Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə46/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

AQSh, Kanada va Avstraliya. Ushbu mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyati shundaki, avvalo, ilmiy-texnik xodimlar, yuqori malakali mutaxassislar ishga qabul qilinadi. Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlaridan turli sohalar bo‘yicha yuqori kasbiy malakaga ega boMgan mutaxassislarni yollashi bilan boshqa mehnat bozorlaridan ajralib turadi. Shuning uchun ham AQSh da Nobel mukofotiga sazovor boMgan olimlarning 33 %ni immigrant mutaxassislar tashkil etadi.
AQSh xorijdan bir vaqtning o‘zida yuqori malakali va malakasiz ishchi kuchini jalb qiladi. Har yili bu mamlakatga boshqa mamlakatlarni qo‘shib hisoblagandagidan ham ko‘proq miqdorda ishchi kuchi oqib keladi. Xususan, 2013-yilda AQSh da 46,0 min. immigrant istiqomat qilgan va bu ko'rsatkich jahondagi jami immigrantlarning 19,8 %ni tashkil etadi. Boshqa mamlakatlarda immigrantlar soni AQSh ga nisbatan kamida 3,5 martaga kam.

(2.2 -diagramma).Migrantlarni qabul qiluvchi mamlakatlar 2000 va 2017








AQSh ga norasmiy kelayotgan past malakali ishchilarning aksariyat qismi yaqin Lotin Amerikasi mamlakatlari — Meksika, Karib havzasi mamlakatlaridan kirib keladi. AQSh ga yuqori malakali ishchi kuchi esa dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan keladi (G‘arbiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya, Hindiston va h. k.). Jumladan, 2013-yilda Meksikadan AQSh ga 13,0 min. kishi ish qidirib kel- gan. Bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiya oqimidan uch bara- var yuqoridir (28.3.2-jadval).




5.4-jadval Jahon mamlakatlarida migratsiyaning asosiy yo'nalishlari (mln. kishi)

Janubga

2013-y.

Shimolga

2013-y.

Bangladesh-Hindiston

3,2

Meksika-AQSh

13,0

Hindiston-8AA

2,9

Rossiya-Ukraina

3,5

Rossiya-Qozog'iston

2,4

Ukraina-Rossiya

2,9

Afg'oniston-Pokiston

2,3

Qozog'iston-Rossiva

2,5

Afg‘oniston-Eron

2,3

Xitoy-AQSh

2,2

Xitoy-Gonkong

2,3

Hindiston-AQSh

2,1

Falastin-lordaniya

2,1

Filippin-AQSh

2,0 J

Xalqaro mehnat bozorining asosiy markazlaridan yana biri Yaqin Sharqdagi neft qazib chiqaruvchi va uni qayta ishlovchi arab mamlakatlari hisoblanadi. Neft qazib oluvchi bu mamlakatlar mehnati og’ir, past ish haqi to’lanadigan ishlarga xorijiy ishchilarni jalb etishadi. Bu ishchilar asosan qo’shni arab mamlakatlaridan, jumladan, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Koreya, Filippindan kelishadi. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Qatar, Baxrayn, Quvayt va Omon ishchilarining yarmidan ortig’ini xorijiy ishchilar tashkil etadi. Jumladan, iqtisodiyotda band bo’lganlarning tarkibida xorijiy ishchilar ulushi BAAda – 90%, Quvaytda – 70%, Saudiya Arabistoni va Baxraynda – 40%, Omonda – 34% ni tashkil etmoqda. Saudiya Arabistonining o’zidagina Pokiston, Hindiston, Indoneziya va Misrlik bo’lgan 7,3 mln. xorijiy ishchilar har yili o’z vatanlariga 17 mlrd. dollar miqdorida pul mablag’larini yubormokdalar.


Boshqa rivojlanayotgan mamlakatiar. XX asrning 90-yillarida yangi voqe- lik vujudga kclib. rivojlanayotgan mamlakatiar o‘rtasida ishchi kuchi migratsiyasi- ning sur'atlari jadallasha boshladi. Odatda, ishchi kuchi harakati iqtisodiy islohot- lar jadal suratlar bilan amalga oshirilayotgan mamlakatiar tomon yo‘naladi. Lotin Amerikasida mavsumiy ishchilar Argentina va Meksikaning yig‘uv korxonalari- da ishlash uchun borishadi. Afrikaning Sahroyi Kabiri janubidagi mamlakatlar- ga immigrantlar oqimining yarmidan ortigM to‘g‘ri keladi. 1991-yilda Fors ko‘rfa- zidagi urushdan keyin 1 min. ga yaqin misrlik Iroqni, 800 ming yamanlik Saudiya Arabistonmi va 500 mingga yaqin falastinlik, iordaniyalik ishchilar Quvaytni tark etishdi. Ularning okrniga esa hindistonlik va misrlik ishchilar kelishdi1 * *.
Yangi industrial mamlakatiar. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanishi vaqtinchalik ishga yollanuvchi ishchilarning oqi- mini tezlashtirdi. Bu holat Janubiy Koreya va Malayziya misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining muhim omillai idan biri - bu migrantlarning pul otkazmalaridir. Put o‘tkazmalari rivojlatiayotgan mamlakatlar tolov balansining «qulay» moddasi hisoblanadi. Mazkur o'tkazmalar oz mazmuniga kora, tashqi qarz yoki to‘g‘ridan tolg‘ri investitsiyalar bo‘yicha foizlar to lanishi lozim bo‘lmagan xorijiy pullar hisoblanadi. Ular yordamida rivojlanayotgan mamlakatlarto to’lov balansida vujudga keladigan defitsitni qoplashlari mumkin.
To'lov balansi statistikasida migrantlarning pul o‘tkazmalari deyilganda migrantlar tomonidan o‘z mamlakatlari rezidentlariga yuborayotgan tovarlar va moliyaviy mablag'lar tushuniladi.
Agar migrant qabul qiluvchi mamlakat rezidenti (o‘zining immigratsiya maqomidan qat'i nazar, ushbu mamlakatda bir yil yoki undan ortiq vaqt yashayotgan bo‘lsa) hisoblansa, uning o‘z vataniga yuborayotgan xususiy transfertlari (natura yoki pul shaklida) ishchilarning pul o‘tkazmalari, deb ataladi.
Agar migrant qabul qiluvchi mamlakatda bir yildan kam muddat yashayotgan bo‘lsa, uning barcha daromadlari yollanib ishlovchilarning ish haqi, deb baholanadi. Ushbu to‘lovlarga vaqtincha, mavsumiy ishlovchilar va chegara hududlarda yashovchilarning barcha turdagi ish haqi va nafaqalari kiradi.
Bundan tashqari, migrantlar tomonidan amalga oshiriladigan transfertlar ham hisobga olinadi. Odatda, migrantlar bu transfertlarni bir yil muddat ichida yashash joyini o‘zgartirayotganida amalga oshiradilar va ular pullik transfertlarining sof qiymatini (moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar) ifoda etadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin