Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlar yaratilishining huquqiy asoslari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə64/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

2.Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlar yaratilishining huquqiy asoslari
Davlatimizda iqtisodiyotida to’g’ridan - to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ulushini oshirish maqsadida erkin iqtisodiy hududlarni yaratish borasida qator qonunlar va farmonlar qabul qilinmoqda. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini inobatha olgan holda maqsadli tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Bunday samarali faoliyat zamirida albatta hukumatimiz tomonidan yaratilgan me’yoriy-huquqiy asos yotibdi. Bugungi kunda davlatimizda xoijiy investitsiyalarni jalb etish, chet ellik investorlarga qulay sharoit yaratish va ular huquqlarini kafolatlash, xorijiy investitsiyalar oqimini ko’payirish hamda hududning iqtisodiy rivojlantirish uchun uchun erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etilib kelinmoqda.
O’zbekiston Resublikasida Erkin iqtisodiy hududlarning yaratilishi va rivojlanishini 4 davrga bo’lib o’rganish mumkin.
I davr – 1996 yilning 25 aprelida Oʻzbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida"gi qonuni qabul qilinishi bilan boshlandi. Bu qonun erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilishining poydevori bo’lib xizmat qildi. Bu hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhimligi inobatga olinib, 1998 yil 30 apreldagi «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida qonun qabul qilindi. Chet el sarmoyadorlarining huquq va erkinlarining huquqiy asosi yaratildi.
Bu qonunlar doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida O’zbekistonda birinchi erkin iqtisodiy hudud “Navoiy” Erkin iqtisodiy hududi 2008 yilda tashkil etildi. Mazkur hudud faoliyatini to’g’ri tashkil etish, takomillashtirish maqsadida yangi qonunlar, nizomlar ishlab chiqildi. Mavjudlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.Bu hudud faoliyatini yo’lga qo’yish bilan bo’gliq orttirilgan tajriba asnosida 2012 yilda “Angren” Erkin iqtisodiy zonasi, 2013 yilda esa “Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Bu hududlarda amal qladigan alohida bojxona, soliq, valyuta rejimlari qonun bilan belgilab qo’yildi. Imtiyozlar va kafolatlar o’z huquqiy asosiga ega bo’ldi.
Erkin iqtisodiy hududlarning yaratilishi va rvojlanishdagi birinchi davr 1996-2013 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, bu davr huquqiy bazaning yaratilish davri bo’ldi deyish mumkin. Bu davrning harakterli jihati, bu davrda nafaqat erkin iqtisodiy hududlar va ularga beriladigan imtiyozlar bilan bog’liq huquqiy asosni yaratilishi balki xorijiy investitsiyalar uchun qulay investitsion muhit yaratish va xorijiy investorlarning huquqlarni kafolatlari yaratilishda namoyon bo’ladi. 2012 yilda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar to’g’risidagi prezident farmoni bunga yaqqol dalil bo’la oladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin