Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə65/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

II-davr- 2014-2016 yillarni o’z ichga oladi.Bu davrda «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2014 yilda qabul qilingan qonun oldingi davrda aniqlangan zaif jihatlarni mustahkamashga xizmat qildi. Qulay investitsion muhit yaratish, hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish bilan bog’liq ishlar bu davrda avj oldi. I davrda yaratilgan va faoliyat olib borayotgan erkin iqtsodiy hududlar faoliyati chuqur o’rganlib, tahlil qilindi. Hududlarning o’ziga xos jihatlari, istiqboli haqida prognozlar ishlab chiqildi. Ularning faoliyat muddati 30 yil etib belgilangan bo’lsada, bu muddatni uzaytirish imkoniyati qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan. Bu davrda birorta ham erkin iqtisodiy hudud yaratilmagan bo’lsada, keyingi davrning keskin rivojlanishi uchun katta tramplin bo’lib xizmat qildi.
III davr- Bu davrda oldingi davrda erishilgan yutuq va kamchiliklarning tahlili asosida qabul qilingan 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda joriy yil 7 avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat yuritishida mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Aytish mumkinki, ayni shu davrda O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar soni keskin o’sdi. Bundan tashqari kichik sanoat zonalariga e’tibor qaratila boshlandi. Fikrimizning isboti sifatida Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli Farmoni bilan Samarqand viloyatining Urgut tumanida – «Urgut», Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida – «G‘ijduvon», Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida – «Qo‘qon», Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida – «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarining hamda 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysunfarm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonini keltirish mumkin. Bu EIH lar asosan ishlab chiqarish, eksport va mahalliy bozor uchun tovarlar yaratishga yo’naltirilgan. Mamlakatimizdagi mavjud iqtisodiy va geografiktarixiy salohiyatni inobatga olgan holda yurtboshimiz 2017-yil 5-dekabrda“Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Bu nafaqat ishlab chiqarish balki turistik soha rivojlanishi uchun turtki zarur ekanligidan kelib chiqib qabul qilingan farmon bo’ldi. Shu o’rinda mamlakatimizga 50 dan ortiq davlatlar keluvchi sayyohlar uchun viza tartibining bekor qilinganligi erkin turistik zonalar faoliyatni yanada kengaytirishga imkoniyat berishini alohida ta’kidlab o’tish zarur.
Birinchi davrda 3 ta EIH yaratilgan bo’lsa 3 davrda EIHlar soni 12 taga yetdi. 2017 yil holatiga olib qaraydigan bo’lsak, O’zbekistonda 15 ta EIH mavjud.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin