Deflyator ko’rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
Qi1 Pi1 Deflyator = -------------* 100 Qi1 Pi0 Bu yerda: i – deflyatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko’ylak va x.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi;
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi.
Deflyatorni hisoblash shartlari:
-odatda o’tgan yilga nisbatan hisoblanadi;
-bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o’zgartirilishi mumkin;
-bozor savatiga ham iste’mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
-bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak;
-bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o’rtasidagi nisbat ularning YaIM dagi ulushlari o’rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.
Nominal YaMM Real YaIM = ———————— *100 Deflyator Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
Qi0 Pi1 INI = -------------------*100 Qi0 Pi0 Bu yerda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi;
Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;
-bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o’zgarmaydi;
-bozor savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
-bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste’mol xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak.
INI ko’rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi o’zgarmas bo’lganligi tufayli aholi iste’moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o’zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro’y bergan o’zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi Shu sababli bu indeks baholar darajasini biroz oshirib ko’rsatadi.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish uchun foydalaniladigan ko’rsatkichlardan qaysilaridan qaysilari makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi
YaIM va yalpi ichki mahsulot o'rtasidagi farq nimada?
MD ni qanday aniqlash mumkin? Uning tarkibi qanday?
"Yakuniy mahsulotlar" va "qo'shimcha qiymat" nima?
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) turlarini aniqlang.
Yalpi ichki mahsulotni daromad manbalari, xarajatlari va qo'shimcha qiymati bo'yicha qanday hisoblash mumkin?
Baholar indekslarini va real YIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering
YIM deflyatori va istemol narxlari indeksi ko’rsatkichlarining farqlarini izohlang.