Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə49/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Leontyev paradoksi — Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasining amaliyotda o'z tasdig'ini topmaganligini isbotlagan empirik sinov natijasi: mehnat resurslariga boy mamlakatlar kapital sig'imkorligi yuqori mahsu­lotlarni eksport qiladi, kapital resurslariga boy mamlakatlar esa mehnat sig'imkor­ligi yuqori mahsulotlarni eksport qiladi.
Maxsus omil — muayyan tarmoqqa tegishli va tarmoqlar o'rtasida harakatlan-maydigan ishlab chiqarish omili.
Harakatchan (yoki mobil) omil — tarmoqlar o'rtasida erkin harakatlanadi-gan ishlab chiqarish omili.
Mehnat unumdorligining chegara miqdori — qo'shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanish natijasida yalpi daromadning o'sish miqdori.
Samuelson-Jons nazariyasi — xalqaro savdoda ishtirok etish natijasida eksport tarmoqlari uchun spetsifik bo'lgan omil spetsifik bo'lgan omil egalarining daroma­di kamayadi.
egalarining daromadi va import bilan raqobatlashuvchi tarmoq uchun Stolper-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo narxi o'sayotgan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omil narxining o'sishiga va aksin­cha, narxi pasayayotgan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladi­gan omil narxining pasayishiga olib keladi.
T. Ribchinskiy nazariyasi — barqaror narxlar va iqtisodiyotda faqat ikkita sek-torning mavjudligi sharoitida ishlab chiqarish omillaridan birining taklifining ko'­payishi ushbu omildan intensiv foydalaniladigan tarmoqlarda ishlab chiqarishning hajmini va bu tarmoq korxonalari oladigan daromadning ko'payishiga olib keladi, boshqa sektorda esa ishlab chiqarish hajmining va olinadigan daromadning kama-yishiga olib keladi.
«Miqyos samarasi» nazariyasi — ishlab chiqarishning muayyan texnologik va tashkiliy xususiyatlari sababli mahsulot miqdorining ortishi natijasida bir birlik tovar ishlab chiqarishga sarflanayotgan o'rtacha xarajatning kamayishini ifoda etadi.
Mahsulotning hayotiylik sikli nazariyasi — yangi tovarning ishlab chiqari-lishi bir davlatdan ikkinchi davlatga mahsulotning hayotiylik bosqichiga muvofiq ravishda ko'chib o'tadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin