Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


jadval. To’g’ridan to’g’ri va portfel investitsiyalar o’rtasidagi o’ziga xos farqlar



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə53/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

6.6 jadval. To’g’ridan to’g’ri va portfel investitsiyalar o’rtasidagi o’ziga xos farqlar

Portfel investitsiyalar ancha yuqori likvidlilikka ega bo'lib harakatchan hisoblanadi. Ularni riskli zonadan boylik orttirish yengilroq bolgan muhitga ko'chirish qiyin emas. Portfel investitsivalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va professional bilimlani oshirish uchun katta mehnat talab etmaydi.
3.Xalqaro kapital migratsiyasining tarkibi va rivojlanish tendensiyalari
Xalqaro kompaniyalarning paydo bo'lishiga qadar barcha xorijiy investitsiyalar portfel investitsiyalar shaklida bo'lgan. TTXI XX asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi, ammo bu davrda portfel investitsiyalar hajmi to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar hajmiga nisbatan ikki barobar ko'p edi. TTXI ning aniq moliya-sanoat guruhlari, xalqaro firmalar, TMK faoliyati orqali amalga oshirilishi ularga muayyan ustunlik beradi. TTXI ni boshqarish portfel investitsiyalarga qaraganda oson bo'lib, ularning «o'yin qoidalari» aniqroqdir.Ush- bu holat bozor isodiyotini tartibga solishda muhim ahamiyatga ega. TTXI taallugli ilk misollar XVII asrga borib taqaladi va Ost-Indiya ingliz kompaniyasi faoliyati bilan bog'liqdir. Ikkinchi jahon urushigacha investitsiyalarning asosiy hajmi Yevropa va Amerika o'rtasida harakatlangan.Tahliliy ma'lumotlarga qaraganda TTXI oqimi bir necha o'n yilliklar mobaynida jadal suratlar bilan o’sib bormoqda 1914-yildan Ikkinchi jahon urushi oxirgacha bo’lgan muddatda xorijiy investitsiyalar hajmi 30 % ga ko'paygan holda, keyingi 10 yil mobaynida ikki barobar o'sgan. XX asrning 60-yillarining o'rtalaridan boshlab keyingi 25 yil mobaynida esa ushbu ko'rsatkich 4 marotabaga oshgan. Ilk bor TTXI to'g'risidagi statistik ma'lumotlar 1970-yillarda paydo bo'lgan va 13 mlrd. dollarni tashkil etgani holda ularning 60 % AQSH, 91 % esa G7 guruhi hissasiga to'g'ri kelgan. TTXI ning o'rtacha yillik hajmi 1980-2013-yillarda 44,5 mlrd. dollardan 1,4 trin, dollargacha yetdi.
3.1 diagramma. TTXI ning oqimi ko’rsatkichlari (mlrd. Doll.)

So'nggi qirq yil ichida TTXI hajmining barqaror sur'atlarda o'sishi natijasida ularning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi sakkiz baravarga oshdi va hozirda 34,3% ni tashkil etadi. Hozirda TTXI ichki investitsiyalar va tashqi savdoga qaraganda jadalroq suratlarda rivojlanmoqda. TTXI jahon xo'jaligi globallashuvining asosiy omilliga aylandi. TTXI faollashuvining sabablari va harakatlantiruvchi kuchlari quyidagilardan iborat.
• TTXI yordamida milliy bozorlarda monopolistik foyda olishning mumkinligi;
• tashqi savdoga nisbatan qo'shimcha foyda olish imkoniyati.
• TMK ning TTXI ning eltuvchilari sifatida maydonga chiqishi.
• TTXI ga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojining keskin o'sishi;
• retsipiyent-mamlakatlarda TTXI ni jalb qilishni rag'batlantiruvchi mexanizmlarining shakllanishi.
Jahonning aksariyat mamlakatlari amalda xorijiy investitsiyalarni eksport va import qiluvchilar hisoblanishadi. Chunki, TTXI, asosan, TMK orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun TTXI ning tarkibini xorijiy kapitalni jalb qiluvchi va kapitalni chetga chiqaruvchi mamlakatlarga guruhlagan holda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
TTXI oqimining yo'nalishlari mamalakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog'liq holda belgilanadi. TTXI ni, asosan, jalb etuvchi va chiqaruvchi mamlakatlar sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar hisoblanishadi va ularning hissasiga TTXI yillik oqimining 80 % to'g'ri keladi. Bundan tashqari, jamg'arilgan TTXI ning aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi miqdori bo'yicha ham rivojlangan mamlakatlar yetakchi mavqega ega. Misol uchun, 2013-yilda Rossiyada ushbu ko'rsatkich 500 dollarga teng bo'lgani holda, Buyuk Britaniya va AQSh da mos ravishda 25,0 va 15,6 ming dollarga teng bo'ldi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin