Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə15/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlar tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo’natgan daromadlari.
YaIM va YaMD ning prinsipial farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o’lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang'ich daromadlarni o’lchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko’rsatkichlari YaIM va YaMD ko’rsatkichlaridan amortizasiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YaIM - A
SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MXTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko’rsaikichi ham qo’laniladi.
ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug'urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporasiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporasiyalarning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to’lovlari (TR) + foizlar ko’rinishida olingan shaxsiy daromad
Foizlar ko’rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo’yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to’laydigan daromad solig'i, mulk solig'i va ayrim nosoliq to’lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko’rsatkichi topiladi.
ShTD uy xo’jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg'arish (S) uchun ishlatiladi.
ShTD =C + S
Makroiqtisodiy taxlilda uy xo’jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko’rsatkichlari o’zaro farqlanadi.
YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashkarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashkariga berilgan transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy jamg'arish uchun ishlatiladi.
YaMTD= Yakuniy iste’mol + Milliy jamg'armalar
Yakuniy iste’mol uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o’z ichiga oladi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin