Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə14/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
YaIM = Tn + W+R
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to’g'ridan to’g'ri xorijiy investisiyalardan olingan reinvestisiya ko’rinishidagi daromadlar paydo bo’ladi.
Shuningdek, YaIMni daromadlar ko’rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo’lish ko’zda tutiladi:
-amortizasiya (A)
- bilvostia soliqlar (T)
-yollanma ishchilarning ish xaqlari (W)
- ijara xaqi to’lovi va renta ko’rinishidagi daromadlar(R1)
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2)
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1)
-korporasiya foydasi (R2)
Korporasiyalar foydasi o’z navbatida qo’yidagilarga bo’linadi:
a) korporasiyasi foydasidan to’lanadigan soliqlar (R1.1);
b) hissadorlar o’rtasida taqsimlanadigan dividendlar(R1.2);
v) korporasiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3).
Keltirilgan yondoshuvga ko’ra:
YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o’zaro mos keladi. Chunki milliy Iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad bo’lib tushadi.


2.3. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko’rsatkichlar

Milliy hisobchilik tizimiga ko’ra milliy Iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko’rsatkichidan boshqa yana bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko’rsatkichi ham kiradi. Bu ko’rsatkich MXTning oldingi ko’rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko’rsatkichi bilan moxiyatan bir xil.


YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang'ich daromadlari yigindisidir.
YaIM va YaMD ko’rsatkichlari o’rtasidagi farqni quyidagi formula ko’rinishida tasavvur etish mumkin:

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin