Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə16/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar. Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo’laklarining nisbatini, yoki shu bo’laklar o’rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzumizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg'arishga bo’linishini misol qilib keltirish mumkin.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo’lishi uchun ayrim ko’rsatkichlarning aynan teng bo’lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yoki ko’rsatkichlar guruhlari o’rtasidagi mavjud bo’ladigan, yoki mavjud bo’lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o’zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblangan YaIM ko’rsatkichlarining o’zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Y= C+ I + G + Ne
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investisiyalar va jamg’armalar o’rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo’lga qo’yilgan, soliq solish va transfert to’lovlari ko’rinishida davlat aralashuvi mavjud bo’lsin. Bunday holatda jamg’arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
S = Sp + Sd + Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg’armalar;
Sd - davlat jamg’armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg’armalari.
Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (U), transfert to’lovlari (TR), davlat zayomlari bo’yicha foizlar yig’indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (S) xarajatlari yig’indisini ayirish natijasiga teng bo’ladi.
Sp = (U + TR + N - T) – C
Davlat jag’marmalari quyidagi miqdorga teng bo’ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg’armalari nolga teng bo’lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT – byudjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan xarajatlarini ayirib topiladi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin