Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


MAVZU:JAHON IQTISODIYOTIDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING O’RNI



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə58/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

7. MAVZU:JAHON IQTISODIYOTIDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING O’RNI.


SAVOLLAR:
1. Erkin iqtisodiy hududlarning shakllanishi, rivojlanishi va uning ko’rinishlari
2.Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlar yaratilishining huquqiy asoslari
1.Erkin iqtisodiy hududlarning shakllanishi, rivojlanishi va uning ko’rinishlari
Erkin iqtisodiy hududlar (EIH) chyegaralangan hududlar, shaharlar, dyengiz va
aviatsiya portlari hisoblanadi. Unda milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun alohida
imtiyozli iqtisodiy sharoitlar mavjuddir. Bu sharoitlar mamlakatni tashqi savdodagi, umumiqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-tyexnikaviy va ilmiy tyexnologik vazifalarini yyechishda yordam byeradi. Turli manbalarda EIHlarga berilgan turli ta’riflarni uchratish mumkin. Jumladan, Wikipedia elektron ensiklopediyasida quyidagicha ta’riflar berilgan:
Erkin iqtisodiy hudud (EIH) — bu tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib, aniq belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum bir hududidir.
1973 yildagi Kioto konvyensiyasiga ko`ra EIH tushunchasiga quyidagicha ta`rif byerilgan: ―EIH – bu davlat tyerritoriyasining bir qismi bo`lib, unda xorijdan kyeltirilgan tovarlarga odatda soliq va bojxona hududidan tashqarida joylashgan tovar sifatida qaralib ular bojxona nazoratiga olinmaydi.
Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanishini bosqichlarga bo’lib o’rganganda EIHlar XIV-XV asrlarda paydo bo’lgan deyiladi.
Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanishining bosqichlari:
Birinchi bosqich. XIV asrning o’rtalarida, ayrim manbalarga ko’ra 1547 yilda Livorno shahri erkin savdo shahri deb e’lon qilindi. Savdogarlar savdo qilish uchun soliq to’lamaslik huquqiga ega bo’ldilar. Ko’plab yevropa davlatlarida o’rnatilgan qattiq bojxona rejimiga, murakkab bojxona amaliyotlari va yuqori to’lovlarga qarshi turish maqsadida Genuya, Venetsiya, Marsele port shaharlarida ilk “porto-franko” hududlari paydo bo’ldi. Bu hududlarning shaharning boshqa qismidan maxsus bojxona chegarasi bilan ajratilib qo’yilgan. Xorijiy davlatlar va boshqa “porto-frankolar” o’rtasida tovarlar bojxona to’lovlari va rasmiyatchiliklarsiz erkin harakatlangan. O’z mamlakatiga kirib kelayotgan tovarlarga ega oddiy bojxona rejimi qo’llanilgan. Bunday hududlarda ishlab chiqarish intensiv ravishda rivojlangan, tranzit o’tkazmalar faollashgan, aholi o’z davlatida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bilan ta’minlangan, yangi ish o’rinlari yaratilgan. Keyinchalik “Porto-franko”larning o’rnini “erkin portlar” egalladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin