Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibi va dinamikasi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə105/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibi va dinamikasi

  • O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanishi

    14.1. O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon xo‘jaligidagi o‘rni
    So‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasining chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarida belgilangan vazifalar O‘zbekistonning taraqqiyotga erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» to‘g‘risidagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilovaning 3.1-bandida «… xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish»13 iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
    Ma’lumki, mamlakatimiz o‘zining tashqi siyosat faoliyatida barcha xorijiy mamlakatlar va jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni xalqimiz va yurtimiz manfaatlaridan kelib chiqib, ochiq, do‘stona va pragmatik tamoyillarga asoslangan holda olib bormoqda14.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasida15 O‘zbekistonning tashqi siyosati bundan buyon ham ana shu prinsiplardan chekinmagan holda izchil davom ettirilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, dunyoning rivojlangan davlatlari bo‘lmish AQSh, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohasidagi aloqalarni yangicha mazmun-mohiyat bilan boyitgan holda yanada mustahkamlash va rivojlantirish zarurligiga alohida urg‘u berildi.
    O‘zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi»ga muvofiq, respublika tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri AQSh bilan hamkorlik hisoblanadi. O‘zbekiston-AQSh munosabatlari o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini inobatga olishga asoslangan bo‘lib, tomonlar bir qator xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha yaqin pozisiyaga ega, jumladan, Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash o‘zaro hamkorlikning eng asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
    Bundan tashqari, O‘zbekistonning AQSh bilan savdo-iqtisodiy aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda AQShning «General Motors Powertrain Uzbekistan», «Exxon Mobil», «CNH Industrial», «Coca-Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deere», «Honeywell», «Caterpillar» va boshqa qator dunyoga taniqli yirik kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
    Rossiya Federasiyasi bilan keng ko‘lamli hamkorlik esa, har ikki davlat o‘rtasida imzolangan Strategik hamkorlik va Ittifoqdoshlik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar asosiga qurilgan. Shuningdek, hozirgi kunda Rossiya Federasiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar ham jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Shu o‘rinda tashqi savdo hamkorlarimiz orasida Rossiya Federasiyasi yetakchi o‘rinlarni egallab kelayotganini e’tirof etish lozim.
    Xitoy bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik ham tomonlarning terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, noqonuniy qurol savdosi va xavfsizlikning boshqa tahdidlari bo‘yicha qarashlarning yaqinligi asosida olib borilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Xitoy bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash, keng savdo-iqtisodiy, investision va moliyaviy hamkorlikni kengaytirishda o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi.
    Bugun O‘zbekiston va Xitoy turli loyihalar, avvalambor, yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etish borasidagi hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Bir qator Xitoy kompaniyalari respublikamiz hududida uglevodorod konlarini qidirish va qazish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, yurtimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi ko‘plab korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda.
    O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblangan Turkiya davlati bilan ham iqtisodiy va siyosiy aloqalar mustahkamlanishda davom etmoqda. Har ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazib borilmoqda. Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalar ham izchil rivojlanib bormoqda.
    Yaponiya bilan hamkorlik esa, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida imzolangan do‘stlik, strategik sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot va strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot huquqiy negizi asosida olib borilmoqda. Qolaversa, ikki davlatning tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida doimiy ravishda siyosiy maslahatlashuvlar samarador natijalarni bermoqda.
    Bundan tashqari, Yaponiya doimiy ravishda O‘zbekistonga moliyaviy-texnik yordam ko‘rsatib keladi. Ushbu yordam tufayli O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, maorif, transport, telekommunikasiya va boshqa sohalarda qator ijtimoiy ahamiyatli va infratuzilma loyihalari amalga oshirildi.
    Shuningdek, mamlakatimizda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) ning mintaqaviy vakolatxonalari samarali faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonning «UzAuto» va Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyasi hamkorligida avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
    Janubiy Koreya bilan hamkorligimiz O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi natijalari bo‘yicha qabul qilingan Strategik hamkorlikni har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi bayonoti asosida davom ettirilmoqda. Shuningdek, ushbu tashrif doirasida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajadagi 20 dan ziyod kelishuvlar imzolandi. Bundan tashqari, qiymati 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda jami 64 ta xujjat imzolandi, ulardan 4 milliard dollari O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri koreys investisiyalarini tashkil etadi.
    Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida parlamentlararo almashuv muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida «Koreya-O‘zbekiston» do‘stlik Assosiasiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Koreya bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus guruh faoliyat yuritib kelmoqda. Ikki davlat tashqi ishlar idoralari o‘rtasida doimiy ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
    Bundan tashqari, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi savdo sheriklari orasida eng yuqori o‘rinni egallaydigan davlat hisoblanadi. Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma Hukumatlararo qo‘mita muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekistondagi «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zonasi tashkil etilishida Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining faol ishtirok etgani taqsinga loyiqdir.
    Yevropa ittifoqi bilan samarali hamkorligimizning mustahkam huquqiy negizini Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tashkil etib, ushbu hujjat asosida ko‘p qirrali munosabatlarning ta’sirchan mexanizmlari – Hamkorlik kengashi va qo‘mitasi, Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi va boshqa tuzilmalar samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
    Qolaversa, mamlakatimiz O‘zbekiston-Yevropa sherikligining keng ko‘lamli investisiya dasturi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
    O‘zbekiston dunyodagi barcha davlatlar, avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratmoqda. O‘zbek xalqida «Qo‘shning tinch – sen tinch», degan naql bor. Shuning uchun ham O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yangi bochqichga ko‘tarishni muhim vazifa, deb biladi.
    Qolaversa, xalqlarimiz o‘rtasidagi uzoq tarixga ega qardoshlik rishtalari o‘zaro hurmat va do‘stlik munosabatlari, mushtarak madaniy qadriyatlar orqali uzviy bog‘langan bo‘lib, mamlakatimiz Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hurmat, bir-birining manfaatlarini tan olish asosida va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq tarzda yanada samarali hamkorlik qilishni o‘zining asosiy vazifalaridan deb biladi.
    Yuqorida sanab o‘tilgan rivojlangan davlatlarning barcha sohalardagi tajribasini o‘zlashtirish va ulardan mamlakat taraqqiyoti yo‘lida samarali foydalanish O‘zbekiston uchun hozirgi islohotlar va yuksalish davrida eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, ushbu davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo-iqtisodiy, siyosiy, investisiyaviy va moliyaviy aloqaralarni rivojlantirgan holda mamlakatimiz iqtisodiyotini ko‘tarish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilgan holda mikro va makro iqtisodiyotimizni rivojlantirish hamda xalqimiz hayotini yuskalishiga erishishimiz mumkin.
    Davlat rahbarining Murojaatnomasida e’tirof etilganidek: «Biz O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan keng ko‘lamli ishlarni, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat yo‘lini davom ettiramiz. Olis va yaqindagi barcha davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va ko‘p qirrali sheriklikni yanada kuchaytiramiz»16.
    14.2. O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibi va dinamikasi
    2019-yilning 11 oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,3 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga yoki 9,6 mlrd. dollarga oshgan (2018y. – 28,7 mlrd, doll.)17.
    Jumladan: eksportning umumiy hajmi 16,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 43,3 foizga yoki 4,9 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 11,3 mlrd, doll.).
    Import hajmi 22,0 mlrd. dollarni tashkil etib, 27,0 foizga yoki 4,7 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 17,3 mlrd. doll.).
    Natijada, tashqi savdo aylanmasi manfiy saldosi 
    -5,7 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228,4 mln.dollarga yoki 3,8 foizga kamaygan (2018y. – -6,0 mlrd.doll.).
    Eksportni rag‘batlantirish, xususan mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishni har tomonlama soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2019 yil yakuni bilan umumiy eksport hajmi 34 %ga o‘sib, 18,7 mlrd. dollarga yetishi kutilmoqda.
    Bunda asosan, jahon tovar-xomashyo bozorlarida asosiy eksport tovarlari uchun yuqori narxlar shakllanishi tovarlar eksporti hajmini 1 mlrd. dollargacha yoki 7 foiz o‘sishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilishi hisobiga esa 1,5 mlrd.dollarga yoki 11 foiz o‘sishiga xizmat qildi. Natijada, o‘tgan davrda tovar va xizmatlar eksport qiluvchi korxonalar soni 1138 taga ko‘payib, hamkor mamlakatlarning eksport geografiyasi 18 ta davlatga kengayib, 177 taga yetdi.
    Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 392,3 mln.dollarga yoki 38 foizga, rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar - 146,4 mln.dollarga yoki 20 foizga, to‘qimachilik mahsulotlari - 289,7 mln.dollarga yoki 24,6 foizga, xizmatlar - 344,8 mln.dollarga yoki 12,5 foizga va boshqalar - 252,3 mln.dollarga yoki qariyb 2 barobargacha o‘sdi.
    Joriy yil yakuni bo‘yicha import hajmi jami 24,0 mlrd doll. (2018 yilga nisbatan 123,7 foiz) tashkil etishi kutilmoqda.
    2019-yilning 11 oyida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollariga oshib, 19,8 mlrd.dollarni, xizmatlar importi hajmi 2,2 mlrd.dollarni tashkil etdi.
    Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari 44,1 foizni, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 13 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari 7,6 foizni tashkil etdi.
    Ushbu import tovarlarning qariyib 50 foizi iqtisodiyotda investitsion importni, 25 foizi qayta ishlash uchun xomashyo importini, 25 foizi tayyor mahsulot sifatida iste’mol importini tashkil etdi.
    Tovarlar importi o‘sishiga ta’sir etgan omillar va manfiy saldosining yuqoriligi sabablari.

    1. Mamlakatimizda 2017-2019-yillarda keng ko‘lamda olib borilayotgan iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yangi investitsion loyihalarni, aholi farovonligini va eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan tovar resurslarini import hisobiga ta’minlanishi.

    2. Aholi daromadlarining o‘sishi natijasida mahsulotlarga bo‘lgan talabning oshishi va uni chetdan keltirilgan tovarlar hisobiga qondirilishi.

    Ma’lumot uchun: Oziq ovqat mahsulotlari importi 2017-yilda 1,27 mlrd. doll.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda 1,58 mlrd. doll.ni o‘sish sur’ati 24,2 foizni tashkil etgan. 2019-yilning 11 oyi davomida esa ushbu mahsulotlar importi 1,67 mlrd. doll.ni tashkil etib, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizni tashkil etgan.

    1. Mamlakatimizda so‘mning xorij valyutalariga erkin ayirboshlash sharoiti yaratilishi natijasida milliy valyutadagi ichki investitsiyalarning chetdan mahsulot sotib olish qobiliyati chet el valyutasi bilan tenglashganligi natijasida import tovarlariga talabning oshishi.

    2. Tijorat banklari kreditlarining (156,2 foiz) yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va kredit mablag‘larining katta qismi iqtisodiyotning noreal ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirilishi (57%), o‘z navbatida ma’lum bir tovar va xizmatlari importini oshishiga sabab bo‘lmoqda.

    3. Chet el investitsiyalarining o‘sishi (2019 yilning birinchi yarmida 2 marta ko‘paygan).

    4. Tovar ishlab chiqarish hajmi o‘sish darajasi(7-8%)ning jalb etilgan investitsiyalar hajmi o‘sish sur’ati (1,5 marta)dan pastligi.

    5. Chet eldan pul o‘tkazmalarining ko‘payganligi (2018 - 5,2 va 2019 - 5,8 mlrd.doll.)

    6. Tovarlar eksportining (maxsus eksportdan tashqari) 22,7 foizga va aholi real daromadlarining o‘sish darajasi tovar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ko‘payishi natijasida iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning oshishi.

    Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar.
    Mamlakatimizda iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirish (inflyatsiya darajasini pasaytirish, ayirboshlash kursining mo‘tadilligini ta’minlash), tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida:

    1. Mamlakatda aksiya (kapital) bozorini kengaytirish orqali portfel investitsiyalar hajmini ko‘paytirish. Xususiy korxonalar va aholi bo‘sh mablag‘larini birinchi navbatda davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirish choralarini ko‘rish;

    2. Davlat qarzini chegaralash. Xalqaro andozalar asosida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish hamda jalb qilinayotgan qarz mablag‘laridan unumli foydalanish mexanizmlariin ishlab chiqish;

    3. Investitsion loyihalarni shakllantirishda:

    - davlat investitsiyalarini baholash tizimini joriy qilish, ijtimoiy soha tarmoqlari, yo‘l transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar bo‘yicha investitsion loyihalarni tanlash me’yorlari va muhimligini belgilash tartibini o‘rnatish;
    - mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini va ularning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarga moslashuvchanligini oshirish, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushini ko‘paytirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tuzilmasini optimallashtirish, mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish;
    - asosiy e’tiborni mamlakatimizning mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojiga va eksport salohiyatini oshirishga qaratilganligiga hamda iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lishiga hamda loyiha doirasida keyinchalik ishlab chiqarishda ishlatiladigan oraliq tovarlar (hom ashyo va butlovchi materiallar) tarkibida mahalliy tovarlar ulushini yuqori bo‘lishiga qaratish.

    1. Tijorat banklarining investitsion dasturlarni moliyalashtirish faoliyatlariga davlat aralashuvini cheklash va davlat tasarrufidagi tijorat banklarining ma’suliyatlarini oshirish mexanizmini takomillashtirish.

    2. Tashqi va ichki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish mexanizmini takomillashtirish. Bunda iqtisodiy jihatdan istiqbolli va samarali bo‘lgan investitsion loyihalar bazasini shakllantirish va loyihalarni amalga oshirishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar hajmida import ulushini mahalliy mahsulotlar hisobiga kamaytirishni rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.

    3. Mamlakatimizda tayyor iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish (tasdiqlangan ro‘yxat asosida iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqaruvchi birliklarga tovarlar turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan holda tarmoqdagi o‘rtacha foyda normasidan past bo‘lgan hollarda yuzaga kelgan foyda normasi kamomadini korxona to‘la quvvatga chiqqunga qadar qoplab berish tartibini joriy etish).

    Import o‘rini bosuvchi ishlab chiqarish, mahalliylashtirish masalalari.
    2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallash-tirish ustuvor yo‘nalishi hamda respublikamizdagi barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash maqsadida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarga qo‘llaniladigan bojxona hamda soliq imtiyozlari 2018-yilning aprel oyidan bekor qilindi.
    Bundan tashqari, mahalliy iste’molchilarga tanlov imkoniyatini berish, halol raqobat, bozordagi adolatli narx va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida aksariyat import mahsulotlari bo‘yicha bojxona tariflari isloh qilindi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatda mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yirik sanoat korxonalari bilan kichik biznes 
    va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishni ta’minlash maqsadida qo‘yidagi 
    chora-tadbirlar amalga oshirildi:
    1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
    va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni jadallashtirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan birietib belgilandi;
    2) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi;
    3) Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etildi;
    4) Tarmoq xo‘jalik birlashmalari va yirik ishlab chiqarish korxonalarida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida korxona rahbarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot-texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi;
    5) 2020-2021 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan manzilli dastur ishlab chiqilib, 2020 yilda 1396 ta loyiha doirasida 26,4 trln. so‘mlik (shundan hududlarda 674 ta, 4,1 trln. so‘mlik), 2021 yilda 1644 ta loyiha doirasida 37,6 trln. so‘mlik (shundan, hududlarda 787 ta loyiha, 6,1 trln. so‘mlik) mahalliylashtiril-gan sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va bunda o‘rtacha mahalliylashtirish darajasi 60-85 foizni tashkil etadi.
    Ma’lumot uchun, mahalliylashtirish dasturiga asosan 2018 yilda 707 ta loyiha doirasida 14,9 trln. so‘mlik va 2019-yil yakuni bilan 873 ta loyiha doirasida 18,9 trln. so‘mlik mahalliylashtirilgan sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi kutilgan edi.
    14.3. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanishi
    Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashtirish borasida tub islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekis­ton bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo aloqalariga ega. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi 1990-yildagi 0,8 mlrd. dollardan 2013-yilda 28,9 mlrd. dollar hajmiga yetdi, ya’ni 36,1 martaga oshdi. Ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 24,3 martaga, import 38,3 martaga ortib, tash­qi savdo balansida 0,07 mlrd. dollarlik saldodan 1,3 mlrd. dollarlik ijobiy saldoga erishildi.
    Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol kuzatilmoqda.
    Eksport va import tarkibi tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan, iste’mol tovarlarini olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo‘shilgan qiy­mati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va ko‘proq ishlab chiqarishni texnik, texnologik modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
    Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo‘lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‘ldi. Uning eksport tarkibidagi ulushi keskin kamayib, 1990-yildagi 59,7 %dan 2013-yilda 7,7 %ga tushdi. 1990-yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 28 %dan kamroq bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkich 72 %dan ziyoddir.
    2019-yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 34,7 mlrd dollarni tashkil etib, 8,8 mlrd dollarga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,4 foizga oshgan.
    Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra18, ushbu ko‘rsatkichdan eksport hajmi 14,8 mlrd dollarga (o‘sish sur’ati – 43,3 foiz) va import hajmi esa 19,9 mlrd dollarga (o‘sish sur’ati – 28,5 foiz) yetdi. Hisobot davrida 5,1 mlrd dollar qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.
    O‘zbekiston jahonning 189dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (19,1 foiz), Rossiya Federasiyasida (15,1 foiz), Qozog‘istonda (8,4 foiz), Koreya Respublikasida (6,5 foiz), Turkiyada (5,9 foiz), Germaniyada (2,4 foiz) va Qirg‘izistonda (2,0 foiz) qayd etilgan.
    2019-yil yanvar-oktyabr oylari yakunlariga ko‘ra MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 11,8 mlrd dollarni tashkil qildi va O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 34,2 foizga yetdi.
    Qo‘shni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi o‘zaro savdo-sotiq aloqalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoning qariyb 37,4 foiz, shundan eksportning 42,2 foizi va importning 33,6 foizi qo‘shni mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
    Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 65,8 foizga yetib (22,8 mlrd dollar), o‘tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 52,0 foizga oshgan.
    Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan ikki davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Tojikiston (120,6 mln. AQSh dollari) va Eron (5,7 mln. AQSh dollari). Qolgan 18 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
    Sanoat o‘sishining rag‘batlantiruvchi muhim omillaridan biri tashqi talab bo‘lib, u eksportning o‘sishi bilan ifodalanadi. 2019-yilning 11 oyi natijalariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar eksporti (qimmatbaho metallar va tabiiy gazdan tashqari) 122,7 foizga va eksportyor korxonalar soni 1138 taga oshdi. Shu bilan birga, umumiy eksport tarkibida xomashyoga yo‘naltirilganlik darajasi saqlanib qolmoqda (57,2 foiz), yoki tovarlar eksportida ushbu ko‘rsatkich 70,8 foizni tashkil etmoqda. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tomonidan tovarlar va xizmatlar eksporti 2,3 mlrd.dollarni (umumiy eksportning 14,1 foiz), shundan xizmatlar eksporti 54,1 mln.dollarni tashkil etdi19.
    Eksportning xomashyoga yo‘naltirilishining asosiy sabablari:

    • tayyor mahsulot tannarxining yuqoriligi natijasida raqobatbardosh emasligi (masalan qo‘shni davlatlardan maishiy elektr texnikalarini import qilish, bojxona to‘lovlari va transport xarajatini inobatga olgan holda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan arzonga tushadi);

    • milliy sifat standartlarini xalqaro satandartlarga nomuvofiqligi yoki ularni ko‘plab xorijiy mamlakatlarda tan olinmasligi hisoblanadi.

    Meva va sabzavotlar ulushi jami eksportda 7 foizni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 137,9 foizga o‘sdi. Bunda asosiy ulushni sabzavotlar (38,7 foiz) egalladi. Ushbu mahsulotlarni eksport qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar:

    • mazkur mahsulotlarning sifati import qiluvchi mamlakatning fitosanitar talablariga mos kelmasligi;

    • saqlash quvvatlarining yetarli emasligi;

    • xorijiy ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bilan aloqalarning yo‘qligi hisoblanadi.

    Qayta ishlash tarmoqlarida eksportning eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi to‘qimachilik mahsulotlariga (124,6 foiz) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, ushbu mahsulotlar eksportida ip kalava eksportining yuqori ulushi saqlanib qolinmoqda. Bunda, tarmoqda GSP+ tizimiga qo‘shilish jarayonlari yakunlanmaganligi, aralash gazlamaning yo‘qligi tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirishga to‘sqinlik qilmoqda.
    Shuningdek, metallurgiya, charm-poyabzal sanoatida ishlab chiqarish hajmlari o‘sishiga qaramay, ushbu tarmoqlar bo‘yicha eksport hajmi pastligicha qolmoqda.
    2019-yilning yanvar-noyabr oylarida eksportdan tushgan valyuta tushumi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga o‘sib, tabiiy gaz eksporti bilan birga 8,4 mlrd.dollarga yetdi. Bunda, 2019-yilning 1-dekabr holatiga eksport amaliyotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi 501,7 mln.dollarni tashkil etdi. 2019-yilning 11 oyida tovarlar importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollarga o‘sib, 19,8 mlrd. dollarni tashkil etdi.
    Uning tarkibida asosiy ulushni mashina va uskunalar, shu jumladan butlovchi va ehtiyot qismlar (44,1 foiz), kimyo va undan tayyorlangan mahsulotlar (13 foiz), shuningdek oziq ovqat mahsulotlari (7,6 foiz) egalladi.
    2019-yilning yanvar-noyabr oylarida import to‘lovlarining summasi 18,6 mlrd.dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32 foizga o‘sgan. Bunda, 2019-yilning 1-dekabr holatiga import amaliyotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi 490,8 mln.dollarni tashkil etdi.Mamlakatimizda yangidan shakllanayotgan yirik xalqaro logistika markazlaridan biri Navoiy aeroporti hududidagi intermodal logistika markazidir. Ushbu aeroportning afzalliklaridan biri shuki, uning Yevropa va Osiyoni tutashtiradigan havo yo‘llari chorrahasida o‘ta qulay mintaqada joylashgani (aeroportdan 2000 kilometr uzoqlikdagi yon-atrofda 150 million aholiga ega bo‘lgan 40 ta shahar mavjud), unga juda yaqin masofadan xalqaro avtomobil va temir yo‘l tarmoqlarining o‘tishi qo‘shni davlatlar, shuningdek, Rossiya, Yevropa va Xitoy bilan zarur aloqalarni ta’minlaydi. Bularning barchasi Navoiy aeroporti mintaqaviy va qit’alararo tabiiy logistika markazi sifatida noyob mavqeyiga ega ekanidan dalolat beradi.
    Jumladan, yuklar Janubi-sharqiy Osiyodan Yevropaga Dubay orqali emas, balki Navoiy orqali tashilsa, masofa 1000 kilometrga, vaqt esa 1,5 soatga qisqaradi va har bir samolyotdan 15 tonna yoqilg‘i tejab qolinadi. Yana bir ijobiy holat – bu «Navoiy» EIIH ning Yevropani Xitoy bilan bogiaydigan qisqa xalqaro «Ye40» avtomagistraliga va Markaziy Osiyo, MDH, Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan bog‘laydigan temiryo‘llarga yaqinligidir. Yuklarni avtomobillarda Navoiy orqali Xitoy – Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha tashish, Rossiya-Xitoy yo‘nalishiga qaraganda masofaning 1000 kilometrga qisqarishiga va har bir avtomobildan 800 dollargacha transport xarajatlarining tejalishiga olib keladi.
    Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yuksak texnologiyalar asosidagi mah­sulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda jahondagi yirik va mashhur AQSh ning «Jeneral Motors», «Teksako», Germaniyaning «MAN», «Daymler Bens», «Klaas», Buyuk Britaniyaning «ВАТ», Ispaniyaning «Maksam», Yaponiyaning «Isuzu», «Itochu», Malayziyaning «Petronas», Koreyaning «Korean Air», «CNOC», «LG», Xitoyning «SNPC», Rossiyaning «Lukoyl», «Gazprom» kabi kompaniyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki singari yirik xalqaro moliya tashkilotlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va qator arab davlatlarining investitsiya banklari mamlakatimizning asosiy hamkorlari bo‘lmoqda.
    Investitsiya va sanoat sohasidagi faol siyosat natijasi sifatida mustaqillik yilla­rida yurtimizda yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ishlab chiqaradigan yangi avtomobil zavodlari tashkil etildi. Jahondagi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, o‘nlab to‘qimachilik majmualari barpo etildi.
    Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nafaqat xori­jiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, balki yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish, shu asosda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan.
    Asosiy tayanch tushunchalar

    Yüklə 1,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   133




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin