Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə66/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

IV davr- hali endigina boshlandi. Bu davrga 2018 yil davomida amalga oshirilayotgan islohotlarni kiritish mumkin. Jumladan, 2018 yil 12-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sirdaryo» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini imzolab, mazkur sohada olib borilayotgan ishlar ko’lamini yanada kengaytirdi. Bundan tashqari joriy yilning aprel oyida Samarqand viloyatiga uyushtirilgan tashrif chog’ida mamlakatimiz rahbari Samarqand viloyatining turistik potensialidan samarali foydalanish maqsadida 2017-2019 yillarda Erkin turistik hududlarni tashkil etilishi haqida o’z takliflarini bildirgan edi. Bu takliflar asosida viloyatda ko’ngil ochar- turistik mexmoxona kompleksi hamda qishki dam olish kompleksi qurilishi boshlab yuborilgan.
O`zbyekistonda qabul qilingan ―Erkin iqtisodiy mintaqalar to`g`risidagi‖
Qonunda byelgilanganidyek, har bir erkin iqtisodiy mintaqa Vazirlar Mahkamasining
taqdimnomasiga asosan Oliy Majlisning qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy
mintaqani tashkil etishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Erkin iqtisodiy mintaqani tashkil etish to`g`risida mahalliy hokimiyatning
qarori.
2. Erkin iqtisodiy hududga byeriladigan mavqye, boshqaruv tashkilotlari va
rasmiy nomi ko`rsatiluvchi Nizom loyihasi.
3. Mazkur hudud joylashgan hudud chyegaralari aniq ko`rsatilgan xaritasi.
4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining tyexnik-iqtisodiy asosnomasi.
5. Erkin iqtisodiy hududni tashkil etish to`g`risidagi qarorning loyihasi.
Manitiqiy jihatdan IV davr EIHlarning istiqbolini o’zida aks ettiradi. Kelajakda yangi turdagi EIHlarni yaratilish yoki bo’lmasa xorijiy investitsiyalarni jalb etishning yangicha ko’rinishlarining paydo bo’lishi kabi o’zgarishlar bu davrni davomiyligini belgilab berad. Mazkur davrlashtirish faqat hozrg kunda mavjud ma’lumotlardan kelib chiqib ishlab chiqilgan bo’lib, kelgusida kengaytirlishi zarur.
Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois mamlakatimizda 1996 yilning 25 aprelida Oʻzbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida"gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriy - huquqiy asos yaratdi. O`zbyekiston Ryespublikasi Pryezidyentining 2008 yil 2 dyekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to`g`risida” gi Farmoniga asosan, Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi. 2012-yilda “Angren” , 2013 yilda esa “Jizzax” EIHlari tashkil etildi. Bu hududlarning faoliyat ko’rsatish muddati 30 yil etib belgilandi. Bu hududlarda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, o’zida ishlab chiqarish uchun keltiriladigan xom ashyolar importi uchun alohida tartib belgilandi. Mazkur hududlarni transport-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash maqsadida qator muhandislik ishlari amalga oshirildi. Bu hududlarda ishlab chiqarishga qarailgan e’tibor tufayli yangi ish o’rinlari yaratildi.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlar rivojiga bo’lgan e’tibor uzluksiz davom etib bormoqda. 2017 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 196-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-sonli hamda «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF-4931-sonli farmonlarini ijro etish yuzasidan qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi belgilandi. Qarorga asosan Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi, Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi va Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Shuningdek, «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi», «G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi», «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonalarining ustavlari ham tasdiqlandi. Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida, Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida va Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida «Urgut», «G'ijduvon», «Qo'qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil qilindi. Bu hududlarning savdo, ishlab chiqarish va mehnat resurslari salohiyati tegishli ravishda inobatga olindi. Bu omillar hududlarning mahalliy iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Erkin iqtisodiy zonalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohada olib borilayotgan bu kabi qator islohotlar sog’liqni saqlash sohasini ham chetlab o’tmadi. Aholining dori-darmon vositalari va tibbiy uskunalarga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqdsadida 2017-yil 3-mayda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysunfarm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida qonun qabul qilindi. Bu o’z navbatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
2017 yil 5 dekabrida Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida Toshkent viloyatining Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi chegarasi doirasida “Chorvoq” erkin turistik zonasini (keyingi o‘rinlarda – erkin turistik zona) tashkil etish to’g’risida qonun qabul qilindi. Mazkur hududning tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarini qo’llab quvvatlash uchun qabul qilindi.
rasm


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin