbatan yuqori bo‘lib, mintaqada integratsiya jarayonlari jadal rivojlanishining o‘ziga xos yacheykalari bo‘lishi mumkin. Jumladan, «o‘sish uch-burchagi» – Janubiy Xitoy iqtisodiy zonasi (Xitoy, Gonkong, Tayvan), «o‘sish oltin uchburchagi» (lndoneziya, Malayziya, Singapur), Yapon dengizi havzasi mamlakatlari iqtisodiy zonasi, Hindiston, Xitoy iqtisodiy zonalari mavjud.
Uchinchi variant – AQSh va YeI da proteksionistik kayfiyatlar ustunlik qilishini istisno etmaydi, bu jahon savdosining jadal sur’atlarda erkinlashishiga to‘sqinlik qilishi va Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyatida integratsiya jarayonlari miqyosini Osiyo mamlakatlari bilan cheklashi mumkin.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin