Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


MAVZU:JAHON VALYUTA- MOLIYA VA KREDIT MUNOSABATLARI



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə67/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

8. MAVZU:JAHON VALYUTA- MOLIYA VA KREDIT MUNOSABATLARI.


1.Jahon moliya bozorining mohiyati va funksiyalari. Jahon moliya bozorining tarkibi va rivojlanish xususiyatlari.
2. Jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelish sabablari va undan chiqish yo’llari.
3.O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlarga integratsiyalashuvi.
1. Jahon moliya bozorining mohiyati va funksiyalari. Jahon moliya bozorining tarkibi va rivojlanish xususiyatlari.
Keng manoda jahon moliya bozori mamlakatlar o‘rtasida kapital resurslarini jamlash va taqsimlashni taminlab beruvchi bozor munosabatlari yig‘indisi. Umuman, bu tushuncha xalqaro moliyaviy shartnomalarning mazmunan tashkil qiluvchi ishtirokchilar manfaatlarining o‘zaro tasirini anglatadi.
Tor manoda jahon moliya bozori-bu fond bozori, yani qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshiriladigan bozordir.
Jahon moliya bozorini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Jahon moliya bozori unda amalga oshiriladigan operatsiyalar ob’ektiga ko‘ra quyidagi segmentlarga ajratiladi:

  • valyutabozori;

  • ssudakapitallaribozori;

  • fond va sug‘urta bozori;

  • oltinbozori.

8.1 jadval. Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari: ishtirokchilari va tarkibi

Milliyishtirokchilar

Bozorlarningtarkibi

Xalqaroishtirokchilar

Korporatsiyalar

Valyuta bozorlari, shu jumladan yevrovalyutalar bozori

Xalqarokorporatsiyalar, TMK

Banklar va maxsus moliya-kredit institutlari, shu jumladan sug‘urta kompaniyalari

Ssudakapitallaribozori;

Xalqaro banklar, TMB Max­sus moliya-kredit institutlari, shu jumladan sug‘urta kompaniyalari

a) pulbozori;




b) kapitallarbozori;




d) yevrobozor.




Fondvatovarbirjalari

Moliyabozorlari

Yirik fond va tovar birjalari

Sug‘urtabozorlari

Davlat

Davlat

Oltinbozori

Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari



Jahon, moliya bozorining segmentlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy ravishda moliyaviy resurslarning oqib o‘tishi sodir bo‘ladi.
Jahon moliya bozorlari tashkiliy jihatdan quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Rasmiy tashkil etilgan yopiq moliya bozorlari. Ushbu bozorlarga kirish imkoniyati cheklangan.
2. Norasmiy tashkil etilgan ochiq moliya bozorlari. Ushbu bozorlarga kirish imkoniyati cheklanmagan.
3. Birlamchi bozor. Bu bozorda yangi chiqarilgan moliyaviy aktivlar savdosi amalga oshiriladi.
4. Ikkilamchi bozor. Bu bozorda mavjud moliyaviy aktivlar savdosi amalga oshiriladi.
5. Doimiy bozor. Bu bozorlarda operatsiyalar maxsus xonalarda, uskunalarda va informatsion texnologiyalar yordamida xoxlagan vaqtda amalga oshiriladi va doimiy bo‘lmagan bozorlar masalan, kimoshdi savdolar (auksionlar) o‘tkaziladi. Miqyosiga ko‘ra moliyaviy bozorlar: milliy; hududiy va jahon bozorlariga bo‘linadi.
Savdo qilinadigan moliyaviy dastaklarga asosan jahon moliya bozorining tarkibi valyuta, kredit, investitsiyalar, sug‘urta va fond bozorlariga bo‘linadi.
Ushbu segmentlarning yagona jahon moliya bozoriga birlashtirilishiga sabab ularda amalga oshiriladigan operatsiyalarning barchasi moliyaviy resurslar oqimini yuzaga keltirishi bilan bog‘liq. Jahon moliya bozorining barcha segmentlari moliyaviy resurslarning erkin harakatini taminlab berishga xizmat qiladi.
Jahon moliya bozorining tarkibini o‘rganishda moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladigan joyni e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega.Ushbu mezonga asosan jahon moliya bozorida quyidagi ikki segmentni ajratishmumkin:
1.Xalqaro moliya markazlari (London, Nyu-Yok, Tokio, Frankfurt-na-Mayne,Syurix,Singapur,Gonkong);
2.Offshor hududlar (Menorollari, Kipr, Kaymanvaboshqalar).
Jahon moliya bozori institutsional nuqtai nazardan bu bozorda faoliyat ko‘rsatadigan barcha sub’ektlar majmuidir

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin