Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə106/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Investitsiyalar – foyda olish hamda ijobiy iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa ko‘rinishdagi samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va turli faoliyat sohalariga qo‘yiladigan pul mablag‘lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatbaho qog‘ozlar, texno­logiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar.
Investitsiya siyosati – investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida iqtisodiy subyektlar uchun qulay xo‘jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmui.
Investitsiya dasturi – iqtisodiyotga sarflanayotgan kapital qo‘yilmalarning ustuvor yo‘nalishlari va ulardan samarali foydalanishni belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy va xo‘jalik qarorlarining yig‘indisi.
Investitsiya muhiti – kapital qo‘yilmalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig‘indisi.
Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geografik hududki, ularda mamlakatda qabul qilingan normal xo‘jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar asosiy fondlarni yaratish, takror ishlab chi­qarish va sotib olishga sarflangan biryo‘la xarajatlar.
Asosiy fondlar – bir necha takror ishlab chiqarish siklida qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga asta-sekinlik bilan o‘tkazib boruvchi ishlab chi­qarish vositalari.
Investitsiyalarning texnologik tarkibi – biron-bir obyektga sarflanayotgan kapital qo‘yilmalarning xarajatlar tarkibi va ularning umumiy smeta qiymatidagi ulushi. Texnologik tarkibi kapital qo‘yilmalarning qancha qismi qurilish-montaj ishlari, mashina va asbob-uskunalarni sotib olish, loyiha-tadqiqot ishlari va bosh­qa xarajatlarga yo‘naltirilganligini anglatadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin