Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə98/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

12.4-jadval
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalardagi ishtiroki

Integratsion
birlashma nomi

Tashkil etilgan va O‘zbekiston a’zo bo‘lgan vaqti

Tarkibi

Maqsadi va vazifalari

MDH

1991

1991

Ozarbayjon, Armaniston, Belarusiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ukraina

Hamdo‘stlik doirasida erkin savdo hududini yaratish, savdo-iqtisodiy hamkorlik samaradorligini oshirish, tovararning erkin harakatlanishini ta’minlash

Iqtisodiy hamkorlik tashkilo­ti (IHT)

1964

1992

Afg‘oniston, Eron, Pokiston, Turkiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston,
Qozog‘iston

O‘zaro savdoni kengaytirish; barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi turmush darajasini oshirish uchun sharoit yaratish; savdo to‘siqlarini bekor qilishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat; xalqaro forumlarda umumiy yondashuv orqali jahon savdosi hajmini oshirish

Markaziy Osiyo hamdo‘stligi (MOH), 2004-yildan YeOIH bilan birlashtirilgan

1994

1994

Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, O‘zbeklston, Tojikiston

Suv, yoqilg‘i resurslari va suv xo‘jaligi obyektlardan barcha mamlakatlarnlng mintaqalarini hisobga olgan holda oqilona foydalanish; mintaqaning umumiy transport infratuzul-masini yaratish, ish­lab chiqa-rish kooperatsiyasi va savdo-iqtisodly hamkorlikni har to-monlama rivojlantirish, guma-nitar sohada o‘zaro hamkorlik va ekologik muammolarni bir-galikda hal etish, xavfsizlikni ta’minlash masalalarida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish.

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)

1996

2001

Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbeklston

Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash. Yagona iqtisodiy bozorni yaratish.

Yevro-osiyo iqtisodiy hamjamiyati (YeOIH)

2000

2005

Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarusiya, Tojikiston, O‘zbeklston*

Yagona iqtisodiy makonni shakllantirish; a’zo mamlakat-lar iqtisodiyotida tarkibiy islo-hotlarni kelishib olish; yagona transport tartibi va transport bozorini yaratish; yagona boj-xona tarifini joriy etish; milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish

* O‘zbekiston kuzatuvchi mamlakat maqomiga ega.
O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida iqtisodiyotni erkinlashtirish, uni bozor tamoyillariga izchillik bilan o‘tkazish, xo‘jalik tuzilmasini qayta qurishdan iborat umumiy yo‘l bilan belgilanadi.
MDH mamlakatlari O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga respublika tashqi savdo umumiy hajmining 30%dan ortig‘i to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston va MDH mamlakatlari tovar ayirboshlash dinamikasi tenglik va o‘zaro foydali tamoyillarga asoslangan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina 2000-2010-yillarda O‘zbekiston bilan yirik savdo aloqalarini olib borgan mamlakatlar hisoblanadilar.
Iqtisodiy munosabatlarning shakli va tarkibi MDH mamlakatlari bilan tubdan o‘zgarib bormoqda. O‘zbekistonning mavqeyi tobora mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston MDH ning aksariyat mamlakatlari bilan savdo-to‘lov balansida ijobiy saldoga ega.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin