Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


MAVZU: Xalqaro kapital migrasiyasi va transmilliy kompaniyalar



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə51/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

6 MAVZU: Xalqaro kapital migrasiyasi va transmilliy kompaniyalar.
SAVOLLAR:

1. Xalqaro kapital migratsiyasi: sabablari, omillari, va ko’rsatkichlari


2. Xalqaro kapital migratsiyasi shallari va guruhlanishi
3.Transmilly kompaniyalarning vujudga kelish abablari, funksiyalari va guruhlanishi. Rivojlanish ko’rsatkichlari.

1. Xalqaro kapital migratsiyasi: sabablari, omillari, va ko’rsatkichlari


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda kapitalni davlatlararo taqsimlash iqtisodiy o'sishning faol omili bo'lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot baynalminallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan xalqaro miqyosga chiqadi va mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi. Jahon xo'jaligi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kapital sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlardan qoloq mamlakatlar tomon yo'naitirilgan edi. Jahon xo'jalik tizimi aloqalari rivojlangan sari kapital harakati umumjahon doirasida yuz berib, uning oqimi har tomonlama, to’xtovsiz bo’ladi va pullik jamg'armalarning investitsiyaga aylanishi kapitalning xalqaro miqyosdagi harakatini bildiradi.
Iqtisodiy adabiyotda xalqago kapital migratsiyasining mohiyatini ochib beruvchi ikki xil yondashuv mavjud bo'lib, ular orasidagi farq quyidagi sabablar orqali ochib beriladi:
• bozor va uni tashkil etuvchi xo'jalik aloqalarining rivojlanishi;
• ushbu aloqalarning milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog'liq rolining o'zgarishi.
Birinchi yondashuv tarafdorlari uchun xalqaro capital migratsiyasi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o'sha mamlakatlar tomon oqib o’tadi. Bozorning alohida mamlakatlar milliy xususiyatlarini hisobga oluvchi universal qimmati bu yondashuv tarafdorlarining digqat markazida turadi.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, xalqaro kapital migratsiyasi ortiq- cha ishlab chiqarish, moliya resurslarining foyda olish maqsadida xorijga uzluksiz joylashtirilishidan iborat. Bu yerda bozor subyekt sifatida emas, balki milliy, hududiy va xalqaro miqyosda muayyan maqsadga erishish vositasi, obyekti sifati- da namoyon bo'ladi.
XXI asr boshida iqtisodiyotning globallashuvi omillaridan biri kapitalning mamlakatlar o'rtasida harakatlanishining barqaror sur'atlarda o'sishi hisoblanadi. Tovar ishlab chiqarishning muhim omillaridan hisoblangan karitalning xalgaro harakati milliy iqtisodiyot chegalaridan chiqib,boshqa mamlakatlarga ko'chadi. Xalqaro kapital migratsiyasi jahon xo'jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga yega, chunki u mamlakatlarning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarining mustah- kamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini importyor mamlakatlar texnik salohiyatini o'stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi.
Kapital migratsiyasining sabablari quydagilardan iborat:
• Kapitalning foiz stavkasi bilan belgilanadigan turli chegaraviy unumdorligi;
• firmalarning o'z faoliyatini xalqaro diversifikatsiyalashtirishga intilishlari;
• tovarlarni import qilishga xalal beradigan va xorijiy ta'minotchilarni bozorga kirish uchun kapital olib kirishga undaydigan boj to'siqlarining mavjudligi;
• barqaror siyosiy vaziyat va qulay investitsiyaviy muhit.
Kapital migratsiyasi jarayonlariga quyidagi omillar ta'sir qiladi:
• ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o'sish sur'atlarining saqlab turilishi;
• jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlar;
• ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasining chuqurlashuvi;
• jahon iqtisodiyotining transmilliylashishi;
• ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi va integratsiyaviy jarayonlarning rivoilanishi;
• bozorlarning o'ta to'yinishi ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi;
• rivojlangan mamlakatlardagi sotuvchilar o'rtasidagi keskin raqobat;
• milliy bozorning yirik moliya-sanoat guruhlari tomonidan monopollashtirilishi;
• harakatdagi texnologiyalarni takomillashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi;
• sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o'sish sur'atlarini, bandlik darajasini, ilg'or sanoat tarmoqlarining rivojlanishini saqlab turish uchun salmoqli hajmda kapitallarni jalb qilishga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosati;
• xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro investitsiyaviy bo'shliqni erkinlashtirish siyosatining yuritilishi, investitsiyaviy sheriklikning universal me’yorlarini ishlab chiqish;
• mamlakatlar o'rtasida daromadlar va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo'l qo'ymaslik haqidagi xalqaro kelishuvlar, ular savdo-sotiqning rivojlanishi va investitsiyalarning jalb qilinishiga ko'maklashadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin