Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə60/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

2. Erkin savdo hududi (The zones of the free trade)
Erkin savdo hududi-bu shunday ―tijorat markazi ki, uning ishi tovar aylanmasi
va tashqi savdoni tezlatishi kerak. Ularning hududi chegaralangan bo’lib, hududi
davlat bojxonasidan tashqaridagi qism hisoblanadi. Bunday hudud erkinligi deganda hududdagi barcha to’lovlar, shuningdek bojxona va import to’lovlari moliya nazoratidan ozodlik tushuniladi. Erkin hududga kirayotgan tovar deklaratsiya qilinmaydi, lekin bojxona ma’muriyati uni ichki nazorat qilishga haqli, bu ta’qiqlangan tovar olib kirmasligi va kontrabanda avj olmasligini oldini oladi. Bu hududga kirgan tovarlar saqlanayotganda ular joylashtiriladi, markalanadi, va nazorat qilinadi. Bu hududda saqlanayotgan tovarni saqlash muddati chegaralanmagan. Saqlash to’lovi esa ularning saqlash muddati, saqlash va sug’urta turlariga bog’liq.
3. Erkin bojxona hududi (The free customs zones)
To’lovsiz savdo va ombor hududlarining eng zamonaviy ko’rinishi bo’lib, bu
erkin bojxona hududidir. Ular tashqi iqtisodiyot rivoji uchun tashkil etiladi. Bunday hududlarni boshqacha qilib maxsus va to’lovsiz, hattoki erkin bojxona hudududi deb atashadi. Bu hududlar odatda suv, xavza va havo portlarida, temir yo’l magistrallarida, shuningdek alohida import maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash hududlarida joylashgan bo’ladi. Bu hudud kema va boshqa transport turlarini yetkazib berish bilan shug’ullanadi.
4. Eksport va ishlab chiqarish (The export-production zones)
Bu hududni boshqacha qilib ―eksportni qayta ishlash hudud va ―eksportni
rag`batlantirish maxsus hududi deb ham nomlashadi. Ular o’zidan milliy hudduda
joylashgan bojxona nazoratini aks ettiradi, odatda xalqaro portlarga yaqin joyda
joylashadi. Tadbirkorlar milliy tovarlar iste’moli va ularni yetkazib berish uchun
rag`batlantirishadi, qo’llanilayotgan tezkor amortizatsiya usuli investorlarga asbob
uskunalarni tez vaqtda ko’chirish imkonini beradi. Arzon ishchi kuchi o’rtasida
raqobatni qo’llab quvvatlash uchun mehnat tartibiga ayrim o’zgarish va imtiyozlar
kiritiladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin