Iste’molchilar bozordagi talab hajmi va tarkibini qanday belgilaydilar?
Ishlab chiqaruvchilar maxsulot ishlab chiqarish hajmi va usullarini qanday aniqlashadi?
Bozor bahosi qanday tashkil topadi?
Milliy daromad qanday taqsimlanadi?
Davlat ishlab chiqarish omillarini tarmoqlararo taqsimlash va milliy daromadni individlararo taqsimlashda ishtirok etishi kerakmi?
Milliy daromad miqdorini nima belgilab beradi?
Pul nima va uning roli qanday?
Baholar darajasi nima va uning dinamikasini qaysi omillar belgilab beradi?
Bandlik darajasini nima belgilab beradi?
Iqtisodiy kon’yuktura o’zgarishlarinni qaysi omillar belgilab beradi?
Barqaror Iqtisodiy o’sishning shartlari qanday?
Mamlakatning Iqtisodiy kon’yukturasiga tashki dunyo qanday ta’sir ko’rsatadi?
Davlat barqaror Iqtisodiy o’sishga erishishni qanday ta’minlashi mumkin?
Statik Makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi
Pul nazariyasi
Inflyatsiya nazariyasi
Ish bilan bandlilik nazariyasi.
Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot subyektlari hisoblanadilar.
Bu subyektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashishsa Iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa subyektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z tasarrufida mavjud bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda Makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi.